Football Manager 2014

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Football Manager 2014 (FM14) — bu kompyuter oʻyini futbol boshqaruvi simulyatsiyasi hisoblanib, „Football Manager“ kompyuter oʻyinlari seriyasining bir qismi. Oʻyin „Sports Interactive“ tomonidan ishlab chiqilgan hamda Sega tomonidan 2013-yil 30-oktabrda Windows, Mac OS X va Linux platformalari uchun ishlab chiqarilgan. „Football Manager Handheld 2014“ deb nomlangan portativ versiyasi iOS va Android uchun 2013-yil 14-noyabrda yaratilgan. 2014-yil 11-aprelda „Football Manager Classic 2014“ deb nomlangan PlayStation Vita versiyasi ishlab chiqarilgan.

Oʻyin logotipi

Rivojlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyin 2013-yil 14-avgustda „Football Manager“ rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan[1]. Oʻyinning beta versiyasi oʻyin chiqishidan 2 hafta oldin ushbu oʻyinni yuklab olishga oldindan buyurtma berganlar uchun taqdim qilingan[2]. „Football Manager Classic 2014“ deb nomlangan PlayStation Vita versiyasi oldingi versiyalarning boshqa qoʻl versiyalaridan farqli oʻlaroq, futbol oʻyinlarining 3D koʻrinishiga ega boʻlgan. Ushbu versiya Windows versiyasiga qaraganda tezroq oʻyin jarayoni uchun moʻljallangan.

„Football Manager 2014“ dagi yangi xususiyatlardan biri „Steam Workshop“ni qoʻllab-quvvatlashi hisoblangan. Bu esa oʻyin uchun bepul tarkib yoki taktika tuzish, teri ranglari, ligalar va maʼlumotlar yangilanishlari, toʻplamlar, logotiplar va maʼlumotlar bazasining maxsus variantlarini baham koʻrish imkonini yaratgan[3][4].

Oʻyin jarayoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Football Manager 2014“ yangilangan modulni oʻz ichiga oladi, unda raqib klublar va menejerlar transfer yoki ijara takliflarini amalga oshirishda yanada real yondashishadi. Qolaversa, futbolchini endigina sotib olingan klubiga qaytarilishi, shartnomaga real hayotdagidek yangi shartlari qoʻshilgan.

Oʻyinchilar, menejerlar, ularning raqiblari va ommaviy axborot vositalari oʻrtasidagi oʻzaro taʼsir yaxshilangan. Masalan, murabbiylar shtabi aʼzolari hozirda zaxira va yosh futbolchilar qanday oʻynashayotgani haqida fikr bildirishadi. Menejerlar, shuningdek, asosiy oʻyinchilardan magʻlub jamoa aʼzolari bilan suhbatlashishni soʻrashlari mumkin, shu bilan birga mavsum oxiridagi yigʻilishni kiritish menejerga jamoaga qanday natijalarga erishganligi va kelgusi mavsum uchun maqsadlar qoʻyganligi haqida xabar berishga imkon beradi. Oʻyinda shartnoma boʻyicha muzokaralar yanada realroq boʻladi, chunki menejerlar shuningdek, kengashlar endi dastlabki intervyularda ham, shartnomani uzaytirish boʻyicha munozaralarda ham talablar qoʻyishlari va klub uchun oʻz qarashlarini belgilashlari mumkin deb qaraladi.


Oʻyin mexanizmi sezilarli yaxshilangan, jumladan, yoritish va oʻyinchi animatsiyalari, shaxsiy belgilar va modellar toʻplami, oʻyinchilarning maydondagi hodisalarga nisbatan real reaksiyalari bunga misol boʻla oladi. Taktika yaratish, oʻyin rolini tanlash va jamoa strategiyalari, bir nechta pozitsiyadagi oʻyinchilar uchun belgilangan rollar ham qayta ishlab chiqilgan.

Dastlab oʻynash mumkin boʻlgan jami 51 ta davlat va 117 ta oʻynaladigan liga boʻlgan. Tahrirlovchi oʻyinchilarga mavjud ligalarga ham turli quyi darajadagi ligalarni qoʻshish, shu bilanbir qatorda, yangilarini yaratish imkonini beradi.

Tanqid[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Football Manager 2014“ asosan ijobiy sharhlarni olgan. Oʻyinning kompyuter versiyasi „Metacritic“dan 85/100 ball bilan baholangan[5].

2014-yil 12-fevralda oʻyin „Eng yaxshi sport oʻyini“ nominatsiyasida BAFTA mukofotiga nomzod boʻlganligi eʼlon qilingan.

2014-yil 31-mart holatiga koʻra, oʻyin Yevropa va Shimoliy Amerikada 790 000 nusxada sotilgan[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Keith Stuart. „Football Manager 2014 announced: includes cloud saves and improved 3D“. the Guardian. 2017-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-aprel.
  2. „News - Sports Interactive“. sigames.com. 2017-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Football Manager 2014 Steam Workshop“. 2014-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-mart.
  4. „FM14 Files that can be published on Steam Workshop“. 2014-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 1-aprel.
  5. Valentine, Jake „Football Manager 14 Review: King of the pitch“ (2013-yil 10-noyabr). 2014-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-yanvar.
  6. Yin-Poole, Wesley „How are Sega's video games selling?“. Eurogamer. Gamer Network (2014-yil 9-may). 2014-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 9-may.