Fonetik oʻzgarishlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fonetik oʻzgarishlar, tovush oʻzgarishlari, fonetik jarayonlar — nutq jarayonida soʻzning fonetik tuzilishida, tarkibida sodir boʻladigan oʻzgarishlar. Nutk jarayonida, talaffuzda tovushlar boshqacha aytilishi, tushib kolishi, baʼzan esa tovush orttirilishi, bir tovushning ikkinchisi tomonidan moslashtirilishi mumkin. Bunday F.oʻ. tovushlarning kombinatorpozitsion (lot. combinare — qoʻshmoq, birlashtirmok va positio — holat, joylashish) oʻzgarishlari deyiladi. Kombinator oʻzgarishlar yonmayon tovushlarning oʻzaro taʼsirlashuvi natijasida yuzaga keladi va ularga quyidagilar kiradi: akkomodatsiya (lot. accomodatio— moslashish) — yonma-yon turuvchi 2 tovush (unli va undosh tovush) artikulyatsiyasining qisman moslashishi, muvofiq kelishi. Mas, til oldi unlilari (a, e, i) til orqa undoshlari (q, g , x)ning talaffuz etilishiga muvofiklashib, orqaga siljiydi; assimilyatsiya (k,.), dissimilyatsiya (qarang), metateza (qarang), diereza (yun. diairesis — ajralish, boʻlinish) — muayyan talaffuz sharoiti tufayli soʻz tarkibidagi tovushning tushib qolishi: pastqam>pasqam kabi. Soʻz oʻzagidagi yoki unga qoʻshilgan qoʻshimchalar tarkibidagi ayrim tovushlarning maʼlum fonetik qurshov yoki pozitsiya taʼsirida talaffuz etilmasligi natijasida sodir boʻladigan F.oʻ.ga quyidagilar kiradi: prokop a (yun. rgokore) — soʻz boshida unli yoki undosh tovushning tushib kolishi: yiroq>iroq, yilon> ilon kabi; sinkopa (yun. synkope — qisqartirish) — soʻz oʻrtasidagi tovushning tushib kolishi: oʻgʻil > oʻgʻlim kabi; apokopa (yun. arokore — tugallanmani qisqartirish) — soʻz oxiridagi unli yoki undoshning yoxud qoʻshma soʻzdagi 2qismning tushib kolishi: baland > balan, doʻst > doʻs; kilogramm > kilo, metropoliten > metro kabi. Tovush yoki tarkibiiy qismning tushib krlishiga olib keladigan sabablar qatoriga fonatsion energiyani tejash, ixchamlikka erishish kabi omillar ham kiradi. Bunda quyidagi F.oʻ. kuzatiladi: eliziya (lot. elisio — siqish, siqib chiqarish) — unli bilan tugovchi va unli bilan boshlanuvchi 2 soʻzning qoʻshilishi natijasida unli tovushdan birining tushib qolishi. Mac, yoza oladi > yozoladi, ayta oladi > aytoladi; sandhi (sanskritcha sandhi — aloqa, bogʻlanish) — analitik shakllarning ixchamlashuvi natijasida sodir boʻladigan F.oʻ.: ishlar edi > ishlardi; aferezis (yun. aphaeresis) — oldingi soʻzning oxirgi tovushi taʼsirida keyingi soʻz boshidagi tovushning tushishi: ne uchun > nechun kabi; gaplologiya, mas, tragikokomediya > tragikomediya; sinerezis (yun. syneresis) — soʻz oʻrtasida bir joyda kelgan ikki unlining biri kucheizlanib, nutkda tushib qolishi: saodat > so: dat, maorif > mo: rif kabi va boshqa Oʻzbek tiliga chet tillardan kirib kelgan oʻzlashma soʻzlarni turkiy soʻzlarning anʼanaviy fonetik tarkibiga moslashtirilishida ham bir qator Fonetik oʻzgarishlar sodir boʻladi. Bular: proteza (qarang), epenteza [yun. epenthesis — (tovush) orttirish, qoʻshish] — soʻz tarkibida aslida boʻlmagan tovush, harf, boʻgʻinning paydo boʻlishi; fikr > fikir, hukm — hukum; brigadir > birgadir, traktor > tiraktir; epiteza (yun. epithesis) — soʻz oxirida muayyan fonetik yoki morfologik taʼsir ostida shu soʻzda aslida boʻlmagan tovushning ortishi: tank > tanka, kiosk > kioska kabi. Reduksiya (qarang) ham nutqda muayyan fonemaning kucheiz talaffuz etilishi yoki tushib qolishi bilan bogʻliq F.oʻ. dan biridir.[1][2]


Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. "Fonetik oʻzgarishlar" OʻzME. F-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyot[tahrir]

  • Hozirgi oʻzbek adabiy tili, 1qism, T., 1980; Reformatskiy A.A., Vvedeniye v yazikovedeniye, M., 1998; Jamolxonov H.A., Hozirgi oʻzbek adabiy tili, 1qism, T., 2004.