Foydalanuvchi:D1yorbek1212
YANGI O`ZBEKISTONDA IJTIMOIY BARQARORLIK TENDENSIYALARI
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada jamiyat barqarorligini ta’minlashning ijtimoiy asoslari xususida so`z yuritiladi. Millatlararo totuvlik, bag`rikenglik g`oyasining tarixiy, huquqiy asoslari hamda O`zbekistonda milliy-diniy bag’rikenglik va dunyoviylik prinsiplari yoritib berilgan.
KALIT SO`ZLAR: Barqarorlik, diniy bag`rikenglik, tarbiya, ,,birgalikdagi evolyutsiya’’,tolerantlik, ijtimoiy va ma’naviy barqarorlik, millatlararo hamjihatlik.
Barqarorlik - bu kelajakdagi ehtiyojlarni xavf ostiga qo'ymasdan, hozirgi ehtiyojlarni qondirish uchun resurslarni boshqarishdir. Bunda boshqaruv doirasida ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanish va atrof-muhit muhofazasi hisobga olinadi. Birinchidan, barqarorlik tabiat va atrof-muhit tuganmas resurslar emasligini nazarda tutadi, himoya qilinishi va oqilona ishlatilishi kerak. Ikkinchidan, barqaror rivojlanish ijtimoiy rivojlanishga ko'maklashish va jamiyat va madaniyat uyg'unligini izlashdir. Shunday qilib, u hayot, sog'liq va ta'lim sifatining qoniqarli darajasiga erishishga intiladi. Uchinchidan, barqarorlik iqtisodiy o'sishni rag'batlantiradi va atrof-muhitga zarar yetkazmasdan hamma uchun teng boylik yaratadi. Barqarorlik, (ijtimoiy, ma’naviy)— jamiyatdagi tinch-totuvlik, birdamlik va ularni mustahkamlash uchun shart-sharoitning mavjudligi; ijtimoiy qatlamlar, kuchlar va siyosiy partiyalar o‘rtasidagi hamjihatlik vaziyati; davlat, jamoat tashkilotlari, fuqarolar o‘rtasidagi ijtimoiy kelishuv holatining muttasil davom etishi va boshqa G‘arb olimlari R.Darendrof va A.Kozer haqiqiy barqarorlik yo‘q, har qanday barqarorlik beqarorlikning arafasi yoki muayyan beqarorlikdan keyingi holati, jamiyatning yangi beqarorlik oldidan tin olish davri, degan fikrni ilgari surganlar. Bundan farqli tarzda T.Parsons “ijtimoiy tizimning barqarorlikdagi qoidalari”ni ishlab chiqishga harakat qilgan. Uning fikricha, har qanday barqaror jamiyatning ijtimoiy tuzilishini tashkil etadigan elementlar faoliyati o‘zaro uyg‘un bo‘lishi shart. Ana shu uyg‘unlik doimiy barqarorlik omilidir. Bunda davlatning vazifasi jamiyatning eng kichik bo‘g‘inlari, jamoalar, tashkilotlar, idoralar orasidagi mutanosiblikni saqlash va mustahkamlashdan iborat. Agar davlat buning uddasidan chiqa olsa, u jamiyatni barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan boshqaruvchi (regulyator) vazifasini ado etadi. Bu esa, o‘z navbatida, davlatning muayyan islohotlarni amalga oshirishi uchun imkon yaratadi. Bu qarashlar ko‘pgina mutaxassislar tomonidan e’tirof qilingan. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin ijtimoiy va ma’naviy barqarorlikka erishish va uni mustahkamlashga katta e’tibor berilmoqda. Barqarorlik jamiyat taraqqiyotining, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishning asosiy sharti, ma’naviy tamoyillar amaliyotini ta’minlash omilidir. So‘ngi yillarda O‘zbekistonning tashqi siyosiy hayotida tub o‘zgarishlar kuzatildi. Pirovardida qo‘shni davlatlar hamda boshqa mintaqalardagi mamlakatlar bilan aloqalar mustahkamlanayotgani, izchil hamkorlik asosida ko‘plab ijobiy natijalarga erishilayotganiga bugun barchamiz guvoh bo‘lib turibmiz. Ayni chog’da xalqaro moliyaviy institutlar bilan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tufayli mamlakatimizning turli sohalariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish va bu orqali islohotlarimizni jadal rivojlantirishga erishilmoqda. Qator xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlik qilinib, yurtimizda inson manfaatlarini ta’minlash, uning haq-huquqlarini himoya qilish va aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish choralari ko‘rilyapti. Buni BMT bilan munosabatlarimiz yangi bosqichga ko‘tarilgani misolida ham ko‘rish mumkin. Zero, mazkur tuzilma bilan o‘zaro aloqalarni rivojlantirish yangilanayotgan O‘zbekiston milliy manfaatlariga har tomonlama uyg‘undir. Mamlakatimizda BMT Bosh Assambleyasi hamda tuzilmalari tomonidan qabul qilingan rezolyutsiya, konvensiya, deklaratsiya va bayonnomalar samarali ijrosi bo‘yicha puxta ish olib borilayotir. Jumladan, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga izchil erishish yo‘nalishida ham tizimli tadbirlar yo‘lga qo‘yilganligini mamnuniyat bilan aytmoqchimiz.
Faylasuf L.G. Melnik fikricha, barqarorlik atamasi muvozanatni nazarda tutadi va “rivojlanish” faqat tizim doimo muvozanatdan chiqib ketgan taqdirdagina mumkin bo‘ladi. Jamiyat barqarorligi bu ehtiyojlarni nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlar uchun ham qondirish uchun atrof-muhitni muhofaza qilish bilan birga inson ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan jihatlarini taqdid qilishda namoyon bo‘ladi. Jamiyatdagi barqarorlik atamasi odatda milliy iqtisodiyot rivoji bilan bog‘liq jarayonni anglatadi. Faylasuf N.N.Moiseyevning fikricha, barqarorlik g‘oyasining ma’nosi “inson va biosferaning birgalikdagi evolyutsiyasi” atamasi bilan ifodalangan bo‘lib, u V.I.Vernadskiyning “Noosfera”si bilan deyarli sinonimdir . Shu nuqtai nazardan qaraganda jamiyat “barqarorligi” jamiyatdagi barcha sohalar bilan “qo‘shma rivojlanish” jarayonlarida ko‘rinadi.
Jamiyatda millat qolaversa, har bir shaxs manfaatlari kamsitilsa, u qalban nafratlanadi. Uning milliy qadr-qimmati, obro‘-e’tibori, or-nomusi toptalgan taqdirda ichki nafrat o‘z-o‘zini himoya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan amaliharakatga, murosasiz kurashga ham aylanib ketadi. Demak, xalqlar iqtisodiy va siyosiy manfaatlari, ayniqsa ma’naviy qadriyatlarining kamsitilishiga ma’lum vaqt chidab kelishi mumkin, ammo unga cheksiz bardosh bera olmaydi. Shu nuqtai nazardan, faylasuf Yevgeniy Rashkovskiyning “sabrsizlik xalqning hali g‘o‘rligi, qoloqligi bilan bog‘liq” degan fikriga to‘la qo‘shilish mumkin emas. Chorizm va sovet kolonial tuzumi davrida O‘zbekistonning boyliklari talandi, mahalliy xalqlarning haq-huquqlari kamsitildi. Milliy madaniy va tarixiy meros, an’ana va qadriyatlar oyoq osti qilinishi, tarixning oshkora soxtalashtirilishi tabiiyki, milliy-ozodlik kurashining jonlanishiga bevosita va chuqur ta’sir etgan omillardan bo‘ldi. Ochlik va qashshoqlikka chidagan odam siyosat va ma’naviyat borasidagi adolatsizliklarga bardosh bera olmaydi. Shu boisdan, ma’lum bir tarixiy bosqichlarga kelib, xalq orasida kuchaygan hissiyot va ehtiroslar, o‘z navbatida, milliy g‘oyaga kuchli ta’sir etadi. Bu, ayniqsa, muayyan ijtimoiy-siyosiy kuchlar milliy g‘oyadan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishda, o‘zlarini esa millat idealining mutlaq ifodachisi deb ko‘rsatishga intilishda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ma’rifatlilik umuminsoniylikka yo‘g‘rilgan milliy manfaatlarni himoya qilishdan uzoq bo‘lgan reaksion kuchlar ham o‘zlarining tor siyosiy manfaat va maqsadlarini milliy g‘oya sifatida kun tartibiga qo‘yishi va shu yo‘l bilan xalqning milliy ongi hamda ruhiyatiga ta’sir etishga harakat qilishi mumkin. Millat uchun bunday vaziyat, odatda, juda alg‘ovli kechib, ko‘plab salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta`minlashda millatlararo va dinlararo tolerantlik muhimdir. Bu O`zbekiston Respublikasi Konsututsiyasida ham belgilab qo`yilgan. Konstutsiyasining 31-moddasida ta`kidlanganidek, “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e`tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e`tiqot qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo`l qo`yilmaydi.
Bugungi kunda O`zbekistonda ijtimoiy barqarorlik, bag`rikenglik g`oyasini shakllantirishda tarbiyaning qator shakl, usub va vositalari qo`lanilmoqda. Jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni qaror toptirishda huquqiy tarbiya katta ahamiyatga ega.
Barqaror rivojlanish maqsadlarining milliy indikatorlari va vazifalari qatorida umumqamrovli va sifatli ta’limni ta’minlash hamda barchaga butun umri davomida ta’lim olish imkoniyatini rag‘batlantirish maqsadi bo‘yicha 2030- yilgacha o‘qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida xalqaro hamkorlik qilish orqali o‘qituvchilar sonini jiddiy ravishda ko‘paytirish mo‘ljallangan.
Xulosa qilib aytganda, milliy munosabatlarga ziyraklik va noziklik bilan yondashmaslik, umummilliy tamoyillarga biroz e’tiborsizlik ham tinchlik va barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Millatlararo hamjihatlik qaror topmasa, tajovuzkor millatchilik va shovinizmning halokatli g‘oyalari tarqalishi uchun qulay vaziyat yaratiladi. Milliy g’oyaning amal qilishiga, kishilar qalbi va ongiga singdirilishiga jiddiy zarar yetkazadi. Shuni hisobga olib, mamlakatimizda bu muammo ilmiy asosda, holisona hal qilinmoqda. Millatlar o‘rtasida mojarolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun etnik siyosatda shaxs huquqlari himoya qilinishining ustuvor bo‘lishini, mamlakatlararo ziddiyatlarni amaliy tarzda hal qiladigan usullarga asoslanishi bosh yo‘limiz ekanligiga, bozor munosabatlarini iqtisodiy taraqqiyotda barcha millatlarga mansub aholining manfaatlariga mos kelishiga, har bir millat madaniyati, tili, urf-odat va an’analari, madaniy merosini rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmog’i lozim.