Foydalanuvchi:Burxon48a-16

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ko‘pchitilgan vermikulit – tabiiy tog‘ jinsi vermikulitni 1000-11000S haroratda pishirib ko‘pchitish yo‘li bilan olinadi. Ko‘pchitilgan vermikulitning o‘rtacha zichligi donador zarralarning o‘lchamlariga bog‘liq bo‘lib 80 dan 400 kg/m3 gacha boradi, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,05 dan 0,9 Vt/m0K Ko‘pchitilgan vermikulit tabiiy vermikulitni 900-12000S haroratda kuydirib olinadi. Bunday to‘ldiruvchilarning hajmi termik ishlov berish paytida 10-20 barobar kattarishi natijasida, uyma zichligi juda kichik bo‘ladi. Engil to‘ldiruvchilar o‘lchamlari, uyma zichligi, g‘ovakligi va boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha shu materiallarga tegishli texnik talablarni qoniqtirishi kerak. O‘lchamlari bo‘yicha engil to‘ldiruvchilar, xuddi zich to‘ldiruvchilarga o‘xshab, yirik va mayda turlarga bo‘linadi. Yirik to‘ldiruvchilarning o‘lchamlari 5-40 mm bo‘lib, ularga engil shag‘al yoki chaqiq tosh kiradi. G‘ovak shag‘al yoki chaqiq tosh quyidagi o‘lchamdagi donalarga bo‘linadi: 5-10; 10-20; 20-40 mm. Mayda to‘ldiruvchilarning o‘lchamlari 5 mm dan kichik bo‘lib, ularga engil qumlar kiradi. Engil qumlar ikki xil donadorlikda bo‘ladi. Mayda qumlar donalarining o‘lchamlari 1,2 mm dan kichik, yirik qumlarniki esa 1,2-5 mm oralig‘ida. Uyma zichligi bo‘yicha g‘ovak to‘ldiruvchilar quyidagi markalarga bo‘linadi: 100, 150, 200, 250, 300, 350, 400, 500, 600, 700, 800, 900, 1000, 1100, 1200. G‘ovak to‘ldiruvchilar aralashmasining bo‘shlig‘i yirik va mayda to‘ldiruvchilarning donadorlik tarkibiga bog‘liq. Yirik va mayda to‘ldiruvchilarning nisbiy miqdorini kamaytirish mumkin. Bu esa engil beton tarkibiga ishlatiladigan sement miqdorini tejashga va betonning texnik xossalarini yaxshilashga olib keladi. Engil temirbeton qurilmalarda ishlatiladigan g‘ovak to‘ldiruvchilarning tarkibidagi suvda eruvchan sulfat kislotasi tuzlarining (SO3 nisbatan hisoblanganda) miqdori to‘ldiruvchining massasiga nisbatan 1% dan oshmasligi kerak. G‘ovak yirik to‘ldiruvchining asosiy xossalaridan biri bo‘lgan mustahkamligi po‘lat silindrda donalarni ezib aniqlanadi.