Fonologik oppozitsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fonologik oppozitsiya ikki fonemaning bitta farqlanish belgisi asosida oʻzaro zidlanish hosil qilishidir. Masalan, "p" (jarangsiz) va "b" (jarangli) undoshlari jarangsiz-jarangli belgisi asosida bir oppozitsiyaga birlashadi: p-b kabi. Bu ikki fonemaning boshqa belgilari farqlanmaydi: p (lab-lab) — b (lab-lab), p (portlovchi) – b (portlovchi) kabi. Demak, undosh fonemalarga xos bo'lgan uchta fonologik belgilarartikulatsiya o'rni, artikulatsiya usuli va jarangsizlik-jaranglilik belgilaridan faqat bittasi (so'nggisi) p-b oppozitsiyasiga asos boʻlgan. Shuning uchun u «birlik oppozitsiya» sanaladi (1, -21].

Konsonantizmdagi oppozitsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Prof. A. Abduazizovning ta'kidlashicha hozirgi o'zbek adabiy tili konsonantizmi tarkibida quyidagi birlik oppozitsiyalar bor:

1. Talaffuzda ishtirok etuvchi asosiy nutq a'zosi va to'siqning hosil boʻlish o'rniga ko'ra:

a) labial-til oldi (dental, alveolyar) undoshlar oppozitsiyasi: (p-t) + (b-d) + (m-n) + (f-s) + (v-z) + (f-sh) + + (v-l) + (v-r);

b) labial-til o'rta undoshlari oppozitsiyasi:(f-y) + (v-y);

d) labial-til orqa undoshlari oppozitsiyasi: (p-k) + (b-g) + (f-x) + + (v-g‘);

e) labial- boʻgʻiz undoshlari oppozitsiyasi: (f-h) + (v-h);

f) til oldi-til orqa undoshlari oppozitsiyalari: (t-k) + (t-q) + (d-g) + (s-x) + (z-g') + (n- ng);

g) til oldi- boʻgʻiz undoshlari oppozitsiyalari: (s-h) + (z-h) + (sh-h) + (j-h) + (ch-h) + (dj-h): Bunda ch-h va dj-h zidlanishlari "ikkilik oppozitsiya" bo'ladi, chunki ularda til oldi-bo'g'iz undoshi belgisidan tashqari, ikkinchi differensial belgi ham bor: ch (qorishiq portlovchi) – h (sirgʻa- luvchi), dj (qorishiq portlovchi) - h (sirg'aluvchi) kabi.

2. Artikulatsiya usuli va to'siqning qanday hosil bo'lishiga koʻra:

a) portlovchi-sirg'aluvchi undoshlar opozitsiyasi: (p-1) + (b-v) + (t-s) + +(d-z) + (t-sh) + (d-j) + (k-x) + (g-g') + (q-x) + (k-h)+(g-h);

b) portlovchi-affrikatalar oppozitsiyasi: (t-ch) + (d-dj);

d) sirg'aluvchi-affrikatalar oppozitsiyasi (sh-ch) + (j-dj);

e) portlovchi-burun sonanti oppozitsiyasi: (b-m) + (d-n)+(g-n);

f) sirg'aluvchi-sonantlar oppozitsiyasi: (z-l) + (j-l);

g) shovqinli sonant-burun sonanti oppozitsiyasi: (v-m) + (-n) + (r-n);

j) yon sonant-titroq sonant oppozitsiyasi: (l-r).

3. Jarangsiz-jaranglilik belgilariga ko'ra:

(p-b) + (t-d) + (s-z) + (f-v) + (k-g) + (sh-j) + (ch-dj) + (x-g').

Vokalizmdagi oppozitsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi o'zbek adabiy tili vokalizmi tarkibida quyidagi oppozitsiyalar bor:

1. Tilning uch darajali ko'tarilish belgisiga koʻra:

a) i (yuqori tor unli) − e (oʻrta keng unli) = i-e oppozitsiyasi;

b) e ( oʻrta keng unli) - a (quyi keng unli) = e-a oppozitsiyasi;

d) i ( yuqori tor unli) - a (quyi keng unli) = i-a oppozitsiyasi;

e) u (yuqori tor unli) - o' (oʻrta keng unli) = u-o' oppozitsiyasi;

f) o' (oʻrta keng unli) -o (quyi keng unli) = o'-o oppozitsiyasi;

g) u (yuqori tor unli) - o (quyi keng unli) = u-o oppozitsiyasi.

2. Lablanish-lablanmaslik belgisiga koʻra;

a) i (lablanmagan) - u (lablangan) = i-n oppozitsiyasi;

b) e (lablanmagan) - o' (lablangan) = e-o' oppozitsiyasi;

d) a (lablanmagan) - o (lablangan) = a-o oppozitsiyasi.

Eslatma: prof. A.Abduazizov va prof. A. Nurmonovning ta'kidlashicha, tilning yotiq (gorizontal) harakatiga asoslangan belgilar (unlilarning soʻz shakllari tarkibidagi pozitsiyasiga bogʻliq bo'lgan old va orqa qator ko'rinishlari) fonologik jihatdan ahamiyatsiz bo'lib, fonemaning asosiy belgilari qatoriga kirmaydi.

Oppozitsiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, fonologik oppozitsiya turli til tovushlarini qarama-qarshi qo'yishga asoslanmaydi, chunki u muayyan bir tilning struktural birligidir va shu tilning o'zigagina xizmat qiladi. Qolaversa, fonologik oppozitsiyalar hozirgi (amaldagi) tilning strukturaviy birliklari sanaladi,ular tarixan o'zgarib turishi ham mumkin. Masalan, qadimgi turkiy va eski turkiy tillarda unli fonemalar tilning yotiq (gorizontal harakatiga ko'ra old qator va orqa qator zidlanishlariga ega boʻlgan: (i-ы) +(ү-u) + (Ѳ-o) + (ə-a) kabi. Hozirgi o'zbek adabiy tilida esa bunday zidlanish o'zining fonologik xususiyatini yo'qotgan fonemalar konvergensiyasi natijasida i-ы unlilari bitta i ga, ү-u unlilari bitta u ga, Ѳ-o unlilari bitta o' ga, ə-a unlilari esa bitta a ga birlashgan.

Demak, fonologik oppozitsiyalar til taraqqiyotining muayyan bosqichiga nisbatan belgilanadi, ayni shu bosqichda bir fonema boshqa fonemaga bir xil pozitsiyada qarama-qarshi qo'yiladi: hozirgi o'zbek adabiy tilidagi " i va u unlilari so'z boshida (ich va uch) yoki bir xil fonetik qurshovda (bir va bur, qish va qush) bir-biriga qarama-qarshi qoʻyilgani kabi. Demak, «oppozitsiya» tushunchasi «fonema» va «pozitsiya» tushunchalari bilan uzviy bog'liqdir: fonemaning bo'lishi oppozitsiyaning boʻlishini, oppozitsiyaning boʻlishi esa pozitsiyaning bo'lishini taqozo qiladi”. [1]

Eslatma: «pozitsiya» kategoriyasini birinchi bo'lib hamyurtimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (780-850) kashf etgan. U o'zining «Hind arifmetikasi haqida kitob» («Hisob al-hind») asarida o'nlik sistemasi raqamlaridan (0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9) foydalanib, katta sonlarni yozish tizimini ishlab chiqqan. Bu tizimga koʻra raqam birinchi pozitsiyada birlikni, ikkinchi pozitsiyada o'nlikni, uchinchi pozitsiyada yuzlikni (to'rtinchi, beshinchi,... pozitsiyalarda yanada kattaroq sonlarni) ifodalaydi: 0 (nol), 1 (bir), 10 (oʻn), 100 (yuz); 2 (ikki), 20 (yigirma), 200 (ikki yuz) kabi. Keyinchalik «pozitsiya» tushunchasi til tizimiga ham tatbiq etilgan va fonologik oppozitsiya tushunchasining yuzaga kelishiga sabab boʻlgan.

Fonologik oppozitsiyalar dialektikaning qarama-qarshiliklar birligi va kurashi, inkorni inkor qonunlariga tayangan holda shakllanadi, ularning strukturaviy birlik sifatidagi mohiyati ham shu qonunlarga asoslanadi.

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

[2]

  1. Журавлев, К.. Диахроническая фонология (русский). 72: M. Hayku, 1986. 
  2. Jamolxonov, H.. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent: Talqin, 2005.