Foydalanuvchi:Dinara Muhitdinova/Chebotareva Valentina Georgievna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Valentina Chebotareva
Tavalludi 1935
Fargʻona viloyati
Sohasi sharqshunoslik,hindshunoslik

Valentina Chebotareva — (1935, Fargʻona viloyati) — sharqshunos, hindshunos. Tarix fanlari nomzodi doktori, professor (1989).

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1958-yildan Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 144-maktabda hind tili oʻqituvchisi; 1960-yilda OʻzFA Tarix va arxeologiya institutining aspiranti; 1963-yildan mazkur institutda ilmiy xodim, katta ilmiy xodim; 1979-yildan Oʻzbekiston MK Partiya tarixi institutida ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari; 1988-yilda Moskvada, KPSS qoshidagi Marksizm-leninizm institutining filiallari va koordinatsiya boʻlimining boshligʻi; 1991-yilda Rossiya Respublikasining milliy masalalar boʻyicha Davlat komitetida, keyinchalik, Rossiya Federatsiyasining milliy ishlar va mintaqaviy siyosat vazirligida masʼul xodim.

Ilmiy yoʻnalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekistonda milliy masala va Oʻrta Osiyoda integratsiya jarayonlari. 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Bir qancha Xalqaro ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi(1989), OʻzR Oliy Kengashi Prezidiumining Faxriy yorligʻi bilan taqdirlangan.

Asosiy ilmiy ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nomz. diss. mavzusi: “Из истории взаимоотношений СССР с сопредельными странами Среднего Востока через Среднюю Азию (1918 – 1924 гг.)”. – T., 1963. Dokt. diss. mavzusi: “Социалистический интернационализм и основныe интеграционныe процессы в республиках Средней Азии и Казахстане на этапе развитого социализма”. – T., 1979.

  1. Решение национального вопроса в Узбекистане / jamoaviy monografiya. – Toshkent: Fan, 1979.
  2. История Российских немцев в документах/tuzuvchilar jamoasi – Tashkent, 1993 – 1994
  3. Oʻzbekiston atoqli davlat arboblarining siyosiy portretini aks ettiruvchi 20 ta maqola.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Habibullayev, Alimulla. Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi (1949 — 2022-yillar). Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, 2022.