Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Feruza13pro/Abdujabbor Kabirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdujabbor Kabirov[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ajoyib inson, bilimdon, ayni paytda o ‘ta kamtirin olim Abdujabbor Kabirov 1938-yil 2-yanvar kuni Toshkent viloyati Keles tumanida oddiy o ‘zbek  

oilasida tug‘ildilar. Otalaridan 6 yoshda yetim qolib, onalari qo'lida mamlakat uchun og'ir iqtisodiy qiyinchiliklar davrida maktabda o ‘qib, darslardan so'ng onalariga  jamoa xo‘jaligi va uy yumushlarida yordam berib balog‘atga yetdilar. Domlaning tengdosh, sinfdoshlari ularni a ’lo o ‘qiganlarini doimo eslab turishadi.  16 yoshlarida maktabni muvaffaqiyatli tugatib Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika institutiga o ‘qishga kirdilar. Yosh Abdujabborda institut tarix-filologiya fakultetida O 'zbekiston tarixi, arxeologiya fanlaridan dars bergan akademik olim Yahyo G 'ulomov, ularning shogirdlari bo'lajak  

akademik Ahat Muhammadjonovlarni ma’ruza va amaliy mashg‘ulot!ari katta qiziqish uyg‘otdi. O‘qishni 1959-yili tugatgan A.Kabirov biroz maktabda ishlagach, O'zbekistoin Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutiga aspiranturaga kirib, “0 ‘zbekistonda qoyatosh suratlarini tadqiq etilishi"’  

mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi mavzusi ustida ish olib bordi hamda Sarmishsoy, Zarautsoy, Bironsoydagi petrogliflarga oid ajoyib chizma,  

yozma ma'lumotlar to ‘plab, ilmiy maqolalar bilan to ‘plamlarda, ilmiy konferensiyalarda chiqa boshlaydi. Uning maqolalari Novosibirsk,  Moskvadagi maxsus arxeologik jurnallarda chop etiladi. Olim 1974- yili tarix fanlari nomzodligi unvonini olish uchun dissertatsiyani  

muvaffaqiyatli himoya qilgach, 1978-yili uning “Sarmishsoyning qoya toshlaridagi suratlar” nomli monografiyalari chop etilishi arxeologiyaning ushbu sohasida muhim voqea bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi.O‘sha yili olim hayotida yana bir muhim o ‘zgarish ro ‘y berdi. U o ‘zining arxeolgiya institutidagi 19 yillik faoliyatidan so'ng Toshkentga qaytib ToshDU (hozirgi 0 ‘zM U) tarix fakultetida prof. I.M .Jabborov rahbarligidagi “Qadimgi dunyo va o ‘rta asrlar tarixi” kafedrasiga katta o'qituvchilikka ishga qabul qilindilar. Ustozlari Ya. G 'ulomov, A. Muhammadjonovlardan chuqur bilim, mohir pedagogiklik sirlarini  

mukammal o ‘zlashtirgan Abdujabbor Kabirov tez orada talabalarning sevimli ustoziga aylandilar. “Qadimgi Sharq tarixi”, “Tarixni o ‘qitish usullari”, “ Ibtidoiy jamiyat tarixi” kabi fanlardan ma’ruzalar o'tib, amaliy mashg‘ulotlarni bajarib bordilar. Avvalari ilmiy maqolalar,  

monografiyalar ularning qiziqish doiralarida bo‘Isa endilikda talabalar uchun A.Sagdullaev bilan “O 'rta Osiyo arxeologiyasi” darsligi (1990-yil), umumta’lim maktablari 6-sinf o'quvchilari uchun “Jahon tarixi” darsligi (2001-yil) nashr etilib oradan 20-30 yil o'tgan bo'lsa ham ular o 'z qadrini yo'qotgani yo'q. Etnologiya kafedrasida 1999-yildan magistrlarni tayyolashda dotsent A.Kabirov qator maxsus fanlar “Toponimika” (“Etnotoponimika”), “O‘zbeklarning  

moddiy madaniyati”, bakalavr tarixchi va arxeologlar uchun “O‘rta Osiyoning sug'orilishi tarixi”, “Jahon xalqlari etnologiyasi" fanlaridan dars o'tdilar. A.Kabirov o'qitgan, tarbiyalagan yuzlab magistrlar, minglab tarixchilar ularni bilimdon ustoz, ibratli inson sifatida eslavdilar. Ular yaratgan darslik va monografiyalar o ‘nlab yillar yosh avlodni tarbivasida xizmat qilishiga ishonamiz.Abdujabbor Kabirov 27-martda 2014- yili 76 yoshlarida vafot etdi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

A.Kabirov "Qadimgi sharq tarixi" Toshkent-2016