Foydalanuvchi:Dilbar Fayziyeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

O'tgan asrda xalqimiz o'zining tengsiz ijodkorlarini ulg'aytirib kamolga yetkazdi va ularning yozgan asarlari hali hamon yodimizda.Har bahor kelganda o'zbek xalqining tilidan dilidan bir she'r sira tushmaydi.Bu ham bo'lsa sevimli shoirimiz H.Olimjonning "O'rik gullaganda"she'ri hisoblanadi.Atoqli shoirimiz "tabiat kuychisi"bo'lmish H.Olimjon 1909-yilda Jizzax viloyatida tavallud topgan. Otasidan erta ajralgan yosh Hamid bobosi ya'ni onasining otasi qo'lida tarbiya ko'rib xat savodi chiqadi. Onasi Komila aya ham o'g'lining fozil i son adabiyot shaydosi bo'lishiga o'zi aytgan ertaklar,dostonlar-u afsonalar orqali yetarlicha hissa qo'shgan. O'rta maktabni tamomlagach, universitetga o'qishga kirib uni ham a'lo baholarga bitirgan yosh Hamid birga o'qib yurgan sevimli shoramiz Zulfiyaga ko'ngil qo'yganlar va oila qurganlar.Ular juda oz fursat bactli oila bo'lib yashay oldilar.1944-yilda Hamid Olimjon Do'rmondagi yozuvchilar bog'idan qaytayotganida avtohalokatda vafot etadi.Shoirning farzandlari Hulkar va Omon hamisha otalarining pok yodi onalarining she'rlaridagi Hamid Olimjon tasvirlari bilan yashadilar.Zulfiyaxonim hech qachon turmush o'rtog'ining xotirasoga xoyonat qilmay yashadi.Asarlarini nashr qildirdi.Hamid Olimjon ijodiy merosining asosini tabiat tasviriga bag'ishlangan she'rlar va xalq og'zaki ijodining namunalarini badiiy adabiyotga xoslangan holda yozilgan ajoyib she'riy ertaklar balladalar tashkil etadi.Masalan "Roksananing ko'z yoshlari","Oygul bilan Baxtiyor","Ko'klam" nomli asarlar shular jumlasidan.Shoirimizning pok ruhlari qalbimizda abadiy qolsin.

 Novdalarni bezab g'unchalar,
 Tongda aytdi hayot otini.
 Va shabboda qurg'ur ilk sahar,
 Olib ketdi gulning otini.
 Har bahorda shu bo'lar takror                     Har bahor ham shunday o'tadi
Qancha tirishsam ham u beor yillar meni aldab ketadi.