Football Manager 2016

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Football Manager 2016 (FM16) futbol boshqaruvi simulyatsiyasi oʻyini boʻlib, „Football Manager“ seriyasining bir qismi hisoblanadi. Oʻyin „Sports Interactive“ tomonidan ishlab chiqilgan va Sega tomonidan 2015-yil 13-noyabrda chiqarilgan. Oʻyin 2015-yil 13-noyabrda Windows, Mac OS X va Linux uchun ham foydalanishga topshirilgan[1].

Oʻyin jarayoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Football Manager 2016“ — bu sport simulyatsiyasi hisoblanadi. Oʻyinchilarga menejerning koʻrinishini sozlash imkoniyati yaratilgan[2]. „Fantasy Draft“ kabi yangi rejimlar joriy qilingan boʻlib, ularda oʻyinchilar birgalikda oʻynashlari, shuningdek, belgilangan byudjetga ega oʻyinchilarni taklif qilishlari mumkin. Shuningdek, oʻyinchilar oʻzlarining klub formalari, logotiplari, stadionlari va transfer byudjetini yaratishlari mumkin[3]. Ushbu parametrlar oʻyinchining oʻzi tomonidan sozlanadi.

„Football Manager 2016“ oʻyin tahlilini taqdim etish uchun „ProZone Match Analysis“ funksiyasini ham qoʻshgan[4][5]. Bu xususiyat „Sports Interactive“ tomonidan haqiqiy va hayotiy tahlillar boʻyicha „ProZone“ kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Sunʼiy intellekt, animatsiya va boshqa koʻplab yaxshilanishlar koʻzga tashlanadi.

Rivojlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyin haqidagi eʼlon 2015-yil 7-sentabrda boʻlib oʻtgan[6]. „Football Manager 2016“ 2015-yil 13-noyabrda Windows, Mac OS X va Linux platformalari uchun chiqarilgan. Shu bilan bir qatorda Football Manager Mobile ham chiqarilgan boʻlib, iOS va Android tizimlarida ham foydalanish imkoniyati yaratilgan[7].

Tanqid[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Football Manager 2016“ 27 ta sharh asosida 100 balldan 82 ball toʻplagan[8]. Oʻyin chiqarilganidan soʻng tanqidchilardan ijobiy baholar olishgan.

„Sports Interactive“ studiyasi direktori Miles Jeykobson „Football Manager 2016“ 2016-yil 15-sentabrda 1 million nusxada sotilganini eʼlon qilgan[9].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Erica Webber, Jordan „Football Manager 2016 announced“. PC Gamer (2015-yil 7-sentyabr). 2015-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-sentyabr.
  2. Reynolds, Matthew „Three Football Manager 2016 games announced for PC, tablets and smartphones“. Digital Spy (2015-yil 7-sentyabr). 2015-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-sentyabr.
  3. Orry, James „Football Manager 2016 to launch November 13“. VideoGamer.com (2015-yil 7-sentyabr). 2015-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-sentyabr.
  4. Smith, Adam „Football Manager 2016 Reveal: Create-A-Club And More“. Rock, Paper, Shotgun (2015-yil 7-sentyabr). 2015-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-sentyabr.
  5. Purcell, David „Football Manager 2016 announce astonishing new features“. GameZone (2015-yil 7-sentyabr). 2015-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-sentyabr.
  6. Hussain, Tamoor „Football Manager 2016 Revealed Alongside Two New Mobile Games“. GameSpot (2015-yil 7-sentyabr). 2015-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-sentyabr.
  7. Potter, Matt „Football Manager 2016 And More Announced“. IGN (2015-yil 7-sentyabr). 2015-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-sentyabr.
  8. „Football Manager 2016 for PC reviews“. Metacritic. CBS Interactive. 2015-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-dekabr.
  9. „Football Manager 2016 has now sold 1 million copies - Football Manager 2016 for PC News“. videogamer.com. 2016-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-sentyabr.