Foydalanuvchi:Diyorbek Davlataliyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

TELE — ilk o‘rta asrlarda turkiy qabilalar katta bir

qismining umumiy nomi. Ushbu etnomilk bora milodiy IV

asrga oid Xitoy manbalarida uchraydi. Ulardan ma’lum

bo‘lishicha, milodiy VI asrgacha “tele” atamasi Gobi

cho‘lining shimoli, Xingan tog‘lari (Manjuriya)ning g‘arbi

va Tyanshan tog‘lari atrofidagi keng hududdan to Orol va

Kaspiy dengizi bo‘ylarigacha tarqalgan turkiy qabilalarning

umumiy nomi sifatida ishlatilgan. Ushbu yilnomalardan

ayon bo‘lishicha, tele qabilalari dastlab mil.avv. I

mingyillikda, chidi nomi bilan atalgan, keyinchalik esa, dili,

chile, dingling, gaoguyey, so‘ngra tele deb atala

boshlagan. Xitoy yilnomalarida ta’kidlanishicha, bir qancha

qabilalar o‘z etnik nomiga ega bo‘lsalar ham, kelib chiqishi

jihatidan telelarga borib taqalib, quyidagicha nomlanar

edilar: veyxo (uyg‘ur), yuange, seyanto (sir tardush), kibi,

dubo (tuba), guligan (quriqan), dolange (telengut), pugu

(bug‘u), bayegu (bayirqu), tunlo (to‘ngra), hun, adye (adiz),

sihye (izgil), husye, baysi (oq si) va hokazo. Suyshu nomli

xitoy yilnomasida (VII asr) tele qabilalariga mansub 50 ta

qabila nomi keltiriladi. Xitoy yilnomalarida telelarning tili

hunlarning tiliga o‘xshashligi qayd qilinadi. Ushbu

ma’lumotga asoslanilsa ularning turkiy tilli xalq bo‘lganligi

ma’lumbo‘ladi. Farhod Sultonov , Farruh Bozorboyev. "O'zbekiston tarixi" Toshkent 2007 Maqola muallifi Davlataliyev Diyorbek