Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:AdAstraUz/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Helicobacter pylori (ilgari Campylobacter pylori deb atalgan) grammanfiy, xivchinli, spiralsimon bakteriyadir. Ayrim mutant bakteriyalar tayoqcha yoki egri tayoqcha shaklida bo‘lishi mumkin va bunda ular kamroq ta'sirga ega bo‘ladi[1][2]. Bakteriyaning tanasining spiralsimon tuzilishi (Helicobacter turkumi nomi shundan kelib chiqqan) xivchinlari yordamida oshqozonning shilliq qavatiga kirib, shu yerda infeksion jarayonni yuzaga keltirish uchun evolyutsiya natijasida rivojlangan deb taxmin qilinadi[3][2]. Bakteriya birinchi marta 1983-yilda avstraliyalik shifokorlar Barri Marshall va Robin Uorren tomonidan oshqozon yarasining sababchisi sifatida aniqlangan va ular bu kashfiyoti uchun tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan[1][2].

Oshqozonning H. pylori bilan zararlanishi yara kasalligining yagona sababi emas; dunyo aholisining yarmidan ko‘pi ushbu bakteriya bilan zararlangan, ammo ularning aksariyatida kasallik alomatlari kuzatilmaydi[1] [2]. Yuqori virulent shtammlar bilan doimiy ravishda zararlanish bir qator oshqozon va oshqozondan tashqari kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin[1]. Helicobacter pylori keltrib chiqaruvchi oshqozon kasalliklari gastrit, ya'ni oshqozon shilliq qavatining yallig‘lanishi bilan boshlanadi[2]. Infeksiya saqlanib qolganida, uzoq davom etgan yallig‘lanish surunkali gastritga aylanadi. Dastlab bu atrofik bo‘lmagan gastrit sifatida yuzaga keladi, ammo oshqozon shilliq qavatining shikastlanishi atrofik gastritga aylanishi va oshqozonning o‘zida ham, ichakning eng yaqin qismi bo‘lgan o‘n ikki barmoqli ichakda ham yaralarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. [1] Ushbu bosqichda oshqozon saratoni rivojlanish xavfi yuqori. [2] Biroq, o‘n ikki barmoqli ichak yarasining rivojlanishi saraton xavfining pasayishiga olib keladi.

Ba’zi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, H. pylori oshqozon-ichak traktida joylashgan ba'zi bakteriyalar turlariga ta’sir ko‘rsatish orqali oshqozonning tabiiy muhitida muhim rol o‘ynaydi. [1] [2] Boshqa tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, H. pylorining patogen bo‘lmagan shtammlari oshqozon kislotasi sekretsiyasini foydali ravishda normallashtirishi va ishtahani tartibga solishi mumkin. [3]

2023-yilda dunyo aholisining taxminan uchdan ikki qismi H. pylori bilan infitsirlangani aniqlangan va bu ko‘proq rivojlanayotgan mamlakatlarda kuzatilgan. [1] Ko‘pgina mamlakatlarda antibiotiklar va proton pompasi ingibitorlari bilan eradikatsion davolash va turmush sharoitining yaxshilanishi tufayli bakteriya bilan zararlanish darajasi kamaygan. [2] [3]

Mikrobiologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Helicobacter pylori - Helicobacter avlodiga mansub grammanfiy bakteriyalarning bir turi[1]. Dunyo aholisining taxminan yarmi H. pylori bilan infisirlangan bo'lsa-da, bakteriyaning faqat bir nechta shtammlar patogen hisoblanadi. H pylori spiralsimon bakteriya bo‘lib, ko‘pincha spiral yoki S ko‘rinishga ega bo'ladi. [1] [2] Uning spiralsimon shakli oshqozonning yopishqoq shilliq qavati orqali o‘tish uchun moslashgan va hujayra devori peptidoglikanlaridagi bir qator fermentlar yordamida saqlanib turadi. [1] Bakteriyalar xivchinlari orqali shilliq qavatning kislotaliligi pastroq qismiga yetib boradi. [1] O‘rganilgan uchta shtamm uzunligi 2,8-3,3 mkm gacha farq qiladi, ammo deyarli o‘zgarmas bo'lgan diametri 0,55-0,58 mkm ni tashkil etadi. [2] H. pylori spiral shakldan immun tizimni chetlab o‘tishi mumkin bo‘lgan nofaol kokkoid shakliga aylana oladi va bu shakl yashovchan bo'lib, yashovchan ammo o'smaydigan shakl hisoblanadi.

Helicobacter pylori mikroaerofil tabiatga ega - ya’ni u atmosferaga qaraganda kamroq konsentratsiyada kislorod talab qiladi. Unda ichak bakteriyalari tomonidan ishlab chiqarilgan molekulyar vodorodni (H2) oksidlash orqali energiya ishlab chiqara oladigan gidrogenaza fermenti mavjud. [1] To‘qimalarda H. pylori Gram, Giemsa, gematoksilin-eozin, Warthin-Starry kumush bo'yog'i, akridin apelsin bo‘yog‘i va faza-kontrast mikroskopiya bilan aniqlanishi mumkin. Bakteriya biofilmlar hosil qilish xususiyatiga ega. Biofilmlar antibiotiklarning ta’sirini to‘xtatishga yordam beradi va davolash tadbirlarining samarasizligiga sabab bo‘lishi mumkin[1][2].

H. pylori organizmga mustahkam joylashish uchun turli xil virulentlik omillaridan, jumladan, oksidaza, katalaza va ureaza fermentlaridan foydalanadi. [1] Ureaza bakteriyaning eng ko'p miqdordagi oqsili bo‘lib, u bakteriya umumiy oqsil massasining taxminan 10% ni tashkil qiladi. [2]

Genomi

Helicobacter pylori katta xilma-xil shtammlardan iborat va yuzlab genomlar to‘liq ajratilgan. [1] [2] [3] 26695 shtammining genomi taxminan 1,7 million juft asosdan iborat bo‘lib, taxminan 1,576 ta gen mavjud. [4] [5] Pan-genom, ya’ni 30 ta ketma-ket shtammlarning kombinatsiyalangan to‘plami 2239 oqsil oilasini (ortologik guruhlar OG) kodlaydi. [6] Ular orasida 1248 ta OG barcha 30 ta shtammda saqlanadi va universal o'zakni ifodalaydi. Qolgan 991 ta OG bitta shtammga xos bo‘lgan 277 ta OG bo‘lgan aksessor genomiga to‘g‘ri keladi[1].

H. pylori genomida o‘n bitta restriksion modifikatsiya tizimlari mavjud. [1] Bu bakteriofaglarga qarshi himoyani ta’minlaydigan g‘ayrioddiy yuqori ko‘rsatkichdir. [2]

Bir hujayrali RNK-Seq yordamida bir hujayrali transkriptomikada H. pylori ning to‘liq transkriptomi olindi va bu haqida 2010-yilda nashr etildi. Transkripsiyaning ushbu tahlili asosiy virulent lokuslarning, shu jumladan ureaza (ur) operoni va Cag patogenlik orolini ma’lum kislotali induksiyasini tasdiqladi. [1] Jami 1907 ta transkripsiya boshlang‘ich saytlari, 337 ta birlamchi operonlar, 126 ta qo‘shimcha suboperonlar va 66 ta monotsistronlar aniqlangan.

(davomi bor)

H.pylori proteomi tizimli tahlil qilinib, uning 70% dan ortiq oqsillari mass-spektrometriya va boshqa usullar yordamida aniqlandi. Proteomning taxminan 50 foizi miqdoriy jihatdan aniqlangan, bu odatiy hujayradagi oqsil namunalari soni haqida ma’lumot beradi[1].

Interaktomni o‘rganish natijasida 3000 dan ortiq oqsil-oqsil o‘zaro ta’sirlari aniqlangan. Bu oqsillarning xoh ular barqaror oqsil komplekslarida bo‘lsin, xoh yanada dinamik, vaqtinchalik o‘zaro ta’sirlarda, bir-biri bilan qanday o‘zaro ta’sirlashishi haqida ma’lumot beradi. Bu, o‘z navbatida, tadqiqotchilarga tavsiflanmagan oqsillarning vazifasi nima ekanligini aniqlashga yordam beradi. Masalan, tavsiflanmagan oqsil ribosomaning bir nechta oqsillari bilan o‘zaro ta’sirlashgan bo'lsa bu uning ribosoma funksiyasida ham ishtirok etishi mumkinligini bildiradi. H. pylori tarkibidagi barcha 1500 ga yaqin oqsillarning taxminan uchdan bir qismi tavsiflanmagan va ularning vazifasi deyarli noma’lum[1].

Helicobacter pylori bilan infitsirlanish odam butun umri davomida simptomlarsiz kechishi mumkin yoki bir qator virulent omillar bilan bog‘liq bo‘lgan bir nechta mexanizmlar natijasida yuzaga kelgan yallig‘lanish reaksiyalari tufayli oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak shilliq qavatlarini shikastlashi mumkin. Kolonizatsiya dastlab H. pylori keltirib chiqargan gastritga olib kelishi mumkin, bu oshqozon qavatining yallig‘lanishi bo‘lib, ICD11 ro‘yxatiga kiritilgan bo'lib[1][2][3], Agar davolanmasa, bu surunkali gastritga aylanadi. Surunkali gastrit me’da shilliq qavatining atrofiyaga uchrashiga va yara kasalligi (oshqozon yoki o‘n ikki barmoqli ichak) rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Ushbu o‘zgarishlarni Correa kaskadi deb nomlanuvchi oshqozon saratonining rivojlanish bosqichlari sifatida ko‘rish mumkin. [1] [2] H. pylori bilan bog‘liq oshqozondan tashqari asoratlarga temir tanqisligi yoki B12 vitamini tanqisligi anemiyasi, qandli diabet, yurak-qon tomir va ba’zi nevrologik kasalliklar kiradi. [3]

Oshqozon yarasi gastritning oshqozon kislotasi va pepsin hazm fermentining shilliq pardalarning himoya mexanizmlarini yengib o'tishi natijasidagi oqibati hisoblanadi. Yara joylashishiga ta’sir qiluvchi H. pylori kolonizatsiyasining joylashuvi oshqozonning kislotaliligiga bog‘liq. [1] Ko‘p miqdorda kislota ishlab chiqaradigan odamlarda H. pylori oshqozon tubidagi (oshqozonga kirish yaqinida) kislota ajratuvchi parietal hujayralardan qochish uchun pilorik antrum yaqinida (o‘n ikki barmoqli ichakka o'tish qismida) kolonizatsiya qiladi. Me'yorida yoki kam miqdorda kislota ishlab chiqaradigan odamlarda H. pylori oshqozonning qolgan qismlarida ham kolonizatsiya qilishi mumkin.

Pilorik antrum yaqinida joylashgan bakteriyalar keltirib chiqaradigan yallig‘lanish reaksiyasi antrumdagi G hujayralarini qondan parietal hujayralarga oqib o‘tadigan gastrin gormoni sekretsiyasiga turtki beradi[1]. Gastrin parietal hujayralarni oshqozon bo‘shlig‘iga ko‘proq kislota ajratishni rag‘batlantiradi va vaqt o‘tishi bilan parietal hujayralar sonini ham oshiradi[1]. Kislota yuklamasining ortishi o‘n ikki barmoqli ichakni zararlaydi, bu oxir-oqibat yaralarning shakllanishiga olib keladi.

Helicobacter pylori 1-sinf karsinogen bo‘lib, bakteriya keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan potentsial saratonlarga oshqozon shilliq qavati bilan bog‘liq limfoid to‘qima (MALT) limfomalari va oshqozon saratoni kiradi. [1] [2] H. pylori bilan infitsirlanish barcha oshqozon saratonlarining taxminan 89 foiziga sabab bo‘ladi va butun dunyo bo‘ylab barcha saraton holatlarining 5,5 foizini keltirib chiqaradi. [3] [4] H. pylori saratonga sabab bo'lishi aniqlangan yagona bakteriya hisoblanadi. Turli mamlakatlarda ma’lumotlar farq qilsa-da, umuman olganda, Helicobacter pylori bilan kasallangan odamlarning 1-3 foizi hayoti davomida oshqozon saratoniga chalinadi, H. pylori infeksiyasi bo‘lmagan odamlarda esa bu ko‘rsatkich 0,13 foizni tashkil etadi.[54][31] H. pylori tufayli kelib chiqqan oshqozon saratoni 2018-yil holatiga ko‘ra dunyoda saraton kasalligidan yuz beradigan o‘limlarning uchinchi eng keng tarqalgan sababi hisoblanadi.[55] Odatda alomatlarning sezilmasligi sababli, oshqozon saratoni aniqlanganda, ko‘pincha u ancha rivojlangan bosqichda bo‘ladi.

Saraton rivojlanishining o‘ziga xos xususiyati bo‘lgan surunkali yallig‘lanish neytrofillar va makrofaglarning oshqozon epiteliysiga infiltratsiyasi bilan tavsiflanadi, bu yallig‘lanish oldi sitokinlari, reaktiv kislorod turlari va reaktiv azot turlari to‘planishiga olib keladi, bu esa DNKning shikastlanishiga sabab bo‘ladi. [1] Oksidlovchi DNKning shikastlanishi va oksidlovchi stress darajasini 8-okso-dG biomarker bilan ko‘rsatilishi mumkin. [2] [3] DNKning boshqa shikastlanishlari qo‘sh zanjirli uzilishlarni o‘z ichiga oladi.

Kichik oshqozon va kolorektal poliplar ko‘pincha H. pylori gastritidan kelib chiqadigan shilliq qavatning shikastlanishi natijasida yuzaga keladigan adenomalardir. [1] [2] Katta poliplar vaqt o‘tishi bilan saraton kasalligiga aylanishi mumkin. [3] [4] H. pylorining oddiy assotsiatsiyasi kolorektal saratonning rivojlanishiga hissa qo'shishi mumkin, ammo 2020-yil holatiga ko‘ra, sababi hali isbotlanmagan.

Alomatlari va belgilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

H. pylori bilan kasallangan odamlarning aksariyati odatda hech qanday alomatlar yoki asoratlarni boshdan kechirmaydi, lekin ularda oshqozon yarasi rivojlanish xavfi 10% dan 20% gacha, oshqozon saratoni xavfi esa 0,5% dan 2% gacha bo‘ladi. [1] [2] H. pylori keltirib chiqargan gastrit oshqozon og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi va ba’zan depressiya va bezovtalik bilan birga keladigan o‘tkir gastrit shaklida namoyon bo‘lishi mumkin. [3] [4] Gastrit surunkali gastrit yoki yaraga aylanganida ham alomatlar xuddi shunday bo‘lib, ovqat hazm qilish buzilishi, oshqozon yoki qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, hansirash, kekirish, ertalab ochlikni his qilish, juda erta qorin to‘yishini his qilish va ba’zan qusish, kekirish, og'izdan yomon hid kelishi va vazn yo‘qotish kabilarni o‘z ichiga olishi mumkin. [1] [2] Yara asoratlari oshqozonga yoki o‘n ikki barmoqli ichakka qon ketishini ko‘rsatadigan qora yoki qatronli najas, qon aralashganda qizil yoki qahva rangli qusish, doimiy o‘tkir qorin og‘rig‘i; bosh aylanishi va yurak tez urishi kabi jiddiy belgilar bilan yuzaga keladi. [1] [2] Oshqozon yaralarida qon ketishi eng keng tarqalgan asorat hisoblanadi. H. pylori tufayli yuzaga kelgan holatlarda ko‘pincha gemostazni ta'minlash uchun oshqozon rezeksiyasi amalga oshiriladi. [1] Uzoq davom etadigan qon ketish holsizlik va charchoqqa sabab bo‘ladigan anemiyaga olib kelishi mumkin. Oshqozonni o‘n ikki barmoqli ichak bilan bog‘laydigan pilorik antrumning yallig‘lanishi o‘n ikki barmoqli ichak yarasiga olib kelsa, oshqozon tana qismining yallig‘lanishi oshqozon yarasiga olib kelishi mumkin.

Oshqozon saratoni ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat va tushuntirib bo‘lmaydigan vazn yo‘qotishiga olib kelishi mumkin[1]. Oshqozon poliplari odatda simptomsiz va xavfsiz bo‘lgan adenomalardir, lekin poliplar dispepsiya, oshqozon kuyishi, oshqozondan qon ketishi va kamdan-kam hollarda oshqozon chiqish teshigininig obstruksiyasiga sabab bo'lishi mumkin[2][3]. Yirikroq poliplar saraton kasalligiga aylanishi mumkin[4].

Patofiziologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Virulentlik omillari patogenga xo‘jayinning immun javobini chetlab o‘tishga va muvaffaqiyatli kolonizatsiya qilishga yordam beradi. H. pylori virulentligining ko‘plab omillariga uning xivchinlari, ureaza, adgezinlar, serin proteaza HtrA (yuqori harorat talabi A) va asosiy ekzotoksinlar CagA va VacA kiradi. [1] [2] VacA va CagA mavjudligi yanada jiddiy o'zgarishlarga olib keladi. CagA - oshqozon saratoni rivojlanishida ishtirok etadigan onkoprotein hisoblanadi[1]. H. pylori infeksiyasi DNKni tiklash mexanizmlarining epigenetik jihatdan pasaygan samaradorligi bilan bog‘liq bo‘lib, bu mutatsiyalar va genom nostabilligining to'planishi va natijada oshqozon kanserogenezining rivojlanishiga yordam beradi. [1] H. pylori infeksiyasi dispepsiyaga olib kelganidan keyin ikkita DNKni tuzatish oqsillari, ERCC1 va PMS2 ekspressiyasi sezilarli darajada pasayganligi aniqlangan. [2] Dispepsiya kasallangan odamlarning taxminan 20% da uchraydi. MLH1, MGMT va MRE11 DNK reparatsiyasi oqsillarining epigenetik pasaygan ekspressiyasi ham namoyon bo‘ladi. DNK shikastlanishi ko‘paygan holda DNK reparatsiyasining kamayishi kanserogen mutatsiyalarni oshiradi hamda oshqozon kanserogenezining muhim sababi bo‘lib hisoblanadi. [1] [2] [3] Ushbu epigenetik o‘zgarishlar genlar promotorlaridagi H. pylori tomonidan chaqirilgan CpG saytlarining metillanishi [4] va H. pylori tomonidan ko‘plab mikroRNKlarning o‘zgartirilgan ekspressiyasi bilan bog‘liq. [5] H. pylori saraton kasalligini keltirib chiqarishining bir-biriga bog‘liq ikki mexanizmi ilgari surilgan. Mexanizmlardan biri H. pylori yaqinida erkin radikallar ishlab chiqarilishining kuchayishi va xo‘jayin hujayralar mutatsiyasi tezligining oshishini o‘z ichiga oladi. Taklif etilgan boshqa mexanizm "perigenetik yo‘l" deb ataladi [1] va hujayra oqsillarida, masalan, adgeziya oqsillarida o‘zgarishlar orqali transformatsiyalangan xo‘jayin hujayra fenotipini kuchaytirishni o‘z ichiga oladi. H. pylori yallig‘lanish va mahalliy o‘sma nekrozi omilini (tumor necrosis factor - TNF), (shuningdek, o‘sma nekrozi omili alfa (TNFα) va/yoki interleykin 6 (IL-6) miqdori oshishiga olib keladi. [1] Taklif etilgan perigenetik mexanizmga ko‘ra, TNF kabi yallig‘lanish bilan bog‘liq signal molekulalari oshqozon epitelial hujayralarining adgeziyasini o‘zgartirishi va o‘sma supressor genlarida, masalan, hujayra adgeziya oqsillarini kodlovchi genlarda, qo‘shimcha mutatsiyalar bo‘lishini talab qilmasdan, mutatsiyaga uchragan epitelial hujayralarning tarqalishi va migratsiyasiga olib kelishi mumkin.[82]

Kolonizatsiyaga imkon beradigan Helicobacter pylorining birinchi virulentlik omili uning xivchinidir. [1] H. pylori bitta qutbli joyda ikkitadan yettitagacha xivchinlarga ega bo‘lib, bu unga yuqori harakatchanlikni beradi. Xivchin filamentlari taxminan 3 mkm uzunlikda bo‘lib, flaA va flaB genlari tomonidan kodlangan ikkita sopolimerlangan flaA va FlaB flagellinlaridan iborat. [1] [2] Kichik flagellin FlaB proksimal sohada joylashgan va asosiy flagellin FlaA xivchinning qolgan qismini tashkil qiladi. [3] Xivchinlar bakterial tashqi membrananing bir qismi bilan qoplangan, bu esa oshqozon kislotaligidan himoya qiladi. Qobiq, shuningdek, bakteriyaga bakteriofaglardan himoya qiluvchi tashqi membrana pufakchalarining paydo bo‘lish joyi hisoblanadi. [1]

Xivchinlarning harakatchanligi ureaza bilan boshqariladigan gidroliz bilan ta’minlangan proton harakatlantiruvchi kuchi bilan ta’minlanadi, bu shilliq qavatdagi kislotaliligi pastroq bo'lgan pH gradiyenti tomon xemotaktik harakatlarga imkon beradi. [1] Shilliq qavatga yetib borgach, H. pylori shilimshiq ichiga, pastki epitelial hujayralar qatlamiga va ular oshqozon bezlarida kolonizatsiya qilib yashaydigan oshqozon chuqurlariga kirib borishi mumkin. [1] [2] Ba’zida bakteriyalar epitelial hujayralarning ichida ham topiladi. [3] Bakteriyalar tomonidan kvorum sezgisidan foydalanish barqaror kolonizatsiyani yanada kuchaytiradigan biofilm hosil qilishga imkon beradi.Biofilm qatlamlarida H. pylori antibiotiklarning ta’siridan qutulib qolishi, shuningdek, xo‘jayin-immun reaksiyalardan himoyalanishi mumkin. [1] [2] Biofilmda H. pylori xivchinni adgeziv tuzilmalarga aylanishi uchun o‘zgartirishi mumkin. [3]

Yuqori kislotali qismlardan (past pH) saqlanish uchun xemotaksisdan foydalanishdan tashqari, H. pylori katta miqdorda ureazani ishlab chiqaradi, bu ferment oshqozonda mavjud mochevinani parchalab, bakterial sitozol va atrof-muhitda neytral muhitni hosil qiluvchi ammiak va bikarbonatni ishlab chiqaradi. [1] Kislotalilikning pasayishi (yuqori pH) shilliq qavatni gelga o‘xshash holatdan yanada yopishqoq holatga o‘tkazadi, bu xivchinlarning bakteriyalarni shilliq qavat orqali harakatlanishini va oshqozon epitelial hujayralariga bog‘lanishini osonlashtiradi. [1] Helicobacter pylori bakteriyada o‘ziga xos tarzda konfiguratsiyalangan mochevina sikli mavjudligi ma'lum bo'lgan bir nechta bakteriya turlaridan biridir[1]. Hujayraning 10% qismi azotdan iborat bo‘lib, bu muvozanatni saqlash kerak. Azotning har qanday ortiqcha miqdori karbamid siklida ajralib chiqadigan karbamid ko'rinishida saqlanadi. [1]

Karbamid siklining yakuniy bosqichi H. pylori patogenezida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan arginaza fermenti hisoblanadi. Arginaza ornitin va mochevina hosil qiladi, ureaza fermenti esa mochevinani karbon kislota va ammiakka parchalaydi. Ureaza bakteriyaning miqdor jihatdan eng ko‘p oqsili bo'lib, bakteriya umumiy oqsil miqdorining 10-15% ni tashkil qiladi. Ammiak oshqozonning kislotaliligini pasaytiradi va bakteriyalarning mahalliy tarqalishiga imkon beradi. Arginaza argininni qabul qilish orqali infeksiyaning barqarorligiga yordam beradi; arginin makrofaglar tomonidan kuchli mikroblarga qarshi ta’sirga ega azot oksidini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. [1] [2] pH ni tartibga solish uchun ishlab chiqarilgan ammiak epiteliy hujayralari uchun toksik hisoblanadi. [3]

H. pylori shilliqning doimiy harakati va yangilanishi natijasida yo‘q bo‘lib ketishining oldini olish uchun epitelial hujayralar bilan birikishi kerak. Ularga bu bog‘lanishni ta’minlash uchun adgezinlar deb ataladigan virulentlik omillaridan bo‘lgan bakterial tashqi membrana oqsillari ishlab chiqariladi. [1] BabA (qon guruhini antigen bilan bog‘lovchi adgezin) dastlabki kolonizatsiya paytida eng muhim bo'lsa, SabA (sial kislotani bog‘lovchi adgezin) esa chidamlilikda ahamiyatga ega. BabA epiteliydagi glikanlar va mutsinlarga birikadi.[95] BabA (babA2 geni tomonidan kodlanadi) shuningdek, epiteliy hujayralari yuzasida namoyon bo‘lgan Lewis b antigeniga ham bog‘lanadi.[96] BabA orqali adgeziya kislotaga sezgir va pH pasayishi bilan to‘liq qaytarilishi mumkin. SabA (sabA geni tomonidan kodlangan) oshqozon shilliq qavatida ifodalangan Sialyl-Lewis X antigenini yuqori miqdorda bo'lganda bog‘lanadi. [1]

Xolesterol glyukozid

[tahrir | manbasini tahrirlash]

H. pylori oshqozon bez hujayralaridagi xolesterindan glikozillovchi sterol glyukozid bo‘lgan xolesterin glyukozidini o‘z ichiga oladi va uni tashqi membranasiga o'tkazadi. [1] Ushbu xolesterin glyukozidi membrana barqarorligi, morfologiyasi va immunitetdan qochish uchun muhim bo‘lib, boshqa bakteriyalarda kamdan-kam uchraydi. [2] [3] Buning uchun mas’ul ferment xolesteril α-glyukoziltransferaza (αCgT) yoki (Cgt) HP0421 geni tomonidan kodlangan. [1] Cgt tomonidan xo‘jayin xolesterinining kamayishining asosiy ta’siri epiteliy hujayralarida xolesteringa boy lipidlarni buzilishi hisoblanadi. Tashqi membrana lipidlari hujayra signalizatsiyasida ishtirok etadi va ularning buzilishi, ayniqsa, interferon-gammani kamaytirish orqali immun yallig‘lanish reaksiyasining pasayishiga olib keladi. [1] Cgt, shuningdek, IV turdagi sekretsiya tizimi tomonidan patogen rivojlanishi mumkin bo‘lgan oshqozon bo‘shliqlari yaratilishi uchun selektiv tarzda ajratiladi. [1] Uning yo‘qligi bakteriyalarga atrof-muhit bosimidan zaiflik berishi, shuningdek, CagA vositachiligidagi o‘zaro ta’sirlarni buzishi ko‘rsatilgan. [2]

Kolonizatsiya immun tizimining birinchi darajali himoyasi sifatida intensiv yallig‘lanishga qarshi javobni keltirib chiqaradi. Fagotsitik leykotsitlar va monotsitlar infeksiya joyiga infiltratsiyalanadi va antitanalar ishlab chiqariladi. [1] H. pylori fagotsitlar yuzasiga yopishib, ularning ta’siriga to‘sqinlik qila oladi. Bunga fagotsit kislorod metabolitlarini sintez qilish va atrof-muhitga chiqarish bilan javob beradi. H. pylori fagotsitar hujayra yuzasiga birikkan katalaza faolligi tufayli ushbu javobdan omon qolishi mumkin. Katalaza vodorod peroksidini suv va kislorodga parchalab, bakteriyalarni zararlanishdan himoya qiladi. Katalaza fagotsitar oksidlovchi reaksiyani deyarli butunlay ingibirlashi ko‘rsatilgan. [1] U katA geni tomonidan kodlanadi. [2]

O'sma nekrozi omilini indutsirlovchi alfa oqsil (Tumor necrosing factor (TNF) inducing protein α - Tipα) H. pylori uchun xos bo‘lgan HP0596 tomonidan kodlanadigan kanserogen oqsil bo‘lib, o‘sma nekrozi omilining ekspressiyasini keltirib chiqaradi. [1] [2] Tipα me’da saratoni hujayralariga kiradi, u yerda hujayra yuzasi nukleolini bilan bog‘lanadi va vimentin ekspressiyasiga olib keladi. Vimentin o‘smalarning o‘sishi bilan bog‘liq epitelial-mezenximal o‘tishida muhim ahamiyatga ega[1].

CagA (sitotoksin bilan bog‘liq A antigeni) cagA geni tomonidan kodlanadigan onkoprotein H. pylori uchun asosiy virulentlik omili hisoblanadi. cagA geniga ega bakterial shtammlar yaralar, MALT limfomalari va oshqozon saratonini keltirib chiqarish xususiyatiga ega. [1] [2] cagA geni nisbatan uzun (1186 aminokislotali) oqsilni kodlaydi. cag patogenlik uchastkasi 30 ga yaqin genlarga ega bo‘lib, ularning bir qismi murakkab turdagi IV sekretsiya tizimini (T4SS yoki TFSS) kodlaydi. Helicobacter genomining qolgan qismiga nisbatan cag uchastkasining past GC (guanin-sitozin) tarkibi uchastkani boshqa bakteriya turidan gorizontal ko'chirish orqali olinganligini ko‘rsatadi. [1] H. pylori patogenezida HtrA serin proteazasi ham katta rol o‘ynaydi.

H. pylori virulentligini cag patogenlik uchastkasi genlari oshirishi mumkin; G‘arbiy mamlakatlarda H. pylori shtammlarining taxminan 50-70% uni o‘z tarkibida saqlaydi. [1] cag uchastkasini tashuvchi shtammlar bilan kasallangan G‘arb odamlari oshqozonida kuchli yallig‘lanish reaksiyasi kuzatilib, ularda uchastkaga ega bo‘lmagan shtammlar bilan kasallanganlarga qaraganda oshqozon yarasi yoki oshqozon saratonini rivojlanish xavfi yuqori. [2] H.pylori oshqozon epitelial hujayralariga birikkanidan so‘ng, cag patogenlik uchastkasi tomonidan ifodalangan IV turdagi sekretsiya tizimi yallig‘lanishni qo‘zg‘atuvchi peptidoglikanni o‘z hujayra devorlaridan epiteliy hujayralariga "kiritadi." Kiritilgan peptidoglikan sitoplazmatik namunani tanib olish retseptorlari (immun sensor) Nod1 tomonidan aniqlanadi, keyin esa yallig‘lanishni rag‘batlantiruvchi sitokinlarning ekspressiyasini rag‘batlantiradi[1].

IV turdagi sekretsiya apparati, shuningdek, cag PAI kodlangan CagA oqsilini oshqozonning epitelial hujayralariga yuboradi, bu yerda u sitoskeletni, qo‘shni hujayralarga yopishishni, hujayra ichidagi signalizatsiyani, hujayra qutbliligini va boshqa hujayraviy faoliyatni buzadi. [1] Hujayra ichiga kirgandan so‘ng, CagA oqsili mezbon hujayra membranasi bilan bog‘liq tirozin kinaza (TK) tomonidan fosforillanadi. Keyin CagA tirozin fosfataza/protoonkogen Shp2 oqsilini allosterik faollashtiradi. [1] Bu oqsillar oshqozonni qoplaydigan hujayralar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri toksik hisoblanib, immunitet tizimiga invaziya sodir bo‘layotgani haqida kuchli signal beradi. Bakteriyalarning paydo bo'lishi natijasida neytrofillar va makrofaglar bakteriyalar hujumiga qarshi kurashish uchun to‘qimalarda joylashadi. [1] H. pylorining patogen shtammlari TK domeniga ega membrana oqsili bo‘lgan epidermal o‘sish omili retseptorini (EGFR) faollashtirishi isbotlangan. H.pylori tomonidan EGFRning faollashuvi patogenezga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan xo‘jayin epitelial hujayralarida signal transduksiyasi va gen ekspressiyasining o‘zgarishi bilan bog‘liq. CagA oqsili (aminokislotalar 873-1002) ning C-terminal mintaqasi, shuningdek, oqsil tirozin fosforillanishidan mustaqil ravishda xo‘jayin hujayra genining transkripsiyasini tartibga solishi mumkinligi taxmin qilingan. [1] H. pylori shtammlari o‘rtasida juda ko‘p xilma-xillik mavjud bo'lib, odam organizmini qaysi shtamm zaralashiga ko'ra uning oqibatlarini oldindan bilish mumkin.

VacA (vakuollovchi sitotoksin avtotransportori) vacA geni tomonidan kodlanadigan oqsil bo'lib, yana bir asosiy virulentlik omilidir. [1] H. pylorining barcha shtammlari bu genni tashiydi, ammo ular orasida juda xilma-xillik mavjud bo'lib, faqat 50% shtammlar kodlangan sitotoksinni ishlab chiqaradi. [2] [3] VacA ning to‘rtta asosiy kichik turi bo'lib, ular s1/m1, s1/m2, s2/m1 va s2 hisoblanadi. s1/m1 va s1/m2 oshqozon saratoni xavfini oshirishi aniqlangan. VacA oligomer oqsil kompleksi bo‘lib, epiteliy hujayralarida progressiv vakuolyatsiyani keltirib chiqaradi va ularning o‘limiga olib keladi. Vakkuolatsiya, H. pylorining hujayra ichidagi rezervuarlari bo'lgan hujayra membranasidagi TRPML1 kalsiy kanallarini buzish orqali ham yuzaga keladi. [1] VacA COX2 darajasini oshirishi ko‘rsatilgan, bu prostaglandin ishlab chiqarilishini oshirib, xo‘jayin hujayralarining kuchli yallig‘lanish javobini ko‘rsatadi. [2] [3]

Tashqi membrana oqsillari va vezikulalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Genomning taxminan 4 foizi beshta oilaga bo‘linishi mumkin bo‘lgan tashqi membrana oqsillarini kodlaydi[1]. Eng katta oilaga bakterial adgezinlar kiradi. Qolgan to‘rtta oila porinlar, temir tashuvchilar, xivchin bilan bog‘liq oqsillar va noma’lum funksiyali oqsillardir. Boshqa tipik gramm manfiy bakteriyalar singari, H. pylori ning tashqi membranasi fosfolipidlar va lipopolisaxarid (LPS) dan iborat. LPSning O-antigeni fukozillangan bo‘lishi va me’da epiteliysida uchraydigan Lewis qon guruhi antigenlariga o‘xshash bo‘lishi mumkin.[32]

H. pylori tashqi membranadan pufakchalar hosil qiladi, ular tashqi membrana vezikulalari sifatida ajralib chiqib, CagA kabi virulentlik omillarining transportini ta’minlaydi.[99]

Helicobacter bakteriyasining sisteinga boy HcpA oqsili immun javobni qo‘zg‘atishi va yallig‘lanishga olib kelishi ma’lum. [1] Helicobacter pylori virulentlik omili DupA o‘n ikki barmoqli ichak yarasi rivojlanishiga olib kelishi mumkin. [2]

Tolerantlik mexanizmlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tirik qolish zarurati H. pylorining barqarorligini ta’minlaydigan turli xil chidamlilik mexanizmlarining rivojlanishiga olib keldi. [1] Bu mexanizmlar antibiotiklarning ta’sirini yengishga ham yordam beradi. [2] H. pylori nafaqat oshqozonning o‘tkir kislotaliligi sharoitida yashab qolishi, balki doimiy peristaltika tufayli shilliq qavat yuvilib ketishiga, shuningdek, reaktiv kislorod turlarining ajralib chiqishi bilan boradigan fagotsitar hujumga ham bardosh berishi kerak. [1] Barcha organizmlar stressli sharoitlarda, shu jumladan DNK shikastlanishiga olib keladiganlar ta'sirlarga javobanenetik tuzilmalarni kodlaydi. [1] Stress sharoitlari regulyator genlar kodlaydigan oqsillar tomonidan boshqariladigan bakterial javob mexanizmlarini faollashtiradi. [2] Oksidlovchi stress bateriyaning genomida potentsial letal mutagen DNK kiritmalarini keltirib chiqarishi mumkin. Ushbu DNK shikastlanishida bakteriyaning yashovchanligi muvaffaqiyatli kolonizatsiyaga yordam beradigan transformatsiya vositasidagi rekombinatsion tuzatish orqali ta’minlanadi. [1] [2] H. pylori tabiiy ravishda transformatsiya xususiyatiga ega. Ko‘pgina organizmlar faqatgina ma’lum atrof-muhit sharoitlari, jumladan, ochlikda transformatsiya qila olsa, H. pylori logarifmik o‘sish davomida ham transformatsiyani amalga oshira oladi[1].

Transformatsiya (bir bakteriya hujayrasidan ikkinchisiga oraliq muhit orqali DNKni o‘tkazish) DNKni tuzatish uchun adaptatsiya mexanizmlarining bir qismi hisoblanadi. [1] Ikki zanjirli uzilishlarni tuzatish uchun gomologik rekombinatsiya talab qilinadi. AddAB helikaza-nukleaza kompleksi Ikki zanjirli uzilishlarni rezeksiya qiladi va RecA ni bir zanjirli DNK (ssDNK) ga o‘tkazadi, bu esa gomologik rekombinatsiya va reparatsiyaga olib keladi. Oshqozonga samarali kolonizatsiyasi qilish uchun RecA va AddAB ga bo'lgan ehtiyoj H. pylori DNKning tuzatilishi kerak bo‘lgan yoki rekombinatsiya orqali boradigan boshqa o'zgarishga uchrashiga olib keladi. Xususan, H. pylori da tabiiy transformatsiya DNKning shikastlanishi bilan kuchayadi va H. pylori da DNKning shikastlanishi va DNKning assimilyatsiyasi o‘rtasida bog‘liqlik mavjud. [1] Ushbu tabiiy xususiyat H. pylori ning barqarorligiga hissa qo‘shadi. H. pylori boshqa bakteriyalarga qaraganda ancha yuqori rekombinatsiya va mutatsiya ko‘rsatkichlariga ega. [1] Genetik jihatdan turli shtammlar bir xo'jayin organizmda, shuningdek, xo'jayin oshqozonining turli qismlarida topilishi mumkin. [2] RuvABC oqsillari rekombinatsion tiklanish jarayoni uchun juda muhimdir, chunki ular ushbu jarayondagi Holliday o‘tishlari deb ataladigan oraliqlarni parchalaydi. Sichqonlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda RuvC da nuqsoni bo‘lgan H. pylori mutantlari DNKni shikastlovchi agentlarga va oksidlovchi stressga nisbatan yuqori sezuvchanlikka ega bo‘lib, makrofaglar ichida past yashovchanlikni namoyish etadi va infeksiya o'chog'ini muvaffaqiyatli hosil qila olmaydi. Xuddi shunday, RecN oqsili ham DSB reparatsiyasida muhim rol o‘ynaydi. [2] H. pylori recN mutanti bakteriyaning sichqon oshqozonida kolonizatsiya hosil qilish qobiliyatini zaiflashtiradi, bu esa H. pylorining o‘z xo‘jayini organizmida omon qolishida rekombinatsion DNKni tuzatishning muhimligini ko‘rsatadi. [1]