Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:DilimNur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shahlo Ahrorova

Shoira- Shahlo Ahrorova Jizzax viloyati, Jizzax tumanida tug'ilgan. 1999-yildan buyon O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi. Bugunga qadar uning 5 ta she'rlar, dostonlar, to'plamlar chop etilgan. 1994-yilda "E'zozim", 1997-yilda "Suydurdingiz suymadingiz", 2002-yilda "Mohim", 2007-yilda "Seni o'ylamoqdan voz kecholmayman", 2009-yilda "Ishq nafasi" nomli ko'plab she'rlar to'plamlari nashr etildi. Uning ikki yuzga yaqin sh'erlari qo'shiq bo'lgan. "Dilbar" qissasi asosida "O'zbekiston" telekanalida teleserial ishlangan. "Er bermoq- jon bermoq" senariysi asosida kinokomediya ishlandi. "Shuhrat" medali va O'zbekiston yoshlari "Kamolot" mukofoti, O'zbekiston Mustaqilligining 20 yilligi "Estalik nishoni" sovrindori. 2006-2007-yillarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida tahsil olgan.