Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Diyorbek Abduxoliqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oliy  ta’lim muassasasida raqamli bank xizmatlaridan foydalanishni rivojlantirish yo’nalishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kalit so’zlar:raqamlashtirish, mobil bank, an’anaviy bank , oliygoh, online aloqa

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu maqolada, raqamli bank xizmatlari xususida, hamda uning qulaylik tomonlari haqida fikr yuritilgan va an’anaviy bankda ustunliklari misol keltirilgan. Shuningdek ,Oliy ta’limda raqamli bank sektorini joriy etish aynan qaysi yo`nalishlarda qo`l kelishi namoyish etilgan.

In this article , digital banking services are considered, as well as their convenience aspects, and an example of their advantages over traditional banking is given. In addition, it was shown in which directions the digital banking sector can be implemented in higher education.

В данной статье рассмотрены услуги цифрового банкинга, а также аспекты их удобства, а также приведен пример их преимуществ перед традиционным банкингом. Кроме того, было показано, в каких направлениях цифровая банковская сфера может быть реализована в высшей школе.

Raqamlashish jarayoni bor ekan har bir soha rivojlanib yangi qirraga ko’tarilaveradi.Raqamli jarayon deb istalgan biror bir sohada jismoniy mehnat hajmini tizim orqali kamaytirib inson omilisiz avtomatik tarzda bajarilishi nazarda tutiladi. Masalan, oddiy bir telefonning kirib kelishi foydalanuvchining bir qancha jismoniy sarfini oldini oldi. Nafaqat mobil aloqa ,balki, inson omilini talab qilmaydigan (buyruq berishdan boshqa)   buyumlarning barchasi raqamlashtirish jarayoning natijasidir.

Diagrammada 2020-yil va 2022-yil orasida dastlab jami aholi soni va keyingi ikki yildagi  shaxsiy mobil qurilmadan foydalanuvchilar, internet aloqasidan unumli foydalanuvchilar va oxirida ijtimoiy tarmoqda aktiv bo`lgan foydalanuvchilar soni taqqoslangan.Unga ko’ra, 2022-yilda internet foydalanuvchilari 2020-yilga nisbatan  +1.1%  ko’paygan.  

2020-yil va 2022-yillarda mobil qurilmalarning ommalashuvi
Voqea nomi 2020-yil 2022-yil
Butun Jahon aholi soni 7.75 mlrd 7.99 mlrd
Mobil aloqa foydalanuvchilari 5.19 mlrd 5.48 mlrd
Internet foydalanuvchilari 4.54 mlrd 5.07 mlrd
Ijtimoiy tarmoqda aktiv foydalanuvchilar 3.8 mlrd 4.74 mlrd

Diagramma orqali raqamlashtirsh jarayoni ta’siri aks ettirildi.

Manbaa: https://datareportal.com  

Barcha rivojlangan dunyo mamlakatlari kabi ,respublikamizda ham raqamlashtirish tushunchasi har sohada jadal rivojlanmoqda, shu bilan birga ,o’z navbatida , ta’lim ham bundan manfaatdor. Raqamli sistemaning rivojlanishi ko’proq iqtisod sohasida keng imkoniyatlar yaratmoqda.  Va aynan raqamli bank bugungi kunda Oliy ta’limda ko’plab moliyaviy muammolarga yechim bo’lmoqda. Ta’kidlash joizki, raqamli bank xizmatlarini oliygohlarda ishga tushurish har tomonlama qulaylik va foyda uchun ishlashi tabiiy. E’tiborga olish kerak bo’lgan jihatida shundaki “Qay yo’sinda raqamli bank bo’limi oliygohlarda tashkil topishi mumkin?”

Raqamli bank atamasi iqtisodiyotga kirib kelish o’tgan asrning  90-yillarida Britaniyada mijozlarning filialsiz bankka bo’lgan talabi bilan bog’liq.Banklar o’sha davrda mijozlarga telefon orqali javob berish yo`lini tanlashadi. Raqamli bank to’laqonli tarmoqqa tayanib faoliyat yurutuvchi bank bo’limidir. An’anaviy bankdan qulayroq va foydaliroq bo’lgani sabab qisqa muddatda anchagina mijoz to’pladi


                       Online bank va odatiy bankning asosiy farqlari

T/r Odatiy bank Raqamli bank
1 Bank filiallarining shahar tuman bo’yicha taqsimlanib xizmat sifatiga e’tibor berilmasligi Bank mutlaqo filialga bo’linmasligi , istalgan joydan bir xil xizmat taklif qilinadi
2 Mobil ilova kamchilik bilan yaratilgan bo’lib doim xizmatlarda muammo kelib chiqishi Sifatli va kuchli identifikatsiya sababli ishonchli ilova mavjudligi
3 Mijoz bilan onlayn aloqa yo’qligi, yan’i ma’sul shaxslar tayinlanmaganligi 100% onlayn aloqa mavjuda va 24/7 formatda ishlaydi
4 Omonat qo’yish , valyuta ayirboshlash mavjud lekin ko’p hollarda 1 martada tayyorlab bo’lmaydi Raqamli bankda hech qanday tanish-bilishchiliksiz bemalol bu xizmatlardan foydalanish mumkin
5 Kredit olish kabi yirik xizmatlar ko’p xujjat talab qiladi. Mijoz 1-2 ta asosiy hujjatlar bilan ham foydalana oladi
6 Inson omilining katta rol o’ynashi Dastur barcha vazifalarni bajarishi va inson omilini kamayishi
7 Ishchi xodimlar sonining ko`pligi Ishchi soni odatiy bankdan ko`ra ancha kam
8 Bank xarajatlarining ko’pligi natijasida xizmat tannarxi yuqoriligi


Faqatgina yirik o’tkazmalar uchun summa so’ralishi


Raqamli banklar ilovalar yoki computer orqali kirish mumkin bo’lgan to’liq raqamli xizmatlarni taklif qiladi. Har bir mijoz mobil telefoni orqali bemalol bajarishi mumkin bo’lgan bank xizmatlaridagi yangi innovatsion konsepsiyadir.  Bu o’znavbatida mijozning jismoniy ma’suliyati yo’qligini anglatadi. Raqamli banklar aynan, an’anaviy bankning sifat darajasi sustligi ,shahar va tumanlarda filiallar ko’pligi sabab o’rtamiyona o’ziga yarasha xizmat taklif qilishi , bankning yirik xizmatlari amalga oshishi anchagina vaqt talab qilishi va kechikishi , onlayn aloqaning nomigagina mavjudligi kabi muammolar va o’z navbatida bunday kamchiliklar raqamli bankda bartaraf etilgani va internet xarajatidan boshqa hech nima talab qilmasligi bilan foydalanuvchilarga ma’qul tushmoqda . Mijozlar bankka borib kelish xarajati va vaqtini sarflashdan xoli va shu bilan birga yangi foydalanuvchilar uchun imtiyoz va qulay takliflar mavjud.Raqamli banklarning electron hujumdan holi bo’lishi eng xavotirli tomoni hisoblanadi. Bunga yechim sifatida kuchli identifikatsiya loyihalari ishlab chiqilmoqda.

       Jahon miqyosida olib qaralsa,

· Malayziyada jami bank mijozlarning 86%i elektron bank hamkorligini yo’lga qo’ygan.

· Xitoyda onlayn banklar 2013-yilda tashkil qilinib hozirda aholining deyarli 50%ida onlayn hisobi mavjud.

· So’ngi yillarda eng ko’p umumiy 96% mijozda elektron ilova mavjud.


Hozirgi kunda respublikamizda ham 3 ta raqamli bank (Anorbank , TBC bank , Bank Apelsin ) mavjud. Markaziy Bank xizmatlarini tubdan isloh qilish qarori bilan raqamli banklar ko’paytirib ,jamoatga e’lon qilinmoqda

.Natija sifatida, 2022-yilning o’zida “Anorbank” bir qancha yutuqlarga erishdi:

1. Butun O`zbekiston bo`ylab faoliyat yurita boshladi.

2. Jami 850 nafar xodim ishga qabul qilindi.

3. Hozirgacha 115000 ta mijoz to`plab , 100000 taga yaqin plastic kartalar foydalanishga topshirildi.

4. Bankning online ilovasi 270000 marta yuklab olindi

5. Ilovada har kuni 35000 dan ortiq mijoz foydalanadi.

  Oliy ta’lim muassasalari tashkil topganidan beri hozirgi davrgacha raqamlashtirish jarayoni olib borilmoqda. Natijalar elektron shaklda hisoblanishi, masofaviy ta’limning joriy qilinishi bunga misol bo’la oladi. Respublikamizda jami 105 ta davlat oliygohi bo’lib barchasi o’zining plaatforma, sayt yoki ijtimoiy tarmoq kanallariga ega.  Aynan raqamli bank faktori amalda hali yuqori darajada foydalinmagan.

 Oliygohning raqamli bankka bo’lgan ehtiyoji ,talabalarning kontrak yoki stipendiya masalalaridauchraydigan muammolar , sarf- xarajatlaridan ko’rish mumkin.Ayniqsa , universitet , institutlar o’zi uchun moliyaviy erkinlik qabul qilishi moliyaviy masalalar yanada ko’payishiga olib keladi va raqamli bank yechim sifatida kiritiladi.

Raqamli bank kundalik hayotda ham universitet , ham talaba uchun qulayliklar olib keladi. Talabaning xarajatlarini universitet va raqamli bank orqali yengillashtirish mumkin.Quyidagi misollar orqali raqamli bankning oliygohlarda joriy etish afzalliklarini ko’rish mumkin.

1. Yillik kontrak hajmini bo’lib to’lash,ta’lim kreditini tashkil etish

2. Yotoqxona xarajatini ijara uy egasi yoki yotoqxona bilan uch tomonlama shartnoma tuzib universitetdan chegirma yoki yordam olish

3. Oziq- ovqat xarajatlarini karta ochib u orqali xarid qilish va hisobni talabaning stipendiyasidan qirqib yoki kontrak puliga qo’shimcha sifatida ishga tushurish. Bu talabaning molivay kambag’allik davrida asqotadi.

4. Mavsumiy kiyim-kechak xarajatlari uchun universitet biror bir kiyim brendi bilan shartnoma imzolash va talabalar uchun chegirma yaratib berish evaziga har doim brendning reklamasi bilan ishlash.

5. Yo’lkira xarajatlarini taksi yoki avtobus qatnovi  MCHJ lar bilan shartnoma tuzib ,raqamli bank kartasi orqali birdaniga to’lash yoki ilova orqali

onlayn to’lovni tashkil etish

6. Uzoq viloyatdan qatnovchi talabalar uchun har ma’lum muddatda chipta olinib talabalar uchun imtiyoz sifatida har o’quv-yili oxirida chakana narxda to’lash

7. Talabaning communal to’lovlari ,mobil tariflar uchun bankning elektron ilova orqali tez va oson to’lov yaratish

8. Universitetda raqamli bank orqali moliyashtirilgan qo’shimcha kurslar tashkil qilish

   Bu masalalarning yechimi to’laqonli raqamli bankka bo’lgan ehtiyojni keltirib chiqaradi.Yuqorida qayd etilgan raqamlar shuni anglatadiki, bank jadal rivojlanish va mijozga yo’naltirilganlik tamoyili asosida taklif etayotgan sifatli xizmatlari mijozlar tomonidan keng qabul qilinmoqda va bank mijozlari soni kundan kunga ortib bormoqda. Bu esa mamlakatimiz bank-moliya tizimida yangi raqamli bank tendensiyasi boshlanganligidan darak beradi. Shu sababli hozirda an’anaviy faoliyat yuritayotgan banklar ham raqamli bank xizmatlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratishlari zamon talabiga aylanib bormoqda.Elektron moliyashish jarayoni kundalik hayotda har jihatdan jismoniy faoliyatni kamaytiradi.Raqamli bank xizmatlaridan foydalanish yo’liga o’tish oliygahlarda yanada yangi imkoniyatlar kashf etadi. Demak, moliyaviy xizmatlarning raqamli tranzaktsiyasi bank mijozlari uchun keng imkoniyatlar yaratib, moliyaviy faollikni oshirish uchun muhim bosqich sanalish bilan birga, mijozlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi. Mijozlar bankka tashrifi, hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ketadigan vaqt hamda mablag‘larini tejashiga imkon yaratadi.

Foydalangan adabiyotlar:

1. http://www.scientificprogress.uz/uz

2.  www.Anorbank.uz  – “Anor bank” AJning rasmiy sayti

3. www.lex.uz  - O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi

4.  https://datareportal.com

5. https://uz.wikipedia.org/wiki/Raqamli_bank

6. https://cyberleninka.ru/article/n/raqamli-bank-xizmatlari-va-uning-afzalliklari/viewer

7. SH.Z.ABDULLAYEVA “Pul va Banklar”