Foydalanuvchi:Abbosova02
Aegospotami (qadimiy yunon: aigos Potami) yoki Aegospototamos (I.E. echki oqimlari).
Miloddan avvalgi 405-yilda Lizandr Afina flotini vayron qilib, Peloponnes urushini tugatgan hal qiluvchi jang sahnasi edi. Xuddi shu nomdagi qadimgi Yunoniston shaharchasi, uning mavjudligi 5—4-asr tangalari bilan tasdiqlanadi va daryoning oʻzi qadimgi Frakiya da Cherson da joylashgan.
Qadimgi manbalarga ko'ra, Pliniy Elder va Aristotel va miloddan avvalgi 467 yilda katta meteorit Aegospotamiga qo'ngan. U jigarrang rang va vagon yukining o'lchami sifatida tasvirlangan. Meteorit qo‘nayotgan vaqtda, taxminiy ravishda Xolli kometasi deb aniqlangan kometa haqida xabar berilgan edi. Bu, ehtimol, Galley kometasining Yevropadagi birinchi rekordidir.
Aegospotami Dardanel boʻgʻozida, zamonaviy Turkiyaning Sütlüce shahridan shimoli-sharqida, Geliboluda joylashgan.
Qorabalg'asun bitiglari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qorabalg'asun obidalari uyg'urlar xoqonligi davridan qolgan yirik va qadrli tarixiy monumental yodgorliklardir.Ular asl holatida saqlangan emas.Mangutoshlardan parchalar qolgan,holos.Shunga qaramay, tosh parchalarida qolgan bitiglar yodgorlik qadrini nihoyatda oshiradi.
Qarabalg'asun obidalari uch bitigdan iborat.
1-qorabalg'asun bitigi katta bir tosh parchasida.Yodgorlik go'zal bir ko'rinishda,biroq ancha shikastlangan.Yodgorlikning ustki qismiga bir tasvir ishlangan.Uni o'rgangan olimlar ikki ajdar tasviri deya talqin etmoqdalar.Ammo unga sinchiklab razm solgan kishi tasvirda ajdarni emas,o'z o'ljasini yeyayotgan arslonni ko'radi.
2-qorabalg'asun bitigi Ostidagi qalqonga ko'k turk harflari bilan besh qatorli turkiy matn bitilgan.O'qilishi shunday:[B]u teņrikän teņridä q[u]t bulmuš al[p] bilgä täņ[r]i uyýur q[ayan]...- "Bu xudojo'y Tangridan qut topgan [Tangrining inoyatiga erishgan] Alp Bilga uyg'ur xoqoni..."
3-qorabalg'asun bitigi ko'p yildan buyon olimlar e'tiborini qozonib kelmoqda.Buning boisi obidaning uch til-turkiy, sug'dcha va xitoy tilida bitilganligini,shuningdek,uning Uyg'ur xoqonligi tarixining muhim yodgorligi ekanligida.Yodgorlikning xitoycha matnida yozilishiga qaraganda,mangutosh to'quz o'g'uz(uyg'ur)xoqoni Alp Bilga xotirasiga 820-821 yillarda tiklangan.
Kunimizgacha yodgorlik tosh parchalari holida saqlangan.Tosh sirtidagi yozuvlarning ham oz qismi qolgan.Boshqalariga qaraganda xitoycha matnning katta bo'lagi mavjud.Yodgorlikdagi sug'dcha matnning holati ham nisbatan durust.Ammo uni o'rgangan olimlarning xulosalariga qaraganda,hozirgi holati asl matnning 1/4 qismidir.Bularning ichida eng yomon saqlangani turkiy matndir.Chunonchi,toshning yuzi ortiq darajada yemirilgan bo'lib,matndan uzuq-yuluq jumlalar,ayrim so'z va harflar qolgan,holos.Matn qoldiqlarini o'qib ma'no chiqarish nihoyatda mushkul.