Foydalanuvchi:Azamat Vaxobov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vaxobov Azamat Samat o'g'li 1990-yil 16- dekabrda O'zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Urgut tumanida tug'ilgan. Millati o'zbek, oilali, 2 nafar farzandi bor. 1997-yil sentabrda Urgut tuman Xalq ta'lim bo'limiga qarashli 85-maktabda o'quvchilar safiga qabul qilingan. 2002 yil TXTBga qarashli 3-maktab iqtidorli yoshlar sinfiga o'qishga qabul qilingan. 2006-yil Urgut Qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji Boshlang'ich ta'lim yo'nalishiga o'qishga qabul qilingan. 2009 yil Urgut Qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejini Boshlang'ich ta'lim yo'nalishini tamonlagan. 2009-2011 yillar davomida kollej Kamolot YoIH kollej boshlang'ich tashkilot yetakchisi lavozimida faoliyat olib borib kelgan. 2012-2017 yillarda Samarqand Davlat Universiteti Musiqiy ta'lim yo'nalishida o'qib tugatgan. 2016-yildan Samarqand viloyati Urgut tuman 85-umumta'lim maktabda o'qituvchi, 2018 yillarda fevral oyidan maktabda ma'naviy-ma'rifiy ishlarimni bo'yicha direktor o'rinbosari lavozimida faoliyatini yuritmoqda. Jamoat ishlarida, tuman, viloyat va respublikada o'tkazilgan tadbirlarda, fan olimpiadalarida bir qator faxrli o'rinlarni egallagan. 20 dan ortiq jamoat ishlarida faolligi uchun yorliqlar bilan taqdirlangan. 2016 yil "Yagonasan muqaddas Vatan!" Respublika ko'rik-tanlovi respublika bosqichida 2 o'rinbosari egallagan.