Foydalanuvchi:Diyorbek Soataliyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mahdumi A'zam maqbarasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Map
Manzili:  Kosonsoy tumani, Mahdumi A`zam MFY, Mahdumi A`zam ko`chasi  9 uy

Davri:       XX asr

Maydoni:  534 kv.m

Movarounnahrlik alloma, yirik diniy va siyosiy arbob, Naqshbandiya tariqatining rahnamosi va nazariyotchilaridan biri Maxdumi A’zamning to‘liq ismi- Sayyid Ahmad Xojagi ibn Sayyid Jaloliddin Kosoniy Dahbediydir.  U Farg‘ona vo-diysining Koson shahrida tavallud topgan. Kosoniyning otasi Qoraxoniylar (840-1212) sulolasiga mansub sultonlardan Burho-niddin Qilich (XI asr) avlodlaridan bo‘lib, onasi  Koson say-yidlari oilalariga mansub edi.

Maxdumi A’zam ilk ta’limni Koson maktablaridan birida olgan. So‘ng Axsikatda, Xoja Muborak madrasasida o‘qishni davom ettiradi. Kosoniyning domlasi Mulla Ziyo shogirdining a’lo darajadagi qobiliyatini e’tiborga olib, unga chuqur ta’lim beradi. Madrasani bitirgach, Ahmad Kosoniy SHayx Mir Sayyid Aliga shogird tushadi. YAngi shogirdning keng ko‘lamli bilimlar egasi ekanligini ko‘rgan ustoz Maxdumi A’zamni Toshkentga, o‘sha paytlar Xojagon (Naqshbandiya) tariqati peshvosi Muhammad Qozi huzuriga yuboradi.

Muhammad Qozi (vafoti 1516) mashhur Xoja Ahror Vali (1404-1490) shogirdi va o‘z zamonida Naqshbandiya tariqatining rahbari edi.

U Xojagi Ahmadni shogird qilib oladi va tez orada o‘ziga xalifa etib tayinlaydi. Maxdumi A’zam o‘sha chog‘larda ustozi bilan Hirot safarida bo‘lib, alloma va shoir Abdurahmon Jomiy bilan bir necha bor uchrashib suhbatlashadi.

Olti oylik safardan so‘ng ustoz va shogird Toshkentga keladilar. Buxoro hokimi Muhammad Sulton (1500-1504) taklifi bilan Maxdumi A’zam Buxoroga ko‘chib boradi. Ma’lum vaqtdan so‘ng u Muhammad Qozi ruxsati bilan Axsikat va Kosonsoyga kelib, Naqshbandiya tariqatini targ‘ib etishga astoydil kiri-shadi.

Muhammad Qozi o‘z esdaliklarida “... Hali yillar keladi, Sayyid Ahmad Kosoniy dinimizning shahbozi balandparvoziga ( baland uchuvchi lochiniga) aylanadi”-deb yozgan va “...Bugungi kunda erning odamlar yashaydigan qismida Sayyid Ahmad Kosoniydan bilimliroq kishi  yo‘qdir”-deya e’tirof etgan edi. 

Muhammad Qozi vafotidan so‘ng (1516 yil), Naqshbandiya tariqatining barcha Movarounnahrlik shayxlari Maxdumi A’zamni “peshvoi tariqat” (tariqat peshvosi) sifatida e’tirof etishdi. SHu tariqa Maxdumi A’zamning shuhrati butun Movarounnahr va uning atrofidagi mamlakatlarga yoyildi.  

Ayni o‘sha kezlarda buyuk shoir va davlat arbobi Zahiriddin Bobur Maxdumi A’zamning e’tiborini qozonish maqsadida unga Xoja Ahror Valining “Risolayi volidiya” asarini turkiy tilga ag‘darib, o‘z ruboiylar devoni “Devoni Bobur” ni qo‘shib jo‘natadi.

Maxdumi A’zam Kosoniy 1542 yilda 81 yoshida vafot etadi va Dahbed mavzesida o‘zi barpo etgan bog‘da, sevimli nok daraxti ostiga dafn qilinadi.  Alloma vafotidan so‘ng uning oyoqlari ostiga unga murid tushib, o‘zlariga pir deb bilgan bir necha hukmdorlar dafn etilgan. Hozirda Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hududidagi Dahbed qishlog‘i hamyurtimizning qutlug‘ ziyoratgohiga aylantirilgan.

Maxdumi A’zamning ilmiy va ma’naviy  merosi boy bo‘lib, u tasavvuf nazariyasi va amaliyoti, xususan, Naqshbandiya ta’limotini yanada rivojlantirish sohasida ilmiy ishlar yaratgan.