Foydalanuvchi:Boboxonovna/Sara Elmira Royster

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boboxonovna/Sara Elmira Royster
Tavalludi 1810-yil
Vafoti 1888-yil 11-fevral
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi Yozuvchi
Turmush oʻrtogʻi Aleksandr Shelton


Sara Elmira Royster Shelton - jamiyat faoli, Edgar Allan Poning yoshlikdagi sevgilisi. Sara Elmira Edgar Allan Poening o'limidan biroz oldin u bilan unashtirilgan bo'lgan.

Ularning munosabatlari Elmira 15 yosh vaqtida boshlangan va Poe Virjiniya universitetida o'qiyotganda otasi aralashganidan keyin tugagan. Ikki yil o'tgach, Sara yuk tashish biznesida boyib ketgan Aleksandr B Sheltonga turmushga chiqqan. Ularning to'rtta farzandi bor bo'lgan, ammo faqat ikkitasi tirik qolgan. 1844-yilda eri vafot etgandan so'ng, Sara Royster va uning bolalari 100 000 AQSh dollari miqdoridagi mulkni meros qilib olganlar, agar Sara qayta turmushga chiqsa, merosning bir qismini yo'qotishini anglab yetgan.

Po 1848-yilda Saraning hayotiga qaytgan va ularning munosabatlari tiklangan. Poe unga turmush qurishni taklif qilgan, lekin Sara Royster ikkilanib qolgan va bolalari ham bu nikohni ma'qullamagan. Ular hech qachon turmush qurishmagan; ko'p o'tmay 1849-yil oktyabr oyida Edgar Allang Poe vafot etgan. Royster Poe she'riyatiga ta'sir ko'rsatgan, jumladan, "Qarg'a" va "Annabel Li" kabi mashhur she'rlarni yozilishida ilhom manbayi bo'lgan. Poe va Roysterning dastlabki munosabatlari boshqa yozuvchilar, jumladan, Edgarning ukasi William Henry Leonard Poe asarlarida abadiylashtirilgan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Royster va Poe Virjiniya shtatining Richmond shahrida qo'shni bo'lishgan, ularning munosabatlari Sara 15 yoshda, Edgar esa 16 yoshda vaqtida boshlangan. Saraning otasi ularning nikohdan o'tishiga qattiq qarshilik bildirgan. Poe 1826-yilda Virjiniya universitetida o'qishni boshlaganida ular yashirincha uchrashib yurishgan. Saraning otasi ularning munosabatlariga faol aralashgan va Edgardan unga kelgan barcha xatlarni olgan. Keyinchalik Poega otasi Saraning nikoh qurishga hali yosh deb hisoblagani uchun e'tiroz bildirganini yozgan, ammo Saraning otasi Edgarni ijtimoiy mavqei va moddiy ahvoli tufayli kambag'al yetim sifatida qiziga munosib emas deb hisoblagan bo'lishi mumkin.

Royster Virjiniyadagi boy oiladan bo'lgan tadbirkor Aleksandr Sheltonga turmushga chiqqan va bu paytda Sara atigi 17 yoshda bo'lgan. Shelton transport sohasida biznes bilan shug'ullangan va bir vaqtning o'zida James daryosi bo'ylab harakatlanadigan kemaning egasi bo'lgan. Er-xotinning to'rt farzandi bo'lgan, ammo ulardan ikkitasi bolaligida olamdan o'tgan. Saraning turmush o'rtog'i Aleksandr Shelton 1844-yil 12-iyulda 37 yoshida pnevmoniyadan vafot etgan. Royster va uning ikki farzandi yuz ming dollarlik boylikni meros qilib olgan.

Keyingi yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Poe rafiqasi Virjiniya Poe vafotidan bir yil o'tib 1848-yilning iyulida yana Royster bilan uchrasha boshlagan. Poe ogohlantirishsiz yetib kelgan. Royster buni shunday ta'riflagan: "Men cherkovga tayyorgarlik ko'rayotganimda meni yashash xonasida bir jentlmen kutayotgani haqida xabar oldim. Men pastga tushdim va uni ko'rib hayratda qoldim, uni darhol tanidim". O'sha vaqtlarda Royster St. John's Episcopal Church cherkovida kattalar kabi suvga cho'mib, juda dindor bo'lib qolgandi. Sara bu paytda 39 yoshda bo'lgan va 19 yoshli qizi Ann, 10 yoshli o'g'li Sautall bilan birga yashagan. Do'stlaridan biri uning o'sha paytda juda jozibali bo'lganini aytib o'tgan.


Ularning to'yi hech qachon bo'lmagan; Sara Royster bilan xayrlashgandan so'ng, Poe 1849-yil 27-sentyabrda Richmondni tark etgan va ikki hafta o'tgach, Baltimorda juda sirli sharoitda vafot etgan. So'nggi uchrashuvlarini eslab, Sara shunday yozgan edi: "U 26-sentyabr kuni kechqurun mening uyimga xayrlashish uchun keldi. U juda xafa bo'lib, sog'lig'idan shikoyat qildi. Men unga juda qattiq achindim. Kechasi bilan o'ylab, uning ahvolini bilish uchun erta turdim, lekin juda afsusdaman, bu paytda u allaqachon Baltimorga jo'nab ketgan edi"[1]. Poe o'limi chog'ida Richmonddagi rafiqasi haqida gapirgan va u Sara Elmira Roysterni nazarda tutgan bo'lishi mumkin. Biografi John Evangelist Walsh Edgar Allan Poening sirli o'limiga Sara Roysterning akalari aralashgan, deb taxmin qilgan.

Poe bilan munosabatlarning yangilanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Poening o'limidan so'ng, Royster u va ularning munosabatlari haqida gapirishdan bosh tortgan, barcha so'rovlarni rad etgan va juda yopiq hayot kechirgan. Biroq, 1875-yilda u mahalliy haykaltarosh Edward Valentinega intervyu bergan. 1884-yil iyun oyida Poeni o'limidan oldin davolagan doktor Jon Jozef Moran bilan shaxsiy suhbatda u Poe bilan unashtirilganligini tan olgan[2].

Sara Elmira Royster 1888-yil 11-sentabrda uyida vafot etgan va 12-fevralda Richmond Whigda chop etilgan nekroloq uni “Poning birinchi va oxirgi sevgisi” deb atagan[3].

Poe asarlaridagi eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Poning birinchi to'plami "Tamerlane and Other Poems"[4] (1827) dagi ba'zi she'rlar Royster bilan muvaffaqiyatsiz yoshlik romantikasidan ilhomlangan, ko'plab satrlarda yoshlikdagi beparvolik va yo'qolgan sevgi mavzusini aks ettirgan.
  • Poening qisqa she'rlaridan biri "Song" Sara Roysterning turmush qurishi munosabati bilan yozilgan deb qaralgan. Poe tadqiqotchisi Yuriy Kovalev she'r matniga asoslanib, ba'zi biograflar kabi Poe kutilmaganda Royster va Sheltonning to'yida paydo bo'lishi mumkin deb taxmin qilgan, ammo buning uchun hech qanday dalil yo'q.
  • Sara "Qarga" va "Annabel Li" filmlari uchun ham ilhom bergan bo'lishi mumkin. Biroq, bu yerda tadqiqotchilarning fikrlari farq qiladi, chunki Po o'zining rafiqasi Virjiniyadan ilhomlangan bo'lishi ham mumkin edi. Saraning o'zi esa, Poe shaxsan uni Qarg'adagi "yo'qolgan Linor" so'zlari unga tegishli ekanligiga ishontirganini aytgan.
  • Poening ukasi William Genri Leonard ham Edgarning yoshlik chog‘ida Saraga bo‘lgan muhabbatiga asoslangan hikoya yozgan. Hikoya "Qaroqchi" deb nomlangan va 1827-yil 27-oktyabrda Shimoliy Amerika jurnalida nashr etilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[[Turkum:1888-yilda vafot etganlar]] [[Turkum:11-fevralda vafot etganlar]] [[Turkum:AQSHda tugʻilganlar]] [[Turkum:1810-yilda tugʻilganlar]]

  1. inglizcha: "He came up to my house on the evening of the 26th Sept. to take leave of me.–He was very sad, and complained of being quite sick... I felt so wretched about him all of that night, that I went up early the next morning to enquire after him, when, much to my regret, he had left in the boat for Baltimore."
  2. . 
  3. inglizcha: Poe's first and last love
  4. .