Foydalanuvchi:Abbos1202/Dimorfizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

DIMORFIZM (di… va yun. morphe — shakl) — bir turga mansub organizmlarda morfo-fiziologik belgilari bilan bir-biridan keskin farq qiladigan shakllarning mavjud boʻlishi. Dimorfizm mavsumiy, jinsiy va ekologik boʻladi. Mavsumiy Dimorfizm — bir turga mansub individlarning bir-biridan mavsumiy farq qilishidir. Mac, ola qanotli kapalak tuxumlaridan bahorda qanotlari 28—32 mm boʻlgan qizgʻishsariq, yozda esa qanotlari 30—35 mm boʻlgan qora-jigarrang kapalaklar chikali. Jinsiy Dimorfizm hayvonlar orasida keng tarqalgan, mas, erkaklari bilan urgʻochilarining katta-kichikligi, rangi, tashqi koʻrinishida farq boʻladi (tovuq b-n xoʻroz). Ekologik Dimorfizm — yashash sharoitiga binoan yuz beradigan oʻzgarishlar. Dimorfizm nayel almashinishida ham kuzatiladi. Mas, salplarning yakka va koloniya boʻlib yashaydigan shakllari, parazit chuvalchanglarning jinsiy va jinssiz nasllari boʻladi. Oʻsimliklarda bir tur individlari orasida tashqi koʻrinishi bilan farq qiladigan individlar uchraydi. Mas, nasha oʻsimligida changchili va urugʻchili toʻpgullar har xil tuzilgan.

Manba

https://qomus.info/oz/encyclopedia/d/dimorfizm/