Foydalanuvchi:BestGallacticos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jamoa haqida


To`liq nomi:Liverpool Football Club

Bosh murabbiy:Yurgen Klopp

Laqabi:“Qizillar”, “Mersisaydliklar”

Jamoa Sardori:Jordan Xenderson

Tashkil topgan:1892-yil, 15-mart

Bosh homiy:Standard Chartered

Stadion:«Enfild Roud»

Rasmiy Web Sayt: www.liverpoolfc.com

Sig`imi:45 276

Klub Formasi:qizil (uyda), qora (mexmonda)

Klub Prezidenti:Tom Verner

Liverpul Tarixi "Liverpul" futbol klubi Mersisayd grafligidagi Liverpul shahrini himoya qiluvchi jamoa. "Liverpul" Angliya jamolari ichida Chempionlar Ligasi bahslarida eng ko`p g`alaba qozongan klub hisoblanadi. Jamoa 5 bor Yevropada tengsiz topilishgan. Angliya chempionatida eng ko`p 18 marta ("Manchester Yunayted" bilan bir xil) g`alaba qozonishgan.

Klubga 1892-yili 15-martda "Enfild" stadioni egasi Jon Xoulding tomonidan asos solingan. Xouldingda xususiy jamoa tuzish qarori stadionning avvalgi ijarachisi, 1884-1892 yilda "Enfild"da to`p surgan "Everton"ning ijara haqini to`lay olmay stadionni tark etganidan so`ng tug`ildi. Jamoa nomini shahar sharafiga "Liverpul" deb nomladi.

1896/97 yilda "Liverpul" birinchi divizionga chiqdi. 1900/1901 mavsumda o`zining birinchi chempionligini nishonladi, 5 yildan so`ng muvaffaqiyatini takrorladi. 1914-yili Angli kubogi finaliga yetib kelgan "Liverpul" "Bernli"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. 1921/22 va 1922/23 mavsumlarda chempionlikka erishgan jamoa, 1947-yilga kelibgina 5-bor Angliya chempioni unvoniga sazovor bo`ldi. 1950-yilda Angliya Kubogi finaliga yetib kelgan klub bu safar "Arsenal"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

"Liverpul" 1953/54 mavsumda ikkinchi divizionga tushib ketdi.

1961/62 mavsumda birinchi divizionga qaytgan jamoa 1963/64 mavsumda chempionlikni o`ziniki qilib oldi. 1966-yilda "Liverpul" 7-chempionligini nishonladi. Bir yil avval jamoa Angliya kubogi g`olibi bo`ldi. 1973-yilda klub UEFA kubogini qo`lga kiritdi.

Bir yil o`tgach Angliya kubogi "Liverpul"ga nasib etdi. Jamoa boshqaruviga Bob Peysli keldi. "Liverpul" 1975-76 mavsumda chempionat va UEFA kubogida g`olib chiqdi. Keyingi yili chempionlik unvonini saqlab qolib Yevropa chempionlari kubogida birinchi marta g`alaba qozondi. Navbatdagi mavsumda Yevropa chempionlari kubogi unvoni saqlab qolindi va chempionatda 42 uchrashuvda 16 to`p olib chiqqan holda chempionlik tantana qilindi.

Peysli qo`li ostida jamoa 9 mavsumda 21 ta sovrin yutdi: 3 marta Chempionlar kubogi, UEFA kubogi, 6 marta angliya chempionligi, ketma-ket uch marta Liga kubogi. Peysli tomonidan yutilmagan yagona sovrin Angliya kubogi bo`lib qoldi.

1983-yilda Peysli istefoga chiqadi. Uning o`rniga yordamchisi Jo Fagan tayinlanadi. 1985-yilda Chempionlar kubogi finaliga yo`l olgan "Liverpul" "Yuventus" bilan belgiyadagi "Eyzel" stadionida kuch sinashadi va 0:1 hisobida mag`lub bo`ladi. O`sha mash`um tunda qonga bo`yalgan "Eyzel" stadionida 39 kishi, asosan italiyaliklar olamdan o`tadi. UEFA Angliya klublariga 5 yil davomida yevrokuboklarda qatnashish huquqidan mahrum qiladi. "Liverpul"ga esa 10 yillik ta`qiq qo`yiladi. Fagan falokatdan so`ng jamoani tark etadi. Uning o`rniga Kenni Dalglish o`ynovchi murabbiy bo`lib klubni boshqaradi. Dalglish davrida klub 3marta chempion, 2 marta Angliya kubogi sohibi bo`ladi. "Liverpul"ning muvaffaqiyatiga yana bir daxshat xavf soladi. Kubok yarim finalida, 1989-yil 15-aprelda Sheffildda "Xillsboro" stadionida "Nottingem Forest" bilan o`yin vaqtida stadion urush maydoniga aylanib ketadi. "Liverpul"ning yuzlab tarafdorlariga hujum uyushtiriladi. 94 odam o`sha kuni vafot etadi, 95-yarador shifoxonaga yotqiziladi, 96-yarador ishqiboz esa 4-yildan so`ng olgan jarohati natijasida vafot etadi. Tekshiruv komissiyasi halokatning sababini stadionda politsiya xodimlarining nazoratni yo`qotganini sabab qilib ko`rsatadi. Umuman 1989-yil "Liverpul" ishqibozlari halokatlarga aralashib qolgan yil sifatida e`tirof etiladi.

1998/99 yilda Jerar Ulye jamoa menejeri etib tayinlanadi. Ulye o`zining ikkinchi mavsumidayoq 3 kubokni qo`lga kiritadi: Angliya kubogi, Liga kubogi, UEFA kubogi. Keyingi mavsumlardagi omadsiz ishtirokdan so`ng Ulye o`rniga Rafael Benites boshqaruvga keladi. Benites qo`l ostida 2004/05 mavsumda chempionatda 5-o`rinni qo`lga kiritgan jamoa chempionlar ligasida "Milan" jamoasi bilan kechgan dramatik bahsda 3:0 hisobida ortda borayotib hisobni tenglashtirishga erishadi. Penaltilar seriyasida 3:2 hisobid