Foydalanuvchi:Baxodirova Zuxra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Publitsistik uslub

Publitsistik uslub-ommaviy Axborot vositalari uslubi, ya'ni gazeta-jurnal, radio, televideniya uslubi. Bundan tashqari Oliy Majlis yig'ikishlarida, turli xil anjuman, forumlarda qóllaniladigan nutq uslubi hamdir. Ushbu uslub muhim va dolzarb masalalari tomoshabinga, óquvchiga ommaviy axborot vositalari orqali yetkazib, insonlarning ongiga atrofda sodir bólayotgan voqealarga nisbatan ularning ijtimoiy qarashlarini shakllantiradi. Bu uslubning asosiy xususiyati axborot berish va ta'sir kórsatish hisoblanadi. Publitsistik uslubda inversiya holati uchramaydi. Gap bólaklari odatdagidek tartibda joylashadi. Asosan gapning markazi hisoblangan kesimlar buyruq va xabar maylidagi fe'llar bilan ifodalanadi. Publitsistik uslubning og'zaki va yozma shakllari magnus. Og'zaki shakliga radio, televideniya, notiqlarning nutqlari kirsa, yozma shakliga esa maqolalar, felyeton, pamflet, deklaratsiyalar, murojaatnomalar kiradi. Publitsistik uslubda asosiy nutq jamiyatga qaratilgan bóladi. Shuning uchun ham u óquvchiga murojaat, undash, qiziqtirish orqali ta'sir kórsatadi. Publitsistik uslubning yana bir xususiyati shundaki, unda qisqalik asosiy oʻrinni egallaydi, yaʼni qisqa, loʻnda, tushunarli, yorqin, ixcham tilda yozish asosiy talablardan hisoblanadi.

Ilk bor  Oʻzbekistonda  publitsistik maqolalar "Turkiston viloyatining gazeti" sahifalarida nashr etilgan. Undagi maqolalar ósha davr jamoatchiligi tomonidan katta qiziqish bilan kutib olingan. Keyingi davrlarda esa Ozod Sharofiddinov, Oʻtkir Hoshimov, Ibrohim Gʻafurov, Naim Karimov, Xurshid Doʻstmuhammad, Erkin Aʼzam, Sultonmurod Olimlar ózlarining publitsistik asarlarini yaratganlar.