Fluktuatsiyalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fluktuatsiyalar (lot. fl uctuatio tebranish) — fizik kattaliklarning oʻz oʻrtacha qiymatlaridan tasodifiy ogʻishi. Tasodifiy omillarga bogʻliq boʻlgan har qanday kattaliklarda F. sodir boʻladi. Statistik fizikada F. tizim zarralarining issiklik harakati tufayli vujudga keladi. Broun harakati mayda zarralarga muhit molekulalari koʻrsatayotgan bosimning F.i natijasida sodir boʻladi. F. fizik oʻlchashlar anikligini chegaralab qoʻyadi, radiopriyomniklarda shovqin hosil qiladi. Shuning uchun statistik fizika, radiotexnika va h.k.larda F. hisobga olinadi. F. har qanday tasodifiy jarayonlarga tegishli.