Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Dilshodbek Qobulov/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
KONSTITUTSIYA-TARAQQIYOT POYDEVORI Annotatsiya:Maqolada, yoshlarni vatanimiz taraqqiyotini rivojlantirishida munosib hissa qo’shishlari, vatanimiz ramzlariga bo’lgan hurmatni yanada shakllantirishlari haqida yozilgan. Kalit so’zlar:Demokratiya, Konstitutsiya, modda, prinsip, huquq.
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Farovon turmushimiz rivojida,vatanimiz va xalqimiz taqdirida Konstitutsiyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Konstitutsiyamizni nafaqat tariflaganda, balki qoidalarni moddama-modda ro‘yobga chiqarish asosida uni hayotimiz qomusi deb bilishimiz va qadrlashimiz katta ahamiyatni kasb etadi. Konstitutsiyamizda xalqimizning huquqiy demokratik davlat adolatli fuqarolik jamiyati, erkin va farovon hayot qurishdek orzu-havasi o‘zining to‘la ifodasini topgan. Unda hayotimizning garovi bo‘lmish tinchlik, osoyishtalik, totuv hayotning asoslari belgilab berilgan. Fuqarolarning huquq va burchlari bir - biriga uyg‘unlashtirilgan. Eng muhimi, inson huquqi, inson erkinligi mustahkam muhrlab qo‘yilgan.
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Konstitutsiyamizda eng oliy qadriyat sifatida asosiy e'tibor davlat va ijtimoiy tuzumga emas, balki inson manfaatlariga qaratilgan. Uning 13 moddasida O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi, deb belgilab qo‘yilgan. Bundan tashqari inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari e'lon qilinibgina qolmasdan, shu moddaning o‘zida demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilishni ham mustahkamlangan. Asosiy qonunda inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari mazmunini bevosita ochib beruvchi 34 ta modda mavjud. Uning muqaddimasidan tortib, yakunlovchi qoidalariga qadar inson to‘g‘risida, uning farovonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik g‘oyalari singdirilgan. Har qanday davlat organining, har qanday mansabdor shaxsning faoliyati inson manfaatlariga bo‘ysundiriladi. Mustaqillik yillarida biz halqimiz va davlatimizning Konstitutsiyasi ahamiyatini aniq tasavvur qildik va avvalo nimadan voz kechib, nimalarni qo‘lga kiritishimizni anglab yetdik. Shuni alohida ta'kidlash joizki shu bilan birga uni himoya qiluvchi qalqon jamiyatimizning asosiy huquqiy poydevori hisoblanadi. Eng muhimi konstitutsiya tufayli O‘zbekiston Respublikasi yangi demokratik davlat sifatida dunyo siyosiy xaritasidan munosib o‘rin egalladi. 1-prezidentimiz Islom Karimov konstitutsiyaning mohiyatiga ta'rif berar ekan, shunday deb ta'kidlab o‘tgan edi,-“Dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlarda hech bir fuqaro, hech bir odam o‘z ijtimoiy shaxsiy xayotini o‘z qonuniy manfaatlarini himoya qilishi konstitutsiyasiz tasavvur eta olmaydi”. O‘tgan davr ichida Konstitutsiyamiz jiddiy hayot sinovlaridan o‘tdi. Halqimiz xayotida bu muhim xujjat asosida asrlar mobaynida yuz berishi mumkin bo‘lgan tengsiz o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Yurtimiz sho‘rolar davridan meros bo‘lib qolgan chuqur iqtisodiy tanazzildan qutildi, o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohatlar tufayli bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyot qaror topib bormoqda. Demokratiya tamoyillariga asoslangan milliy davlatchilik va huquq tizimi shakllantirmoqda, ijtimoiy-madaniy soha barqaror rivojlanib, kishilarimizning ma'naviy qiyofasi yangilanmoqda, ularning ongiga istiqlol g‘oyasi tobora chuqurroq singib bormoqda, mustaqil yosh davlatimiz xalqaro jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallamoqda. Konstitutsiyaning qabul qilinganligi munosabati bilan ta’lim muassassalarida Konstitutsiyaga bag‘ishlab targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Respublika kutubxonalarining va ARMlarning vazifasi kitobxonlar diqqatini Konstitutsiyamizni o‘rganishga hamda o‘z huquq va burchlarini bilishga, qonun-qoidalarga rioya qilishga va uning davlatimiz siyosatida muhim o‘rin tutishini keng targ‘ib qilishdan iborat. Bu ishda kutubxonalar va ARMlar adabiyotlar targ‘ibotining kitob taqdimoti, ilmiy-amaliy konferensiya , ilmiy-amaliy seminar, savol-javob kechalari, davra suhbati, bilimdonlar bellashuvi, mavzuli va munozara kechalari, uchrashuv kechasi, kitob ko‘rgazmasi, Konstitutsiya haqidagi nashrlarning obzori singari turli tuman usullaridan foydalanishlari mumkin.
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bunday tadbirlar turkumini tashkil etish uchun tarixshunoslar, huquqshunoslar, hokimiyat vakillari, idora xodimlari, huquqiy markaz hodimlarini jalb qilish mumkin. Adabiyotlar 1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: Oʻzbekiston, 2012. 2. Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida”gi Qonun. 20-noyabr 1991-yil. 3. Oʻzbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” .
[tahrir | manbasini tahrirlash]