Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Feruza13pro/Buyuk Xitoy devori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Buyuk Xitoy devori[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buyuk xitoy devori (xitoycha "Vanli changcheng" — "10 ming li uzunligdagi devor"), Saddi Chiniy — Shimoliy Xitoydagi qalʼa devori-Qadimiy Xitoy meʼmorchiligining ulkan yodgorligi. Qalʼa devori sifatida dastlabki qismi miloddan avvalgi 4—3-asrlarda (tosh va gʻishtdan ishlanib, ichini tuproq bilan toʻldirib, shibbalab) qurilgan. Miloddan avvalgi 2— 1-asrlarda Gʻarbga tomon 500 km ga uzaytirilgan. Keyinchalik uni qurish va mustahkamlash ishlari (eng muhimi 14—15-asrlar) davom etgan. 1953-yilda Szyuyyunguan qalʼasi (Pekin) yaqinidagi qismi taʼmirlangan. Buyuk Xitoy devori Szyuyyunguan qalʼasi (Gansu viloyatining gʻarbi) va Shanxayguan (Lyaodun koʻrfazi qirgʻogʻi) qalʼaqoʻrgʻoni oraligʻida choʻzilgan; koʻtarilish joylari va tarmoqlari bilan uzunligi 5000 km ga yaqin (toʻliq saqlanmagan). Xitoy arxeolog olimlarining 2001-yildagi ma'lumotlarga koʻra, Xitoyning janubi-gʻarbidagi sunʼiy tepalik ham Buyuk Xitoy devoriga daxldorligi — uning davomi ekanligi aniqlandi. Bu bilan Buyuk Xitoy devorining umumiy uzunligi 530 km ga koʻpaydi. Buyuk Xitoy devorining balandligi— 6,6 m (shinaklarining devorlari bilan 8–10 m gacha), kengligi — asosida 6,5 m dan yuqorisida 5 m gacha. Har bir necha yuz metrda soqchilar uchun toʻrtburchakli burjlar (balandligi 10–12 m) qurilgan, har 10 km da kuzatish va xabar berish uchun minoralari, togʻdagi muhim oʻtish joylarida mustahkam qoʻrgʻonlari boʻlgan. Buyuk Xitoy devori meʼmoriy yodgorlik sifatida saqlanadi.Alisher Navoiyning "Saddi Iskandariy" dostonida Buyuk Xitoy devori "Saddi Chin" devori nomi bilan tilga olingan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tahrirlash OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil