Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Feruza13pro/Kontent analiz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kontent analiz[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarkibiy tahlil usuli (kontent analiz) – tahlil predmeti axborot berish qobiliyatiga ega bo‘lgan matnlar tarkibidan iborat. Tarkibiy tahlil o‘z mohiyatiga ko‘ra xuddi miqdoriy tahlil usuli kabi matn va matnlar majmuasini tahlil qiladi. Tarkibiy tahlilda manba o‘rganilayotganda unga yondash bo‘lgan barcha axborot manbalari birdek tahlil qilinadi. Ushbu usulning keng qo‘llanila boshlangan davri axborot asrining boshlanishi bilan bog‘liq, biroq XVIII asrdayoq Shvetsiyada bu usul bilan bog‘liq ayrim tadqiqotlar yaratilgan. XX asrning 30-yillaridan bu usul to‘laqonli usul sifatida AQSHda ijtimoiy fanlar doirasida keng qo‘llanila boshlandi. Mazkur usulning nazariy masalalarini yaratishda AQSHlik olimlar B.Met’yu, A.Tenni, D.Spid, D.Uipkennie va keyinchalik fransiyalik tadqiqotchi J.Kayzerning xizmatlari katta bo‘lgan. Dastlab tarkibiy tahlildan sotsiologik tadqiqotlarda, jumladan, reklama va targ‘ibot ishlari materiallarini o‘rganishda qo‘llanilgan. Siyosiy tadqiqotlarda qo‘llanilishi yuzasidan dastlabki tadqiqotni G.Lassuel amalga oshirgan. U ikkinchi jahon urushidagi tashviqot va targ‘ibot materiallarini o‘rganishda metod imkoniyatlarini ochib bergan. 1960 – yillardan boshlab kompyuter texnikalaridan keng foydalanishning boshlanishi bilan ushbu usulga ko‘p murojaat qilish boshlandi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

B.A.Odilov "Antropologik va  etnologik tadqiqot usullari" Toshkent-2021