Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Dilnoza Azizova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dilnoza Azizova Qurbonaliyevna Farg'ona viloyati .Bag'dod tumani.Olchin qishlog'ida tug'ilgan.QDPI magistraturasini bitirgan.Hozirda Toshkent Tibbiyot Akademiyasida faoliyat olib bormoqda."Kitobsevar musicha","Shirin choy","Eng mashhur asar","Chorlayotgan baxt","Jajji farishtam","Vatan adin gitsin her taraf"nomli kitoblar muallifi.


Paxtakor onamga..

Ona..

Paxtazorda ko‘rinmay ketding,

Etaging bir uyum paxtaga to‘ldi.

Etaging to‘lgandan baxtiyor eding,

Yuzing egatlardek ajinlar bo‘ldi..

Qorayding,qo‘llaring g‘o‘zadek qotdi,

Meni shu dalada o‘stirding ona!!

Oyog‘ing shu tuproq joniga botdi,

Kuysa ham jim ishlab yurarding yana..

Menchi,men ortingdan chopqillab ba'zan,

G‘o‘zalar ichida qolardim to‘xtab.

Sen esa ketmoning urganingcha ham,

Ketarding zarb bilan,chopgancha shaxtlab..

Dalalar ulg‘aytdi, ukamni, meni..

Tutzorda uxladi jajji bolalik.

To katta bo‘lguncha onajon seni

Yasanib yurganing sira ko‘rmadik..

Esimda.. O‘qishga o‘tgan kunimda..

Sevinib yig‘lading, sevinib kulding.

Meni duo qilib g‘ururga to‘lib..

Dalada maqtanib, quvonib yurding..

Ukam ham, o‘zim ham  o‘qidik mana,

O‘pgim bor ming marta qadoq qo‘lingni.

Eshitdim dalada paxtalar terib,

Asrab turganmishsan paxta pulingni.

Bizlarni''oq yoqa''bo‘lib yurgan kun,

Sen esa dalada o‘tkazgan umring!!

Dilnoza Azizova


Qizg‘aldog‘im.

Qizg‘aldog‘jon, qizg‘aldoq,

Nega sening yuzing dog‘.

Seni sog‘inib keldim,

Shunday nafis bahor chog‘.

Kel dardlashib yotamiz,

Quchog‘inga botamiz.

Dardlarimiz adirga,

Shamollarga sotamiz!

Alvon yuzing kulchadek,

Jajji go‘dak tilchadek.

Tillaringdan bol olay,

Xonishli bulbulchadek.

Borsam qirda kutvoldong,

Alvoninga yutvolding.

She'r yozar ilhomimni,

Bir ondaya tutvolding.

Qizqaldog‘im, qizg‘aldoq,

Qulog‘imda qiz baldoq.

Endi qiynaydi ishon-

Sen qoldirgan so‘ngi ox!!!

Dilnoza Azizova


Onam sizni hoji qilib qaytaman!!


Onam ketdik Olloh uyiga!

Ziyoratlar xadya etaman.

Gar shu baxtni berolsam sizga

Sizni hoji qilib qaytaman.

Dunyodagi ne so‘zlar bo‘lsa

Eng yaxshisin sizga aytaman.

Bir qarzim bor ko‘nglingiz to‘lsa,

Sizni hoji qilib qaytaman.

Olloh uyun diydorin istab,

Tavof qildi milyonlab, yuzlab,

Men ham niyyat qilganman, ko‘zlab

Sizni hoji qilib qaytaman.

Oldim yoshlik, chiroy, kuchingiz,

Bedor qildim kunduz, kechingiz,

Bizning asli farzand burchimiz,

Sizni hoji qilib qaytaman.

Duolari oltinim onam,

Borlig‘im va botinim onam,

So‘zi yumshoq, sokinim onam,

Sizni hoji qilib qaytaman.

Tunda bedor duolar qilsam,

Olloh deya nidolar qilsam

Jonim sizga fidolar qilsam

Sizni hoji qilib qaytaman

Sizni hoji qilib qaytaman!

Dilnoza Azizova