Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Bolta Shofiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Turna   qaytdi,  qanotlari  pasmikan

Quri - quri     qilganlari   sasmikan

Holim    so‘rab      kelganlari   rosmikan

Charx urishar boshginamda   ming tuman

Orangizda    yorim     bormi, turnalar

Undan boshqa kimim bordir, turnalar

Necha kundir kunim chiqsa    botmadi

Necha tundir tongim hargiz  otmadi

Holing ne deb hech bir kimsa  aytmadi

Tushda ko‘rgan ul qushginam qaytmadi

Orangizda    yorim     bormi, turnalar

Undan boshqa kimim bordir, turnalar  

Tushda ko‘rib bo‘ldim oshiq,   afsona

O‘tganmikan mendayin bir  devona

Kirar bo‘lsam kirgan yerim g‘amxona

Chiqar bo‘lsam butun olam hayrona

Orangizda    yorim    bormi,  turnalar

Undan boshqa kimim bordir, turnalar

Qayon borsam hama mandan qocharlar

Gul   o‘rniga   boshdan   tikon socharlar

Man yo‘q yerda mandan og‘iz ocharlar

Qushmish deya yorimdan ham kecharlar

Orangizda    yorim      bormi, turnalar

Undan boshqa kimim bordir, turnalar

Siz bo‘ldingiz boshginamga soyabon

Siz fig‘onda, man munda qildim afg‘on

Keling   munda   qilaylik   birga   paymon

Tikonam qushdayin sursin xush davron

Orangizda     yorim    bormi,    turnalar

Undan boshqa kimim bordir, turnalar