Foydalanuvchi:AbrorbekMalikov/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


HADD-("to‘xtatish", "chora ko‘rish") - Qur’on va sunnatga ko‘ra, odob-axloq va jamoat tartibiga doir jinoyatlari uchun beriladigan jazolar: kufr, buzuqilik, soxta guvohlik, tuhmat qilish, ichkilikbozlik, ichirib mast qildirish, qimorbozlik, savdo qoidalarini buzish, qalloblik va b. H. ayrim shaxsga nisbatan emas, balki qonunga qarshi sodir etilgan jinoyatga nisbatan qo‘llanilgani uchun tomonlarning kelishuvi va avf etish mumkin emas va albatta H. ijro etilmoga shart. H. faqat sudning xukmi bilan beriladi va 40 dan 100 tagacha qamchi yoki kaltaklash bilan amalga oshiriladi, undan tashqari ibratli jazo turi (ta’zir) ham qo‘llanilishi mumkin. Jazo o‘tab bo‘lingach, albatta tavba va kafforat to‘lanadi. Qadimda Usmoniylar davridagi Turkiyada H. yirik pul jarimasi to‘lash bilan almashtirilishi mumkin bo‘lgan. Mana shu tartib ko‘pgina islom davlatlari qonunchiligi tomonidan qabul qilingan.[1]

  1. Taqrizchi: akademik Ne’matulla Ibrohimov. ISLOM ENSIKLOPEDIYASI-Zuhriddin Husniddinov tahriri ostida («O’zbekiston milliy entsiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2004) (ENSIKLOPEDIYA) (O'zbek), O’zbekiston, 2004 — 357 bet.