Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Azizbek9220/Angob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Angob – qizil kesakdan tayyorlangan boʻyoq. Angob. kulolchilikda keng qoʻllaniladi. Sopol idishlar va buyumlar Angob. surtishdan oldin quritiladi. Notekis joylari maxsus loy (dazmol loy) bilan tekislanadi, soʻng hoʻl latta bilan silliqlanadi. Ba’zan Angob. bir necha qavat surtiladi. Idishlar va buyumlar Angobdan keyin naqshlanadi. Oʻrta Osiyo xalqlari Angobni neolit davri (miloddan avvalgi 4 – 3 ming yillik)dan boshlab sopol idishlarga naqsh berishda va boʻyashda ishlatgan. Kushon podsholigi (miloddan avvalgi 2 – 1 va mil. 1 – 4-asrlar) davridagi sopol idishlarning sirti A. bilan boʻyalgan. Bunday idishlar Oʻrta Osiyoda qoraxoniylar davri (11 – 12-asrlar)da ham keng tarqalgan. Angobdan qadimgi qabilalar oʻliklarni koʻmishda ham foydalangan. Koʻpincha murdaga Angob. surtib yoki sepib koʻmilgan. Qadimgi. odamlar gʻorlarning devorlariga va qoyatoshlarga Angob. bilan rasmlar chizgan. Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Zarautsoydan 1936-yilda G. V. Parfenov topgan qadimgi rasmlar (hayvonlar shakllari) ham Angob bilan chizilgan.