Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:BMBagentligi/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BILIM VA MALAKALARNI BAHOLASH AGENTLIGI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 11 martdagi “Respublika oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga qabul qilishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-361-sonli farmoni mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalariga qobiliyatli yoshlarni tanlab olish sohasida taʼlimdagi tub islohotlarni boshlab berdi.

Dastlab respublikamizning 6 ta oliy taʼlim muassasasida test sinovi asosida o‘qishga qabul qilish tajribadan o‘tkazilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq 1992 yil 9 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga qabul qilish bo‘yicha eksperimentni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida” gi 181-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga qabul qilish bo‘yicha eksperimentni tashkil etish va o‘tkazish belgilandi va 1992 yil 15 apreldan Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga abituriyentlar tanlash bo‘yicha Respublika markazi tashkil etildi. Markaz zimmasiga oliy o‘quv yurtlariga talabalar tanlab olish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish va oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirayotgan yoshlar uchun yagona mezonlar joriy etish, qabul va test texnologiyasi qoidalarini, eng qobiliyatli yoshlarni qidirib topish metodlarini ishlab chiqish kabi vazifalar yuklatildi.

1993 yilda 46 ta oliy taʼlim muassasalarining 19 tasida tajriba tariqasida test sinovlari o‘tkazildi.

1994 yil 14 maydagi 258-sonli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat test markazi tashkil etish to‘g‘risida” gi qarori bilan Oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga abituriyentlar tanlash bo‘yicha Respublika markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga aylantirildi.

Davlat test markazi zimmasiga oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish yuklatildi.

1994 yildan boshlab oliy o‘quv yurtlarida abituriyentlarni bilimlariga baho berishning test usulini qo‘llagan holda tanlash amaliyotga joriy etildi.

O‘rta maxsus o‘quv yurtlarida test sinovlari natijalari bo‘yicha abituriyentlar tanlash 1994 yilda ayrim o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga, 1995 yildan boshlab esa — idoraviy bo‘ysunishidan qatʼi, nazar barcha o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga joriy etildi.

2017 yil 17 iyulda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida”gi 508-sonli qarori qabul qilindi.

Test tizimi 1992 yilda ikki variantli modellari hamda cheklangan hajmdagi test materiallaridan tashkil topgan universal savollar kitobchasi bilan boshlangan edi.

1992 yilda testlar ikki variantli (A, B) bo‘lib, ona tili, matematika, ijtimoiy fanlar-tarix va geografiya, tabiiy fanlar-fizika, geografiya, kimyo, xorijiy tillar bo‘yicha 50 tadan savollardan tashkil topgan. Abituriyentlar taʼlim yo‘nalishiga qarab 3 tadan fanni tanlaganlar.

1993-1994 yillarda testlar ikki variantli (A, B) bo‘lib, kunduzgi va kechki bo‘limlar uchun ona tili, matematika, ijtimoiy fanlar-tarix va geografiya, xorijiy tillar bo‘yicha 48 tadan savollar, tabiiy fanlar-fizika, geografiya, kimyo bo‘yicha 72 ta savollardan tashkil topgan.

1995 yilda testlar 3 variantli (A, B, C) bo‘lib, ona tili, matematika, fizika, kimyo, biologiya, istoriya, geografiya, xorijiy tillar, o‘zbek tili, rus tili bo‘yicha 36 tadan savollardan tashkil topgan. Kam miqdordagi variantda yetarlicha cheklangan hajmdagi test materiallaridan foydalanish bilimlar darajasini baholash, aniqlashda xolislik va muvofiqlik, moslikni taʼminlay olmadi, maxfiylikni muhofaza qilish tartibini murakkablashtirdi.

1996 yilda oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari qabuli jarayonidagi test sinovlarida test topshiriqlari variantlarini taʼlim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va taʼlim tillari bo‘yicha kompyuter yordamida generatsiyalash (tuzish)ga asoslanuvchi  yangi, ko‘pvariantli test tizimi yaratildi va qo‘llanildi. Ushbu test tizimidan hozirgi kunda ham foydalanilmoqda.

2009 yilda 80 ta har bir tipdagi savollar kitobi uchun 30 tadan variant joriy etildi.

2010 yilda har bir abituriyent uchun individual variantli test tizimiga o‘tish amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq har yili quyidagi tadbirlarni amalga oshirishda test sinovlari o‘tkaziladi:

  1. Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari;
  2. Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarligini aniqlash uchun;
  3. Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari;
  4. Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish uchun o‘tkazilgan test sinovlari;
  5. Xorijiy davlatda olingan taʼlim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovlarini tashkil etish;
  6. O‘zbekiston Respublikasidagi davlat oliy taʼlim muassasalarining ikkinchi bosqich qo‘shma taʼlim dasturlarida o‘qitish olib boriladigan chet tili bo‘yicha test sinovlari;
  7. Ichki ishlar organlari profilaktika (katta) inspektorlari uchun test sinovlari;
  8. Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash bo‘yicha test sinovlari;
  9. Rahbar kadrlar va masʼul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari;
  10. Akademik litsey bitiruvchi bosqich o‘quvchilarini chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari;
  11. O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining bakalavriat taʼlim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha maxsus psixologik tanlov va yozma imtihon (diktant);
  12. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi bakalavriat taʼlim yo‘nalishiga o‘qishga qabul bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari;
  13. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari;
  14. Akademik litseylarga o‘qishga qabul bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari;
  15. Xorijiy va nodavlat taʼlim tashkilotlaridan davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari;
  16. Professional taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish test sinovlari;
  17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti uchun test sinovlari;
  18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga nomzodlar uchun test sinovlari.
    BILIM VA MALAKALARNI BAHOLASH AGENTLIGI TASHKILIY TUZILMASI