Foydalanuvchi:Elbek.0205/Radiokarbon usuli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Radiokarbon usuli[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arxeologik tadqiqotlar natijasida madaniy qatlamdan ko‘mirga aylanib ketgan daraxt qoldig‘i yoki yongan yog‘och qoldig‘i topilsa shu yog‘och asosida madaniy qatlamning yoshi aniqlanadi. Shu usulda 20 yodgorlik yoshini aniqlash uchun arxeolog bilishi lozim bo‘lgan jihatlarga e’tibor qaratamiz. Bu usul aniq yoshni beruvchi, fizika fani yutuqlari asosida amalga oshiriladi.

S-14 usulida ishlaydigan laboratoriyalar Sankt-Peterburg shahrida, Berlin shahrining Germaniya arxeologiya institutida, Amerikaning Kolifornaya universitetida, Angliya, Fransiya, Italiya kabi Yevropa mamlakatlari arxeologiya institutlarida Radiokarbon usulida ishlaydigan laboratoriyalar mavjud. Bu laboratoriyalar fizika, ximiya, matematika fanlarining integrallashuvi natijasida, yongan yog‘ochning ionlashishi yordamida hozirgi vaqtdan necha kun avval yonganligini aniqlab berish imkoniyatiga ega.

Bu albatta laboratoriya ishi natijasi bo‘lib, S-14 analizi uchun arxeolog yongan yog‘och qoldig‘ini quyoshga ko‘rsatmay salafan qog‘ozga oladi. Salafan ustida yodgorlik nomi, arxeologik otryad nomi, qazishma nomeri, madaniy qatlam nomeri ko‘rsatilgan holda laboratoriyaga jo‘natiladi. Keyingi yillarda radiokarbon usuli (S-14) takomillashib, analizlarni kalibratsiya qilish boshlandi. Bunga ko‘ra analizning aniq yoshi va (+ -) 50 oralig‘idagi vaqtni bermoqda.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arxeologiya.Toshkent 2021 Z.M.Qodirov