Foydalanuvchi:Adhamboy 0007

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atom tuzilishi Mazkur ishda atom nixoyatda murakkab tuzulishli sistemalarni tashkil etishini va o’zida kimyoviy elementning ma'lum xossalarini mujassamlashtirgan xamda kimyoviy qonunlarga bo’ysinadigan eng kichik zarracha ekanligini o’quvchilarning etiboriga xavola etiladi.

Atom murakkab sistema bo’lib, mikroolam qonunlariga bo’ysunadigan, harakatdagi zarrachadir. Atom-kimyoviy elementning kichik zarrachasi bo’lib, o’zida elementning ma'lum xossalarini mujassamlashtirgan bo’ladi. Atom erkin yoki birikma holatida bo’ladi. XX asr boshlarigacha atom moddaning oxirgi bo’linish darajasi deb kelindi. Bunday tasavvurlarning bir tomonlama va cheklanmaganligini ayrim olimlar tushunar edi. Masalan XIX asrning boshida Moskva Davlat universitetining professori G.M.Pavlov atomning tuzilishi murakkab, uning tuzilishida manfiy va musbat elektr zaryadi ishtirok etadi, degan fikrni ilgari surdi. Ulug' rus olimi A.M.Butlerov 1886 yilda quyidagicha yozgan edi: "Hozirgi vaqtda ba'zi elementlarning "atomlar" deb ataladigan zarrachalari, asl mohiyati bilan aytganda, balki kimyoviy yo'l bilan bo’linish xususiyatiga egadir, ya'ni ular o’z tabiati jihatidan bo’linmaydigan zarrachalar bo'lmay, balki hozirgi bizga ma'lum bo’lgan vositalar bilangina ajratib bo’lmaydigan zarrachalardir va ... keyin borib kashf etiladigan jarayonlarda ajratish mumkin bo’ladi." XX asr boshida katod nurlarining tabiatini fotoeffekt va termoemissiya, elektroliz, radioaktivlikni o’rganish va boshqa ishlar bilan atom tuzilishining murakkab, diskret tuzilganligi isbotlandi. Atomning ichki tuzilishini bir-biridan massalari, o’lchamlari, zaryadi, yashash vaqti bilan farq qiladigan mayda zarrachalar tashkil qiladi. Bu zarrachalar elementar zarrachalar deyiladi. Hozirgi vaqtda bunday zarrachalardan 200 ga yaqini ma'lum. Katod nurlari. Atomning murakkabligini tasdiqlovchi dastlabki tajriba ma'lumotini 1879 yilda, siyraklashtirilgan gazlarda elektr razryadi hosil bo’lish hodisasini tekshirish natijasida qo’lga kiritildi. Agar ichidagi havosi so'rib olingan shisha nayning bir uchiga katod, ikkinchi uchiga anod kavsharlanib unga yuqori chastotali tok ulansa, katoddan nur tarqala boshlaydi. Bu nurlar katod nurlari deyiladi. Elektr va magnit maydonida bu nurlar dastlabki yo'nalishdan musbat qutbga og'adi (1-rasm). Bu esa ularning manfiy zaryadlanganligini ko’rsatadi. Katod nurlari katta tezlik bilan harakat qilayotgan manfiy zarrachalar oqimidir. Bu zarrachalar keyinchalik elektronlar deb ataldi.


Elektron elementar zarracha bo’lib, u ∙∙e- harfi bilan belgilanadi. Uning massasi me = 9.1∙10-28 ga yoki 5.49∙10-4 u.b ga teng. Bu esa vodorod atomining 1/1836 birlik qismidir. Uning zaryadi e=4.8 ∙10-10 el. birlik yoki 1.6∙10-19 kulonga, radiusi r=2.8∙10-13 sm, tezligi V=150000 km/sek ga tengdir. Rentgen nurlari. 1895 yilda nemis olimi Rentgen shishaning katod nurlari ostida shu'lalanishini tekshirar ekan, nurlanishning yangi turini -X- nurlarni kashf etdi. Bu nurlar keyinchalik rentgen nurlari deb ataldi. Rentgen nurlari elektr va magnit maydonida o’z yo'nalishini o’zgartirmaydi, demak, ular elektroneytral zarrachalardir. Rentgen nurlarining asosiy xossalaridan biri - karton, yogoch, mato va inson organizmidan, yengil metall plastinkalardan o'tib ketadi. Ular faqat og’ir metallarda yaxshi ushlanib qoladi. Bu ham atomning murakkab tuzilganligini aniq isbotlab berdi.