Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Dostonqurbonov2311/Qadimgi batriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Baqtriya davlati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qadimgi Baqtriya podsholigi Qadimgi Baqtriya turli qadimgi tillar yozma manbalandagi Baxdi, Baqtrish (Avesto), Baqtriyona, Baqtriya (yunon), Baxli (hind manbala- rida) yirik о`lka va davlatning nomidir. Olimlammg fikriga ko`ra. Baqtriya - Baqtriva tarixiy-madaniy viloyat, Baqtriya davlati ma’nolarida ishlatilganQadimgi Baqtriya podsholigi Qadimgi Baqtriya turli qadimgi tillar yozma manbalardagi Baxdi, Baqtrish (Avesto), Baqtriyona, Baqtriya (yunon), Baxli (hind manbala- rida) yirik о lka va davlatning nomidir. Olimlammg fikriga ko ra. Baqtriya - Baqtriya tarixiy-madaniy viloyat, Baqtriya davlati ma’nolarida ishlatilgan. Markaziy Osiyo xalqlarining tarixida daryolar muhim hayot manbayi vazifasini bajargan. Hozir ham Ozbekistonning viloyatlari, asosan, daryo va shaharlar nomlari bilan belgilangan. Tarixiy ma’lumotlarga ko'ra, Baqtriya yerlari Afg‘onistonning shimoli-sharqiy qismi, Janubiy Tojikiston, Surxondaryo viloyatini o‘z ichiga olgan. Arxeologik m a’lumotlarga ko‘ra, Baqtriya hududida ibtidoiy odamlar ilk va o'rta tosh davridan boshlab yoyilgan. 0 ‘zbekistonga qarashli Baqtriya qismida Teshiktosh, Machay va Zarautsoy kabi tosh asri yodgorliklari uzoq o'tmish hayoti haqida m a’lumot beradi. Miloddan avvalgi 700-540-yillar qadimgi Baqtriya davlatining rivojlangan davri bo‘lib, bu yirik davlataing hududiv chegaralari: Murg‘ob vohasi, Hindukush tizmasi, Badaxshon, Nurota tizmasi va Buxoro vohasiga borib taqalgan bo'lishi mumkin (daryo vohalari- Murg‘ob, Balxob, Qunduz, Panj, Vaxsh, Kofimixon, Surxon, Qashqa- daryo va Zarafshon). Bu ilmiy xulosani isbotlash uchun bir qancha tadqiqotlar olib borilgan. Agar yuqonda ko rsatilgan hududiy chegaralami Baqtriya davlati o‘z ichiga olganligi haqidagi ilmiy xulosalar to‘g ‘ri bo‘lsa, Markaziy Osiyoda rivojlangan dastlabki davlatlardan qadimgi Baqtriya eng yirigi bo‘lgan. Bu davrlarda Baqtriya viloyatlariga qadimgi Xorazm davlati va sak-massagetlaming harbiy-siyosiy uyushmasiga tegishli o‘lkalar chegaradosh bo lgan. Videvdat kitobida Baqtriya «eng yaxshi mamlakatlar va o‘lkalardan biri bo'lgan, baland bayroqli, go‘zal o‘lka» sifatida yoritilgan. So‘nggi yunon manbalarida Baqtriya «ming shaharlar davlati» deb atalgan. Baqtriya ayrim daryo vohalaridagi beshta viloyatni birlashtirgan. Surxon, Balxob, Kofimixon, Vaxsh, Panj, Ko‘kcha, Qunduz vohalari shular jumlasidandir. Surxon vohasining markazi Qiziltepa bo‘lgan. Shimoliy Afg‘onistonda yirik shaharlar qoldiqlari - Bolo Hisor va Oltindilyorlar topib tekshirilgan. Bolo Hisor o‘mida qadimgi Baqtra joylashgan. Bu shahar Gerodot va Ktesiylaming ta’kidlashicha, Baqt- riyaning maikazi bo‘lgan u Baxdi, Bastra daryosi (hozirgi Balxob) nomi bilan bog‘liq bo‘lgan fcushunchadir. Rim tarixchisi Kursiy Ruf bunday xabar qiladi. «Baqtra dar\ osi nomidan shahar va viloyatning nomi kelib chiqqan». Ktesiyning «Persika» asarida Baqtriyaning juda ko‘p istehkomlari va qal'alari to g risida ma’lumotlar keltirilgan. Hozirgi kunda Baqtriya tuprog‘idan miloddan avvalgi I mingyillikning birinchi yarmiga oid 240 dan ortiq uv-qo'rgonlar, qal’alar va shaharlar qoldiqlari topib tekshiril- gan. Surxon vohasida joylashgan Ruchuktepa, Beshqo ton, Talashqon, Jondavlat, Bandixon, Bo‘vrachi, Qizilcha, Obishir va Sho'rtepa yodgor- liklarini sanab o‘tish lozim.