Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:1sonkhm/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Miraxmedova Rano Muxamedjonovna 1970-yil 19-sentabrda tug'ilgan, Toshkent viloyati, Piskent tumani,O'zbekiston Respublikasi) Ingliz tili fani o'qituvchisi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Miraxmedova Rano Muxamedjonovna 1970-yil 19-sentabrda Piskent tumanida tug'ilgan. Millati o'zbek. Ma'lumoti oliy. 1988-1992-yillarda Toshkent davlat chet tillari pedagogika institutining ingliz tili, milliy maktablarda rus tili va adabiyoti o'qituvchisi. Ilmiy darajasi yetakchi o'qituvchi. Xalq ta'limi a'lochisi ko'krak nishoni sohibasi.

Ish faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1992-2003-yillarda Piskent tumani 5-Umumiy o'rta ta'lim maktabida ingliz tili fani o'qituvchisi. 2003-2004-yillarda Piskent tumani 5-Umumiy o'rta ta'lim maktabida ingliz tili fani o'qituvchisi.2004-2019-yillarda Piskent tumani agrosanoat va iqtisodiyot kasb-hunar kollejida ingliz tili fani o'qituvchisi. 2019-2022-yillarda Piskent tumani 8-Umumiy o'rta ta'lim maktabida ingliz tili fani o'qituvchisi. 2022-yildan hozirgi vaqtga qadar Piskent tumani 1-son kasb-hunar maktabida ingliz tili fani o'qituvchisi.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oilali, 2 nafar farzandi bor.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faoliyati davomida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti "Akademik Siddiq Rajabov O'qishlari" ilmiy amaliy konferensiyasida ko'plab ilmiy maqolalar bilan qatnashib SERTIFIKAT va FAXRIY YORLIQlar bilan taqdirlangan. 2020-yil 1-oktabrda "Xalq ta'limi a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan. 2021-yil Xalq ta'limi vazirligi , Yaponiyaning JIKA tashkiloti O'zbekistondagi vakolatxonasi, Japan Digital University XK MCHJ tomonidan tashkil etilgan loyihada maxsus sertifikat va qimmatbaho sovg'a bilan taqdirlangan. 2022-yilda "Ilm fan fidokori" MDH davlatlari miqyosida o'tkazilgan ilmiy amaliy ko'rik tanlovda ishtirok etib , diplom, sertifikat va medal bilan taqdirlangan . 2022-yil Cambridge Assessment English tomonidan tashkil etilgan TKT xalqaro testidan B2 darajasini qo'lga kiritdi. 2023-yilda Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan "Ko'p yillik samarali mehnati hamda o'z hizmat vazifasiga bo'lgan sadoqati uchun" Faxriy yorliq bilan taqdirlangan. Tuman hokimi va ta'lim muassasasi raxbariyati tomonidan ko'plab faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.