Foydalanuvchi:Abdulaziz Xusanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jon Toland dastlabki taʼlim-tarbiyani uyida olgach, keyin Аngliya, Shotlandiya va Gollandiyadagi universitetlarda ilmini oshirgan. Tolandning ilmiy faoliyati Аngliyada sinfiy kelishuvchanlik siyosati hukm surayotgan davrga to’g’ri keladi.

Jon Toland
Jon Toland

Universitetlarda Toland falsafa, ilohiyot, gumanitar fanlar bilan bir qatorda qadimgi tillarni ham o’rgandi. 1691-yili u o’zining birinchi asari «Levitlar qabilasi» nomli kitobini chop ettirdi. Bu o’tkir syujetli pamflet bo’lib. unda olim levitlar ruhoniylarini qattiq tanqid ostiga oladi. 1696-yili Toland o’zining ikkinchi asari «Sirsiz xristianlik»ni chop ettiradi. Bu asar Tolandni keng jamoatchilik orasida tanilishiga imkoniyat yaratgan bo’lsa, ruhoniylar esa unga qarshi taʼna toshlarini otdilar. Аsar birinchi marotaba laqab ostida chop etilgan bo’lsa, ikkinchi to’ldirilgan varianti uning asl nomi bilan chop etilgan.1702-yili asar uchinchi marotaba chop etilgan edi. Bir necha yillar davomida bu asar tevaragida qattiq bahs-munozaralar bo’lib o’tli. Muallifni ruhoniylar dahriylikda ayblab, asarini yondirishga, o’zini esa sudga tortilishini talab etishdi. Qamoqqa tushishini anglab yetgan olim vatanini tark etadi. 1707-yildan 1710-yilga qadar Toland bir qator Ovrupo mamlakatlariga sayohatga chiqadi. Dastlab Germaniyaga, keyinchalik Аvstriya va Chexoslovakiyaga boradi. Chexoslovakiyadan Toland Gollandiyaga o’tadi. Gaaga shahrida 2 yil yashaydi. Shundan so’ng u yana Аngliyaga qaytib keladi. Аna shu yillarda Tolandning «Sirenaga maktublar», «Panteistikon» kabi asarlari chop etildi. Olim o’zining «Nazaryana» nomli asarida barcha dinlarni birlashtirishni yoqlab chiqqan. Umrining so’nggi yillarida Toland qashshoqlashib qoladi. Qarzlarini to’lash maqsadida o’z uyini sotib, o’zi esa bir duradgor do’stinikida istiqomat qila boshlaydi. U o’z asarlarida falsafani himoya qiladi va rivojlantiradi. U so’z va fikr erkinligi uchun kurashadi, Toland 1722-yil 11-martda vafot etadi. Toland ijodida hurfikrlik katta o’rin tutgan. Аngliya hurfikrligining otasi Jon Lokk hisoblansa. Toland esa uning shogirdi bo’lgan. Toland o’z ustozi Lokk ishini davom ettirib, dinni, cherkovni tanqid qilishni davom ettiradi. Deizm pozitsiyasidan hurfikrlikni rivojlantirdi. «Sirsiz xristianchilik» asarida ruhoniylarning ilohiy bashorat va uni bilishning ilohiy manbai allohdandir degan fikrlarini ratsionalistik nuqtai-nazardan tanqid qiladi. Asarlari:

  • «Levitlar qabilasi»
  • «Sirsiz xristianlik»
  • «Sirenaga maktublar»
  • «Panteistikon»

«Barcha hodisalar xoh allohning, xoh insonning bashorati bo’lsin, u tushunarli va mumkinlik chegarasida bo’lsin», — deydi olim.

Toland qatʼiylik bilan iymon va aqlning o’zaro munosabati masalasini hal qilgani bilan xristianlikka bo’lgan qarashlarning haqiqiy mohiyatini o’zgartira olmagan. Xristian diniga keyinchalik boshqa dinlardan, ayniqsa, iudaizmdan turli bidʼatlar, jodu-sehrlar, dafn marosimlari kirib keldi. Bular dastlabki xristian dinining mohiyatini buzishga olib kelgan, deydi Toland. Toland dastlabki xristian dinini odil taʼlimot, deb bilgan bo’lsa, keyinchalik u yaqqol tarixiy haqiqatdan chetga chiqqanligini ko’ramiz.

Toland o’zining antiklerikal va dinga qarshi maʼruzalarida diniy tobechilikni, jonning abadiyligini, u dunyodagi mukofotlarning borligini qattiq tanqid qildi. Diniy qarashlarning kelib chikishining asosiy sababi, Tolland fikricha, jonga nisbatan noto’g’ri tasavvurda bo’lishdan, yaʼni jonning mustaqil, nomoddiy ekanligini tushunmaslikdan kelib chiqadi. Dinning siyosiy mohiyatiga baho berib, din mulkdorlar uchun o’z qo’l ostidagi kishilarni abadiy qullikda saqlash quroli bo’lgan, degan fikrga keladi Toland.

U o’zining «Sirsiz xristianlik» asarida ikki haqiqat — aqlga asoslangan haqiqat va ilohiy bilim nazariyasini rad etadi. U aql imonning birdan-bir mezonidir degan tezisni ilgari suradi. Аqlga zid bo’lgan narsa imonning predmeta bo’lishi mumkin emas, chunki aql orqali tushuniladigan narsagagina ishontirish mumkin. Uning bu fikri ruhoniylarga yoqmadi. Tolandning falsafasi Benedikt Spinozaning taʼlimotiga o’xshab ketadi. Koinotda, deb yozadi Toland, faqat bitta materiya mavjud. U abadiy va hech kim tomonidan yaratilmagan obʼektiv qonuniyatlar asosida boshqariladi. U mayda zarrachalardan iborat bo’lib, ularning birikishi va ajralishidan moddiy jismlar yuzaga keladi. Bo’shliq yo’q. Koinot yaxlit va cheksiz, u ko’pgina dunyolardan tashkil topgan. Koinotning o’zi quyuqsimon tizim yoki materiyaning aylanishidan iborat, deydi mutafakkir. Toland o’z qarashlarini rivojlantirib, harakat materiyaning ajralmas xossasidir, deydi. Harakat mutlaq,, turg’unlik esa nisbiy. Faylasuf harakat to’g’risidagi o’z fikrini davom ettirib, harakat materiyani o’ziga xos qo’zg’atuvchi kuchi yoki faollik bo’lib, bizni o’rab turgan dunyoning turli-tumanligini taʼminlovchi sababdir. Harakat materiya bilan uzviy bog’liq. Bizni o’rab turgan tabiat esa, paydo bo’lish va yemirilish, yaratish va parchalash xususiyatiga ega bulib, o’z shakl va holatlarini doimo o’zgartirib turadi. Umuman, tabiatning o’zi o’zligicha qolib, o’z sifatlarini miqdoran farqli o’laroq o’zgartirmaydi.[1] Yana ko'proq ma'lumot uchun[2]

  1. S.Yo'ldoshev va boshqalar., Yangi va eng yangi davr G'arbiy Yevropa falsafasi (XVII-XX asrlar). T.: Sharq, 2002, 39 - 41 betlar.. 
  2. „John Tolland“.