Finkenshteyn shartnomasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Turi Ittifoqchilik shartnomasi
Imzolangan sanasi 1807-yil 4-may
Imzolangan joyi Finkenshteyn graflar saroyi
Napaleon fors elchilarini qabul qilmoqda.

Finkenshteyn shartnomasi — 1807-yil 4-mayda Finkenshteyn graflar saroyida (Sharqiy Prussiya, hozirgi Polshada) imperator Napoleon tomonidan u yerda fors shoxi Fath Alishoh elchilari oʻrtasida tuzilgan ittifoqchilik shartnomasidir. Shartnoma Rossiya va Britaniya imperiyalariga qarshi qaratilgan edi.

1807-yil 24-dekabrda general Gardanning fransuz missiyasi Tehronga kirgandan soʻng, shartnomada qoʻshimcha band paydo boʻladi. Unga koʻra forslar Karek orolini Napoleonga beradilar va buning evaziga fransuzlar fors armiyasini Yevropa modeliga muvofiq isloh qilishi hamda Gombrun va Bushehrda harbiy savdo punktlarini tashkil etish kerak edi[1].

Tugatilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lekin shartnomaning amal qilishi uzoq davom etmadi. Napoleon Gruziyani qaytarib olishni istagan Forslar Rossiya bilan urushning ikkinchi frontini ochishiga va bundan tashqari, Buyuk Britaniya bilan barcha diplomatik va savdo aloqalarini uzib, Afgʻoniston xalqlarini unga qarshi kurashishga chaqirishiga umid qilgan edi.

Shartnoma tuzilganidan 10 oy oʻtgach, Britaniya diplomati Jon Malkolm pora va sovgʻalar evaziga Franko-Fors ittifoqini tugatishga muvaffaq boʻldi. 1808-yilda Angliya-Fors shartnomasi imzolandi. Ushbu shartnoma aslida Rossiyaga qarshi qaratilgan edi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]