Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Bahodor0303/SULAYMON QONUNCHI

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

SULAYMON QONUNCHI[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sulaymon Qonunchi (yevropaliklar uni Sulaymon Ajoyib deb atashadi) o‘zining 46 yillik hukmronligi davrida 13 marotaba harbiy yurishlarda ishtirok etdi, shulardan 10 tasi Yevropada olib borildi. Venaning qamal qilinishi, Hindiston qirg‘oqlariga ekspeditsiya, Maltani bosib olishga urinish – bular hammasi usmoniylarning bosqinchilik rejalari katta bo‘lganligidan dalolat beradi. XVI asr birinchi yarmida turk armiyasi uyushtirgan yirik bosqinchilik yurishlari, uning katta harbiy kuchga ega bo‘lganligini tasdiqlaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Usmoniylar imperiyasining aholisi 25 –30 mln kishini tashkil etgan. Bu paytga kelib turk sultonlari sharqdan g‘arbgacha 7 ming km, shimoldan janubgacha 5 ming km va hammasi bo‘lib, taxminan 8 mln km2 yerni egallab turishar edi. (Turk manbalarida Qonunchi Sulton Sulaymon I vafot etgan 1566-yili Usmoniylar imperiyasining hududi 14 mln 893 ming km² ni tashkil etardi. Shundan 2 mln km² ga yaqini Yevropada, 4,5 mln km² ga yaqini Osiyoda va qolgan qismi Afrikada joylashgan.[1]

  1. Shuhrat Ergashev ,, Jahon tarixi " Toshkent 2013-yil.