Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Feruza13pro/Amazonkalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amazonkalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amazonkalar – 1) qadimiy yunon afsonalaridagi jangchi ayollar. Rivoyatlarga koʻra, amazonkalar Kichik Osiyoda va Azov dengizi qirgʻoqlarida yashagan va naslini saqlash maqsadida qo'shni qabila erkaklari bilan yilda bir marotaba jinsiy munosabatda boʻlganlar. Ulardan paydo boʻlgan oʻgʻil bolalarni otalariga qaytarib, qizlarga oʻzlari harbiy tarbiya berganlar. Kamon tortganda xalaqit bermasligi uchun qizlarning ung koʻkraklarini kuydirishgan (Amazonkalar soʻzi "koʻkraksizlar" degan ma’noni beradi). Amazonnkalar odatda, latofatli ayollar sifatida tasvirlangan. Ular haqidagi afsonalar koʻp xalqlar orasida tarqalgan boʻlib, matriarxat davrini aks ettiradi; 2) Amazonka – otliq chavandoz ayol; 3) ayollar ot minganda kiyadigan kiyim

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tahrirlash OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil