Forthing CM7

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Forthing CM7 — bu MPV yoki engil tijorat uchun moʻljallangan 4 eshikli furgon boʻlib, Dongfeng Liuzhou Motor tomonidan Forthing yoki dastlab Dongfeng Fengxing sub-brendida ishlab chiqarilgan.

Umumiy koʻrinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

CM7 2013-yil ilk bor ommaga Shanxay avtosalonida taqdim etilgan qilgan va oʻsha yilning oxirida mahalliy bozorga chiqarilgan. Fengxing CM7 5 pogʻonali mexanik uzatmalar qutisiga ulangan 150 ot kuchiga ega Mitsubishi 4G69 2,4 litrli dvigateli bilan jihozlangan. Shuningdek, xuddi shu 5 pogʻonali mexanik uzatmalar qutisi bilan birlashtirilgan 2,0 litrli turbo dvigatelli dizel dvigatel bilan ham sotuvga chiqarilgan[1]. Kuzovning uslubi ikkinchi avlod Toyota Alpharddan ilhomlangan oldingi DRG dizayni bilan ikkinchi avlod Hyundai Starexdan orqa qismi andozalangan[2].

Dongfeng Fengxing CM7 narxi Xitoyda 129 900 yuandan 173 900 yuangacha oʻzgarib turgan[3]. Keyinchalik bozorda narx oraligʻi 118 900 yuandan 229 900 yuangacha oʻzgartirilgan[4].

Forthing M7[tahrir | manbasini tahrirlash]

Forthing M7 2020-yilda Pininfarina tomonidan ishlab chiqilgan old va orqa qismlari qayta ishlangan modeli sifatida sotuvga chiqarilgan. Forthing M7 160 ot kuchi va 240 N·m kuchini bera oladigan 1,8 litrli turbo dvigatel bilan jihozlangan. 2020-yil oktabr oyidan boshlab 2021-yil modeli interyer xususiyatlari va narxlari yangilanishi bilan bir oz yangilangan holda taqdim etilgan[5].

Forthing Lingzhi Plus[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil oktabr oyidan boshlab CM7 asosidagi Forthing Lingzhi Plus deb nomlangan model ishlab chiqarilgan. Lingzhi deb nomlanishiga qaramay, model aslida qayta tiklangan 7 oʻrindiqli CM7 boʻlib, Dongfeng Fengxing Lingzhi seriyasiga hech qanday aloqasi yoʻq hisoblanadi. Forthing Lingzhi Plus 6 pogʻonali mexanik uzatmalar qutisi bilan birlashtirilgan 133 ot kuchi va 200 N·m quvvatga ega DFMB20AQA kodli 2,0 litrli atmosfera dvigateli bilan jihozlangan[5].

Forthing F600[tahrir | manbasini tahrirlash]

Forthing F600 deb nomlangan arzonroq modeli ham mavjud boʻlib, oldingi va orqa kuzov dizaynlari qayta ishlangan. Forthing F600 ning koʻrinishi 2018-yilda Pekin avtosalonida Pininfarina tomonidan amalga oshirilgan katta oʻzgarishsiz dizayn bilan namoyish etilgan[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]