Foydalanuvchi:Bahodir8092003

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tavallud topgan sanasi va joyi 12-dekabr, 1963 yil. Kasbi qoʻshiqchi, musiqachi, aktrisa, raqqosa Faoliyat yillari 1990—hozirgi vaqt Veb-sahifasi www.yulduz.uz Yulduz Oʻrayimoxunovna Usmonova, (Yıldız Usmanova, Osmanova) (1963-yil 12-dekabrda Margʻilonda tug‘ilgan) — oʻzbek estrada xonandasi, bastakor. Oʻzbekiston (1995), Qoraqalpogʻiston (2000) xalq artisti. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1988). Oʻzi tashkil etgan ansamblning yakkaxon xonandasi (1989 y.dan). Dardli va shirali ovoz sohibi. Milliy estrada qoʻshiqchiligiga katta hissa qoʻshib kelmoqda. Usmonova ijodi xonandalik va aktyorlik sanʼatining omuxtaligi, joʻshqinlik, koʻtarinkilik, badiiy izlanuvchanlik, har bir qoʻshiq talqinida musiqa va sahna vositalarining yorqinligi bilan ajralib turadi. Repertuaridan oʻrin olgan aksariyat qoʻshiqlarning (soʻzi va musiqasi) muallifi.

Xalq kuy-ohang andozalarini ijodiy qoʻllash orqali vatanparvarlik ruhidagi joʻshqin monolog, Muhammad Yusuf va boshqalarning sheʼrlari asosida oʻziga xos daʼvat qoʻshiqlarni yaratdi («Hech kimga bermaymiz seni, Oʻzbekiston», «Oʻzingdan qoʻymasin, xalqim», «Elim», «Oʻzbegim», «Xalq yashar») Shuningdek, 20-asr oʻzbek qoʻshiqchiligi anʼanalarida lirik («Nastarin», «Olov yonar yuragimda», «Qizil olma»), hajviy («Nozanin, noziman», «Buxorodan kuyov keldi»), lirik-dramatik («Onaizor», «Gʻiybat, boʻhton oʻldiradi», «Shoh va gado», «Otajon», «Allohim», «Muhammad Yusufga») qoʻshiqlar, bir qator xorij va qardosh xalqlar estrada qoʻshiqlarini (jumladan, «Ya, habib» (arabcha), «Dunyo» (turkcha), «Parvardigori» (forscha)) mahorat bilan ijro etgan.

«Bolajon» kinofilmida bosh qahramon rolini oʻynagan, koʻpgina «Temir erkak», «Bolajon», «Olov qaʻridagi farishta», «Tohir va Zuhra yangi talqin», «Sarvinoz», «Muhabbat sinovlari 2» filmlarda rol ijro etgan. «Temir hotin», «Oshiqlar», «Yolgʻon dunyo» kinofilmlar uchun qoʻshiqlar ijro etgan.

Bir necha xalqaro estrada tanlovlari laureati (Yurmala, 1989; Olmaota, 1991). «Sharq qoʻshiqlari qirolichasi» unvoniga sazovor boʻlgan (2000, Turkiya). Ijrolari 3 gramplastinka va 20 dan ortiq kompakt diskga yozilgan. Yevropa, Osiyo, Amerika, Shimoliy Afrika mamlakatlarida gastrolda boʻlgan.

Yulduz Usmonova: “Men o‘zimga baxt suragandim” nomli intervyu.

Mexr-muxabbati bisyor, tabiatan o‘ta talabchan va qattiqqo‘l, yonib-kuyib yashovchi, xalq dardini kuylovchi, malikalardek nazokatli, sherdek shijoatli... YULDUZ USMONOVAdek estrada malikasiga ta’rifu tavsif berish ham oson, ham kiyin. Negaki, millionlab muxlislarga ega sevimli xonandamizning serqirra va murakkab fe’l-atvori ham Yulduzlarga xos. Uning o‘zligini anglash uchun u bilan birga bo‘lish, birga nafas olish shart emas, uning yuragidan vulkondek otilib chiqqan, tan-jonini baxshida qilgan qo‘shiqlarini tinglasangiz, bas!

Ayni kunda navbatdagi konsert dasturi ustida ishlayotgan san’atkorning vaqti juda juda tig‘iz. Har bir qo‘shig‘i xit buluvchi xonanda uchun bunday jarayon qanday mas’uliyatni yuklashini faqat buning guvoxi bo‘lgachgina tushundim. Https://t.me/YULDUZ_USMONOVA_MEDIA