Foydalanuvchi:Elyorjon Ne'matjonov/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vivo Y12S

Vivo Y12s[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vivo Y12s telefoni Vivo kompaniyasi[1] tomonidan yaratilgan bo'lib, Y turkumida chiqarilgan teelefonlar sirasiga kiradi. Uning xususiyatlariga juda ham ko'p hisoblanadi.

Batareya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vivo Y 12s ning batareya hajmi 5000mA*ч ni tashkil qiladi.Bu batareya hajmi orqali telefon 16,3 soat tinmasdan kino ko'rishga yoki 8,9 soat to'xtamasdan o'yin o'ynashga yetadi. Bundan tashqari, telefonning 5Vt li quvvatlagichi ham mavjud bo'lib bu telefonning tezda quvvat olishini ta'minlaydi.[2] Telefonnning yon qismida barmoq izini aniqlovchi tugma ham mavjud bo'lib, bu telefonni yoqish tugmasi bilan birlashtirilgan ya'ni bir vaqtning o'zida shu tugmani bosish orqali telefonni parolsiz ochish imkoniyati bor.

Kamera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vivo Y12s telefonining oldi kamerasi ajoyib dizaynga ega bo'lib, ular uchta bo'lib ko'ringani bilan ikkita ya'ni dual kamera hisoblanadi. Ularning uchinchisi faqat telefon dizayni uchun kiritilgan hisoblanadi. Dual kameraning biri asosiy kamera bo'lib uning hajmi 13MP bo'lib, yordamchi kameraning hajmi esa ozgincha kichikroq ya'ni 2 MP hisoblanadi. Bu kamera orqali telefon yaxshi rasmga va videoga olish imkoniyatiga ega.Telefonning ichida kamera ilovasi bo'lib bu ilova ichida skanner qurilmasi hambor ya'ni siz QR kodlarni skanner qilish uchun alohida ilova yuklashingiz shart emas. Bundan tashqari rasm olish jarayonida qo'llarning kaftini ko'rsatish yetarli telefon avtomatik tarzda rasmga oladi.

Xotira[tahrir | manbasini tahrirlash]

Telefonning xotirasi uncha yuqori bo'lmasa ham, bu uning ishlash tezligiga ta'sir qilmaydi. Telefonning tezkor xotirasi ya'ni RAM 3GB ni tashkil etadi va uning doimiy xotirasi yoki ROMi 32 GB ni tashkil etadi. Android versiyasi 10 bo'lib telefonda har qanday ilovani ishlatsa bo'ladi. Ekran hajmi ham o'rtacha bo'lib bu 6.51 duymni tashkil etadi. Ekran texnologiyasi esa IPS hisoblanadi. Ekran tomonlari nisbati esa 20:9 bo'lib, ya'ni enining uzunligi 9 cm va bo'yi esa 20 cm hisoblanadi. Ekran piksellari o'lchami esa1600*720 bo'lib telefon o'rtacha hajmda hizoblanadi.

Protsessor[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vivoning protsessori MediaTek Helio G35 bo'lib,[3] telefonning to'liq funksiyalarini ochib bergan. Bundan tashqari uning vazni 191 grammni tashkil etadi, bu degani telefon juda og'ir ham emas yoki yengil. Aloqa standartlariga to'xtaladigan bo'lsak, telefon 3G, 4G LTE, GSM aloqalarini qo'llay oladi. Sim kartalar soni esa 2 ta hisoblanadi. Telefonning o'zidan chiqaradigan radiatsiya miqdori ham juda past hisoblanadi v uning inson hayotiga xavfi ehtimoli ham juda pastdir.

  1. „Vivo kompaniyasi“.
  2. „Vivo y12s“.
  3. „Protsessori“.