Foydalanuvchi:Abdurahmon.arsh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hun tili. Yevropa Xun imperiyasida hunlar (Xun hukmdorlari va hun turklari) tomonidan asos solingan. 4—5-asrlarda soʻzlashgan oʻlik til. 5-asrda mavjud bo'lgan. Rim tarixchisi va diplomati Priskosning asarlari Yevropa Xun imperiyasi koʻp millatli boʻlganligi va xun tili davlatni tashkil etgan boshqa qabilalar tillari, masalan, gotlar tillari bilan birga soʻzlashganini koʻrsatadi. .[1][2]

Xun tilidagi matn yoki toʻliq jumla saqlanib qolmaganligi sababli, tilga oid yozma manbalar deyarli butunlay yunon va rim manbalaridan olingan oʻziga xos nomlardan tashkil topgan.[3] Bugungi kunda, xun tilini tasniflash mumkin bo'lmasa-da[4][5], hunlarning o'ziga xos nomlarining kelib chiqishini o'rganayotganda, u ko'pincha turkiy, mo'g'ul va yenisey tillari bilan taqqoslanadi.[5][6][7].