Foydalanuvchi:Asilbek 2002

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

HEMIS elektron axborot tizimi

Ta’lim tizimida bo’layotgan islohotlar, yangilanishlar va o’zgarishlar biz yoshlar uchun qator qulayliklar va imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Hemis O’zbekiston ta’lim sohasidagi yangiliklardan biri bo’lib, jahon standartlariga mos keluvchi hamda kadrlar tayyorlashda yangi metodlarning qoʻllanilishiga yordam berivchi platformadir. Hemis ta’lim jarayonini onlayn tarzda boshqarish imkonini beruvchi axborot tizimidir. Ushbu tizim o’z ichiga “O’quv jarayoni”, “Mamuriy boshqaruv”, “Ilmiy faoliyat” va “Moliyaviy boshqaruv” kabi modullarni oladi. Hemis elektron ta’lim tizimi 2020 yildan buyon yurtimiz Oliy ta’lim muassasalarida keng foydalanib kelinmoqda. Hozirgi kunda 216 tadan ortiq Oliy ta’lim muassasalari va 1 milliondan ortiq foydalanuvchilar ushbu tizimdan muvaffaqqiyatli ro’yhatdan o’tgan. Hemis elektron ta’lim tizimi Oliy ta’lim muassasalarining asosiy faoliyatlarini avtomatlashtirish xisobiga ma’muriy xodimlar, professor-o’qituvchilar va talabalarga elektron ta’lim xizmatlarini taqdim etadi.