Fleskestay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Daniya Fleskestai

Fleskestay (dat. flæskesteg), ['flɛːskə.stɐ̯j] — Daniyaning eng asosiy milliy taomlaridan biridir. Terisi shilinmagan choʻchqa goʻshtidan Daniyacha usulda dudlanib pishirilgan taom[1]. Daniyada Nasroniy Mavlid kunining eng mashhur kechki ovqati. Yogʻ miqdori koʻp boʻlganligi sababli, daniyaliklar uni odatda sovuq mavsumda pishirishni xush koʻradi. Gʻsht yuzasidagi krakerlarga oʻxshaydigan qirsildoq terisi eng mazali tansiq taom (dat. svær) hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Daniyada asrlar davomida choʻchqa goʻshti eng xushxoʻr taom boʻlib kelgan. Biroq 1860-yillardagi sanoat inqilobidan soʻng, uy sharoitida oʻtin yoqiladigan pechkalardan foydalanila boshlangach, kolbasa va vetchinadan tashqari, qovurilgan choʻchqa goʻshti mashhur taomga aylandi. Goʻsht har doim qirsillab pishishi uchun terisi bilan pishirilgan.

Anʼanaviy retsept[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu bayramona taomni tayyorlash uchun choʻchqa boʻyni (dat. nakkekam), toʻshi (dat. svinekam) yoki qovurgʻalari (kotlet qismi) (dat. Ribbensteg) ishlatiladi. Fleskestayni qozonda, pechkada yoki panjarada (gril) pishirish mumkin. Fleskestay har doim qirsillashi uchun teri bilan pishiriladi. Bir boʻlak choʻchqa goʻshtining teri tomoni yuqoriga qarab qoʻyiladi. Avval terini goʻshtgacha orasini tor qilib chiziqcha shaklida kesishingiz kerak. Keyin unga tuz va qalampirni ishqalang. Kesilgan oraliqlarga odatda dafna barglari va taʼbga koʻra chinnigul urugʻi (qalampirmunchoq) qadaladi. Soʻngra goʻsht issiq duxovkada qovuriladi[2]. Taomga qaynatilgan kartoshka yoki mayda karamellangan kartoshka qoʻshib tortiladi(dat. brunede kartofler). Buning uchun shakar tovada yuqori olovda bir parcha sariyogʻ qoʻshib eritib olinadi. Taom tarkibiga, odatda, sariyogʻ va sirka bilan qovurilgan qizil karam ham kiradi (dat. rødkål). Koʻpincha karamga mayda kesilgan olma va qizil qoragʻat sharbati qoʻshiladi. Aksar daniyaliklar fikricha, taomning anʼanaviy retsepti Kristin Mari Jensen tomonidan 1901-yildagi oshxona kitobida yozilgan[3].


Buterbrodlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fleskestay qizil karam bilan birga (dat. Flæskesteg med rødkål) javdar noni orasiga qoʻshib tayyorlangan sovuq taom sifatida ham tayyorlanadi. Daniyada Smørrebrød nomi bilan maʼlum boʻlgan sendvich albatta qirsillagan boʻlishi keraq[4]. Sendvich orasiga qorali, apelsin boʻlagi va tuzlangan bodring tilimlari qoʻshilishi mumkin. Toʻgʻralgan fleskestay qoʻshilgan bulochka yoki gamburgerlarni koʻplab barlar, koʻchalardagi doʻkonlarda sotib olish mumkin. Shuningdek, supermarketlarda muzlatilgan yarim tayyor mahsulot shaklida ham uchratasiz.[5]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Chicharron

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. «National Dishes of European Countries», Do It In Europe.
  2. „Рецепт Флескестай“. 2020-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-may.
  3. Jensen, Kristine Marie (edited and updated by Lundsgaard, Bente Nissen and Bloch, Hanne): Frøken Jensens kogebog, Copenhagen, Gyldendal, 2003, 366 p. (in Danish) ISBN 87-00-21271-7
  4. «Roast Pork and Red Cabbage (Flæskesteg med Rødkål)» (Wayback Machine saytida 2020-10-26 sanasida arxivlangan), Danish Open Sandwiches (Smørrebrød).
  5. «Danish Christmas dinner» (Wayback Machine saytida 2019-09-17 sanasida arxivlangan) , Wonderful Denmark.