Foydalanuvchi:Azizbek9220/Pozitivistlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pozitivistlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

(pozitiv - tajribaga, faktlarga asoslanish). Pozitivistlar tarixni "pozitiv" bilimga aylantirishga harakat qildilar. Bu tushunchaning mohiyati shundaki, pozitivistlar hamma haqiqiy, pozitiv bilimlar konkret fanlarning mahsulidir, falsafa esa bunday bilimlarni bera olmaydi, shuning uchun uning keragi yo‘q, degan g‘oyaga asoslangan sub'ektiv qarashga ega edilar. Ular tarixiy dalillar bilan qanday ishlash, manbalarni tahlil qilish bo‘yicha bir qancha metodlarni ham taklif qilganlar.

Pozitivizm[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pozitivizm (lotincha: positivus — ijobiy) — falsafiy yoʻnalish. Unga koʻra, barcha chinakam (pozitiv) bilimlar maxsus fanlar yigʻindisi natijasidir; fan biror falsafaning oʻz ustidan xukmronligiga muhtoj emas. Pozitivizmga 19-asrning 30-yillarida O. Konsh asos solgan ("Pozitivizm." terminini kiritgan). Pozitivizm. tabiiy va ijtimoiy fanlar metodologiyasiga (ayniqsa, 19-asrning 2yarmi-da) taʼsir koʻrsatgan. P.ning hozirgi shakli — neopozitivizm.