Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Bbumidullo/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Roppa-rosa 30 yil avval, 1988-yilning 7-dekabr kuni, mahalliy vaqt bilan soat 11:41 da Armanistonda kuchli zilzila sodir bo‘ldi. O‘ttiz soniya davom etgan kuchli yer osti tebranishlari (zilzila markazi Spitakda 9-10 ballgacha) Armaniston shimolini vayronaga aylantirdi. Spitak shahri butunlay yo‘q bo‘lib ketdi, Leninakan (hozirgi Gyumri), Kirovakan (hozirgi Vanadzor) va Stepanavandan faqat vayronalar qoldi. Tabiiy ofatdan 300 dan ziyod shahar va qishloqlar jabr ko‘rdi. 25 ming kishi halok bo‘ldi. 19 ming kishi nogironga aylandi. 500 ming kishi boshpanasidan ayrildi. Mutaxassislar Spitak zilzilasi chog‘i Xirosimaga tashlangan atom bombasidan 10 baravar kuchli energiya ajralib chiqqanini qayd etishgan. Armaniston zilzilasi — umumbashariyat fojiasi. Armanistonga butun sobiq Ittifoq yordam qo‘lini cho‘zdi, AQSh, Fransiya, Shveysariya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Avstriya, Yaponiya kabi mamlakatlardan qutqaruvchilar va shifokorlardan iborat madad kuchlari yetib keldi. Imkon qadar vayronalar ostida qolib ketgan insonlarning hayotini saqlab qolishga harkat qilindi. Jami 111 ta mamlakat insonparvarlik yordamini ko‘rsatdi. O‘ttiz soniyalik zilziladan buzilgan shaharlar, oradan 30 yil o‘tgan bo‘lsa hamki, to‘liq tiklanganishga ulgurgan emas. Bugun Armanistonda zilzila begunoh qurbonlarini xotirlash kuni.