Pilla

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Flyusdan yoʻnaltirildi)

Pilla — 1) koʻpgina hasharotlar gʻum-bagining himoya qobigʻi. Odatda, P.ni lichinka gʻumbakka aylanishdan oldin ajratgan ipakdan toʻqiydi. Masalan, pisha oʻrovchilar, kuyalar va boshqa Pilla Talaygina qoʻngʻizlar (mas, uzuntumshuq qoʻngʻiz)ning lichinkasi P.ni oʻzi ajratgan shilimshiqdan yasaydi. Baʼzi hasharotlar (mas, xaltachali kapalaklar) gʻum-bagining rivojlanishi lichinka yashagan gʻilofda davom etadi. Koʻpchilik pashshalarning soxta P.si lichinka tashlagan poʻstdan iborat.

Yomgʻir chuvalchangi, zuluklar, oʻrgimchaklar va ayrim mollyuskalar tuxumi tuxum-P. ichida rivojlanadi;2) ipak qurtining gʻumbakka aylanishidan oldin hosil qiladigan qobigʻi; tabiiy ipak olinadigan xom ashyo. Tut ipak kurti P.sining sanoat ahamiyati katta, shuningdek, xitoy eman ipak qurti, aylant ipak qurti P.laridan ham xom ashyo sifatida foy-dalaniladi. Ipak qurtlari oʻzidan fibroin, seritsin (yopishqoq modda), pigment va boshqa moddalardan iborat ipak chiqarib, oʻz tanasi atrofida kavatmaqavat qilib (40 qavatgacha) P. oʻraydi. P., asosan, qobiq, gʻumbak va gʻumbak-ka aylanish davrida qurt tashlagan teridan iborat. Tirik gʻumbakli P. ogʻirligining 14—24%ni P. qobigʻi, 75— 85% ni gʻumbak, 0,5%ni qurt tashlagan pust tashkil etadi. Bir dona P.dan oʻrtacha 600–800 m ipak tolasi olinadi. Kurt zoti va u ni boqish sharoitlariga qarab P. uzunligi 16 mm dan 46 mm gacha, eni 12 mm dan 24 mm gacha, tirik (gʻumbagi oʻldirilmagan) P. ogʻirligi 1,2—3 g, quruq P. ogʻirligi 0,3— 1,3 g boʻlishi mumkin.

Tut ipak qurti P.si tuxumsimon, silindrsimon yoki urchuqsimon: oq, oqkulrang, sariq, pushti va koʻkish boʻladi, suv oʻtkazmaydi. Tortiladigan P. kapalak ochmasligi uchun issiq havo yoki bugʻ bilan ishlanib, gʻumbagi oʻldiriladi, saqlashda buzilmasligi uchun kuri-tiladi. Tirik va quruq P. saralanmagan navli P. aralashmasiga (1, 2-navli va 10% dan ortiq boʻlmagan navsiz P.lar), navsiz P.larga va qorapachoqqa ajratiladi va alohidaalohida qabul qilinadi. 1, 2- navli P.dan kalava holidagi xom ipak, navsiz P.dan ipak ip olinadi. P. gʻumbagi moʻynachilik fermalaridan hayvonlarga ozuqa sifatida beriladi.

Naslchilik ishlari uchun P. ipak kurti tuxumi zavodigy yuboriladi. P.ni mexanik apparatlarda issiq havo bilan dimlash va quritish keng tarqalgan. Ipak tolaning oz yoki koʻp chiqishi ipak kurti zotiga va P. sifatiga bogʻliq (qarang Ipak).

Zohidjon Obidjonov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil