Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Elbek.0205/Moskva shahri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Moskva shahri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rossiya davlatining poytaxti Moskva shahri qadimgi yilnomalarda 1147 yildan boshlab tilga olinadi. U Suzdal knyazligini chegara hududidagi shaharcha bo'lgan. Bu yerda knyaz Yuriy Dolgorukiy 1156 yilda Kremlni dastlab yog‘ochdan qurdiradi. Bu Kremlning izlari bizgacha saqlanib qolmagan. Mo‘g‘ullar bosqinidan keyin, XIV asr boshlariga kelib, Moskva yirik rus shahriga aylanadi. Shu davrda Ivan Kalita 1339 yilda Kremlni dubdan bino qildiradi. Arxeologik tadqiqotlar natijasida qal’a devori aniqlandi. 1367 yilda Dmitriy Donskiy mo‘g‘ullarga qarshi qattiq turish uchun Kremlni birinchi marta oq toshdan qurdiradi. Uning maydoni xozirgi Kremlga deyarli teng bo'lgan. Uni «Oqtosh shahar (Belokamennaya)» deb atashgan. O‘sha davrdan Kreml yonida qurilgan cherkov va Zvenigorod, Troica-Sergievo monastirlar saqlanib qolgan.[1]

Adabiyotlar. Arxeologiya. N.A.Egamberdiyeva[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Aexeologiya. N.A. Egamberdiyeva.