Foydalanuvchi:Bahodor0303/BRUNEY YANGI DAVRDA

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BRUNEY YANGI DAVRDA[tahrir | manbasini tahrirlash]

XVI asr birinchi yarmidayoq Bruney rivojlangan hudud edi.Unda 100 mingga yaqin aholi yashardi, sulton hokimiyatini butun Shimoliy Kalimantan va Filippin arxipelagining janubi tan olardi. Bruney portugaliyaliklar bilan savdo aloqalari olib borardi. Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarining yevropaliklar tomonidan mustamlakaga aylantirilishi Bruneyning mintaqadagi yirik savdo markazi sifatidagi ahamiyatini pasaytirdi va daromadlarining keskin kamayishiga olib keldi. Bruney sultonlari qandaydir darajada yo‘qotilgan daromadlarni qoplash maqsadida Kalimantan qirg‘oqlari yaqinida faoliyat olib borayotgan dengiz qaroqchilariga homiylik qila boshladilar. Keyingi davrlarda Bruney tarqoqlikni boshdan kechirdi. Har bir hududning hukmdori biron-bir qaroqchilik flotiga tayangan holda o‘zi mustaqil siyosat olib bordi. Mamlakat aholisi kamayib ketdi.[1]

  1. Shuhrat Ergashev ,, Jahon tarixi " Toshkent. 2013-yil.