Forsaj

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
F/A-18A
F/A-18

Forsaj — bazi bir porshenli va reaktiv dvigatellarning ish rejimi boʻlib, zarur boʻlganda tortishni vaqtinchalik oshirish uchun qoʻllaniladi (uchish, tovush tezligigacha tezlanish, havo jangida manyovr qilish). Asosan jangovor samalyotlarda qoʻllaniladi. Fuqaro samalyotlaridan faqatgina Tu-144 va Konkordda forsaj qoʻllanilgan.

Reaktiv-havo dvigatelining forsajli ish rejimi asosiy yonuv kamerasi va turbinada o'rnatiladigan qo'shimcha (forsajli) yonuv kamerasi (FYK) yordamida amalga oshiriladi. Forsaj yoqilganda FYKda qo'shimcha yonilg'i yonadi, bunda ishchi jism intensiv qiziydi. Bu esa o'z navbatida sopladan ajralgan gazni tez chiqib ketishiga va dvigatel tortishini o'sishiga olib keladi.

Asosiy yonish kamerasidagi gazlarning harorati turbina kuraklarining issiqbardoshligi va issiqqa chidamliligi evaziga chegaralanadi. Turbina ortiga o'rnatilgan qo'shimcha yonish kamerasi bu chegaralanishni oldini oladi. Bunday yechimning asosiy kamchiligi dvigatel tejamkorligidir, buning sababi esa asosiy yonish kamerasidan o'tuvchi, avval turbinaga, so'ngra forsaj kamerasiga tushuvchi yonilg'i maxsulotlari tarkibida erkin kislorodning kam bo'lishidir. Bunday ish tartibida ishlash dvigatel konstruksiyasining barcha agregat va bo'g'inlarida yetarlicha issiqlik va mexanik yuklanishlarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ko'plab samolyot turlarida forsajli ish vaqti daqiqalar bilan chegaralangandir. Istesno o'rnida baland uchuvchi tovush tezligi samolyotlari MiG-25/MiG-31 tutuvchi-qiruvchilar yoki Lockheed SR-71 razvedkachi-samolyot kabi dvigateli forsajli rejimda uzoq vaqt ishlashga maxsus mo'ljallangan bo'ladi.