Foydalanuvchi:Diyora.Ahmad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 11 may kuni „Oʻzbekiston Milliy universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi Qarorni imzoladi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy universitetni qayta tashkil etishdan koʻzlangan maqsad — „oliy taʼlimni rivojlantirishning jahon tajribasini hisobga olgan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash darajasi va sifatini tubdan oʻzgartirish“, OTMning „ilmiy salohiyatini yanada mustahkamlash“ va „oʻquv jarayonining ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan aloqalarini kuchaytirish“dan iborat. Hujjatda OʻzMUning yangilangan tashkiliy tuzilmasi tasdiqlangan, deb yozadiGazeta.uz. Unga koʻra, OTMda geologiya va geografiya (1), fizika (2), biologiya (3), kimyo (4), matematika (5), xorijiy filologiya (6), tarix (7), iqtisodiyot (8), ijtimoiy fanlar (9) va jurnalistika (10) fakultetlari faoliyat koʻrsatadi. Oʻzbek filologiyasi fakulteti va boshqa tuzilmalar bazasida Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etildi. Qarorga koʻra, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining Ulugʻbek shaharchasidagi binolariga OʻzMU Fizika fakultetining tegishli kafedralari, laboratoriyalari, magistratura va doktorantura boʻlimlari joylashtiriladi. Boʻshatilgan binolar, laboratoriya va Yadro institutining boshqa mol-mulklari zaruriy rekonstruksiyalarni amalga oshirish bilan kechuvchi ilmiy-taʼlimiy jarayonlarni tashkil etish uchun Milliy universitet hisobiga oʻtkaziladi. Bundan tashqari, Yadro fizikasi institutining ilmiy-texnik loyihalari, konstruktor-texnologik ishlanmalari va ilmiy jihozlari ularning talabchanligi va maqbulligini saqlab qolish va OʻzMU Fizika fakultetining qayta tashkil etiladigan laboratoriyasiga etkazilishi nuqtai nazaridan toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazish vazifasi topshirildi. 2016-2017 yillarda Yadro fizikasi institutining 1956-1972 yillarda bunyod etilgan obʼektlarini kapital rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Xalqaro ilmiy konferensiya va seminarlar oʻtkazish uchun zamonaviy infratuzilmalarni tashkil etish, shu jumladan, 200 oʻringa ega konferens-zal va sobiq madaniyat uyi oʻrnida 600 oʻringa ega zalli bino hamda taklif etilgan ilmiy xodimlar uchun 30 oʻrinli mehmonxona tipidagi yotoqxonani bunyod etish belgilangan. 1 iyuldan OʻzMU qoshidagi Amaliy fizika ilmiy tadqiqot instituti bekor qilinib, uning barcha ilmiy loyihalari, uskuna va boshqa mol-mulklari, zarurat tugʻilgan taqdirda, Fizika fakultetiga taqdim etiladi. Yadro fizikasi institutiga tegishli boʻlgan yadro reaktori hamda yadroviy va radiatsion xavfsizlik bilan bogʻliq boshqa obʼektlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi qoshida yangi tashkil etiladigan Radiatsion xavfsizlik markazi hisobiga oʻtkaziladi. Markazning vazifalari qatoriga MAGATE hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda Yadro fizikasi instituti yadro reaktorini ekspluatatsiyadan chiqarish, mamlakat hududida radioaktiv materiallar omborxonalarini saqlash, foydalanish va yoʻq qilish boʻyicha ishlarni olib borish, shuningdek, tozalash xizmatlari faoliyatini tashkil etish kabilar ham kiritildi.